mektubot | O’N OLTINCHI MAKTUB | 15
(1-16)

Oltinchisi: Ahli dunyoning menga bergan aziyatlari siyosat uchun emasdir. Chunki ular ham biladilarki, siyosatga aralashmayman, siyosatdan qochaman. Balki, bilib yo bilmay, dinsizlar foydasiga, mening dinga bog’liqligim tufayli menga azob bermoqdalar. Shunday ekan, ularga murojaat etmoq, dindan pushaymon bo’lmoq va dinsizlik maslagini qo’llamoq demakdir.

Ham yana, men ularga murojaat va moyillik qilsam, odil bo’lgan taqdiri Ilohiy meni ularning qo’li bilan azoblaydi. Chunki ular meni dinga bog’liqligim tufayli ozor beryaptilar. Taqdir esa mening dindagi va ixlosdagi nuqsonlarim va ora-sira riyokorliklarim borligi tufayli meni jazolamoqda. Shunday ekan, hozircha u qiyinchilikdan qutulishning chorasi yo’q. Agar ahli dunyoga murojaat etsam, Taqdir deydi: «Ey riyokor! Bu murojaatingning jazosini chek!» Agar murojaat etmasam, ahli dunyo deydi: «Bizni tan olmayapsan, qiynoqda qol!»

Ettinchi sabab: Ma`lumki, bir ma`murning vazifasi ijtimoiy hay`atga zararli shaxslarga yo’l bermaslik va foydali insonlarga yordam bermoqdir. Holbuki, meni nazorati ostiga olgan ma`mur, qabr eshigida turgan, musofir bir keksa odamga men «La ilaha illalloh» kalimasidagi iymonning latif bir zavqini izoh qilayotgan vaqtim, xuddi bir katta jinoyat ustida ushlagandek, ko’pdan beri yonimga kelmagani holda, xuddi men bir qabih ish qilayotgandek, o’sha vaqt yonimga keldi. Ixlos bilan tinglayotgan ul bechorani ham mahrum qildi. Meni ham g’azabga keltirdi. Holbuki, bu yerda ba`zi odamlar bor bo’lib, u bularga ahamiyat bermasdi. Hatto, bu odamlar beadabliklar qilib va qishloqning ijtimoiy hayotini zaxarlaydigan vaziyatga kelganlarida, u bularga iltifot qilib, taqdirlay boshladi.

Ham yana ma`lumdirki, zindondagi yuzta jinoyati bo’lgan bir odam, nazorat qiluvchi xoh boshliq bo’lsin, xoh askar bo’lsin, har doim u bilan ko’risha oladi. Holbuki, bir  yildirki, ham rais, ham hukumat nazoratchisi qilib tayinlangan ikki muhim zot necha bor xonamning oldidan o’tib yurganlari holda, hecham va aslo na men bilan ko’rishdilar, na holimni so’rdilar.

Men avvaliga o’ylagandimki, adovatlari borligidan yaqinlashmayaptilar. So’ngra ma`lum bo’ldiki, vahimaga tushganlaridan, go’yo men ularni yeb qo’yadigandek qochayotgan ekanlar. Mana shu odamlardek xodimlari va ma`murlari bo’lgan hukumatni, hukumat deya marji deb tanib murojaat etmoq aqldan emas, behudaga xor bo’lishdir.

Eski Said bo’lganda edi, Antara kabi shunday degan bo’lardi:

- - -

Аудио мавжуд эмас