mektubot | YIGIRMA IKKINCHI MAKTUB | 9
(1-15)

Ey ahli iymon! Zillat ichida asorat ostiga kirmaslikni xohlasangiz, aqlingizni yig’ingiz! Ixtilofingizdan istifoda etadigan zolimlarga qarshi qal`ai qudsiyyasi ichiga kiringiz; sig’iningiz. Yo’qsa, na hayotingizni muhofaza qila olasiz va na huquqingizni mudofaa eta olasiz. Ma`lumdirki, ikki pahlavon bir-biri bilan talashayogganda bir bola ikkovini ham ura oladi. Bir tarozida ikki tog bir-biri ila muvozanada bo’lsa, bir kichik tosh bu muvozanalarini buzib, ularni o’ynatishi mumkin - birini yuqoriga ko’tarib, ikkinchisini pastga tushiradi. Xullas, ey ahli iymon! Ehtiroslaringiz va xusumatkorona tarafkashliklaringiz bois kuchingiz yo’qqa chiqadi; oz bir kuch ishlatilsayoq, ezilib ketishingiz mumkin. Hayoti ijtimoiyya bilan aloqangiz bo’lsa, 

dasturi oliyyani dasturi hayot qilingiz; safolati dunyoviyyadan va shaqovati uxroviyyadan qutulingiz!..

* OLTINCHI VAJH. Hayoti ma`naviyya va sihhati ubudiyyat adovat va qaysarlik tufayli zil ketadi.

Chunki vositai halos va vasilai najot bo’lmish ixlos zoe bo’ladi. Zero, tarafkash bir qaysar o’z a`moli xayriyyasida dushmanidan ustun bo’lishni xohlaydi. Xolisan divajhilloh amalga ko’pda muvaffaq bo’lolmaydi. Ham hukm va muomalotida tarafkashini tanlaydi; adolat eta olmaydi. Xullas, af`ol va a`moli xayriyyaning asoslari bo’lmish ixlos va adolat xusumat va adovat tufayli yo’qoladi.

Ushbu Oltinchi vajh juda uzundir, lekin bu bob qisqalikni talab etgani uchun qisqa kesamiz.

 

 

 

Аудио мавжуд эмас