Desangki, "Ixtiyor mening qo’limda emas, fitratimda adovat bor. Ham jig’imga tegishgan, voz kecha olmayman".
Al-javob. Sui xulq va yomon xislat asari ko’rsatilmasa va g’iybat kabi narsalar ila va ularning muqtazosi ili amal etilmasa, qusurini ham anglasa, zarar bermas. Modomiki ixtiyor sening qo’lingda emas va voz kecha olmas ekansan, sening ma`naviy bir nadomat, yashirin bir tavba va zimniy bir istigfor hukmida bo’lgan qusuringni bilishing va ul xislatda nohaq ekaningni anglashingning o’zi uning sharridan seni qutqaradi. Zotan, bu maktubning bu qismini shu ma`noda yozdikki, to bu ma`naviy istig’forni ta`min etsin, nohaqlikni haq deb bilmasin, haqli raqibini haqsizga chiqarib olamga yoymasin.
Diqqatga molik bir hodisa:
Bir paytlar bunday g’arazkorona tarafkashlikning natijasi o’laroq ko’rdimki, mutadayyin bir ahli ilm o’zining siyosiy fikriga qo’shilmagan solih bir olimni kofirga chiqarish darajasida haqoratladi. Uziga hamfikr bo’lgan bir munofiqni esa, hurmatkorona madh etdi. Xullas, siyosatning bu yomon natijalaridan hurkdim,
dedim. O’shandan beri hayoti siyosiyyadan o’zimni tortdim.
* BESHINCHI VAJH. Qaysarlik va tarafkashlik hayoti ijtimoiyya nuqtai nazaridan ham g’oyat muzir ekanini bayon etadi.
Agar deyilsa: "Hadisda deyilgan. Ixtilof esa, tarafkashlikni taqozo etadi. Ham, tarafkashlik marazi mazlum avomni zolim xosning sharridan qutqaradi. Chunki bir tumanning va bir qishloqning xoslari birlashsalar, mazlum avomni ezadilar. Tarafkashlik mavjud bo’lsa, mazlum bir tarafga iltijo etadi, o’zini qutqaradi. Ham fikrlarning to’qnashuvidan va aqllarning o’zaro muxolifotidan haqiqat namoyon bo’ladi".
Al-javob. Birinchi savolga bunday deymiz: hadisda nazarda tugilgan ixtilof musbat ixtilofdir. Ya`ni, har kim o’z maslagining ta`miri va rivojiga sa`y etadi. Boshqani taxrib etish va botilga chiqarishga emas, balki mukammallashtirishga va islohiga intiladi. Ammo manfiy (Ya`ni, g’arazkorona, adovatkorona va bir-birining taxribiga urinuvchi) ixtilof esa, hadisning nazarida, marduddir. Chunki bir-biri bilan talashganlar muobat harakat eta olmaslar.
Ikkinchi savolga deymizki, tarafkashlik agar haq nomidan bo’lsa, haqlilarga panoh bo’lishi mumkin. Lekin hozirgidek g’arazkorona, nafs hisobidan bo’lgan tarafkashlik nohaqlarga panohdirki, ularga tayanch nuqta yaratib beradi. Chunki g’arazkorona tarafkashlik qiladigan bir odamga shayton kelsa, uning fikriga yordam berib tarafkashlik ko’rsatsa, haligi odam shaytonga rahmat o’qiydi. Agar muqobil tarafga malak kabi bir odam kelsa ham, unga... hosho!.. la`nat o’qiydigan darajada bir nohaqlik ko’rsatadi.