Agar adovat sabablari golib kelib, bu adovat bir qalbda haqiqati bilan mavjud bo’lsa, unda muhabbat majoziy bo’ladi; sun`iy va yasama shaklga aylanadi.
Ey insofsiz odam! Mo’`min qardoshingga kin va adovat naqadar zulm ekanini endi ko’rdingmi! Chunki, misol uchun, sen oddiy kichik toshchalarni Ka`badan ham ahamiyyatli va Jabali Uhuddan ham katta desang, na qadar chirkin bir aqlsizlik bo’lganidek, Ka`ba hurmatiga teng iymon va Jabali Uhud azamatiga teng Islomiyyat kabi ko’p islomiy vasflar muhabbatni va ittifoqni taqozo etgani holda, mo’`minga qarshi adovatga sabab bo’lguvchi ba`zi qusurlarni iymon va islomiyyatdan afzal tutish shu qadar insofsizlik va aqlsizlik va juda katga bir zulm bo’lishini, aqling bo’lsa, anglab yetarsan!..
Ha, tavxidi iymoniy albatta tavhidi qulubni istaydi. Va vahdati e`tiqod ham vahdati ijtimoiyyani taqozo etadi. Ha, inkor etolmaysanki, birov bilan birga bir qismda xizmat qilishing tufayli ul odamga nisbatan do’stona bir robita anglaysan. Va bir qo’mondonning amri ostida birga bo’lishing tufayli birodarona bir aloqa talaqqiy etasan. Va bir mamlakatda birga bo’lishing ila uxuvvatkorona bir munosabat his etasan. Holbuki iymon bergan nur va shuur ila hamda senga ko’rsatgan va bildirgan Asmoi Ilohiyya adadicha vahdat aloqalari va ittifoq robitalari, uxuvvat munosabatlari bor.
Masalan, har ikkalovingizninp
• Xoliqingiz bir;
• Molikingiz bir;
• Ma`budingiz bir;
• Roziqingiz bir...
Bir, bir... mingga qadar bir, bir... Ham:
• Payg’ambaringiz bir;
• Diningiz bir;
• Qiblangiz bir..
Bir, bir... yuzga qadar bir, bir...
So’ngra:
• Qishlog’ingiz bir;
• Davlatingiz bir;
• Mamlakatingiz bir... O’nga qadar bir, bir...
Bu qadar "bir, bir"lar vahdat va tavhidni, vifoq va ittifoqni, muhabbat va uxuvvatni taqozo etgani va koinot va kurralarni bir-biriga boglaydigan ma`naviy zanjirlar bo’lgani holda shiqoq va nifoqqa, kin va adovatga sabab bo’lguvchi o’rgimchakuyadek ahamiyyatsiz va sabotsiz narsalarni deb mo’`minlarga qarshi haqiqiy adovat etish va kin boglash ul robitai vahdatga qarshi qay daraja bir hurmatsizlik va ul aobabi muhabbatga qarshi bir kamsitish va ul munosabati uxuvvatga qarshi ne chog’li bir zulm va nohaqlik bo’lishini, qalbing o’lmagan bo’lsa, aqling so’nmagan bo’lsa, anglab yetarsan...