mektubot | O’N OLTINCHI MAKTUB | 14
(1-16)

Zulmning zambaragi, to’pi, qal`asi bo’lsa,

Haqning bukilmas qo’li, do’nmas yuzi bordir.

Men esa deyman:

Ahli dunyoning hukmi, shavkati, quvvati bo’lsa,

Qur`onning fayzi ila xodimida ham,

Yanglishmas ilmi, o’chmas so’zi bordir,

Charchamas qalbi, so’nmas nuri bordir.

Ko’p do’stlar bilan birga, menga nazorat qilgan bir qo’mondon qayta-qayta savol berdilarki: «Nima uchun ruxsatnoma olish uchun murojaat etmayapsan? Iltimos qilmayapsan?»

Aljavob: Besh-olti sabab uchun murojaat etmayapman va etolmayapman.

Birinchisi: Men ahli dunyoning dunyosiga aralashmaganmanki, ularning mahkumi bo’lsam; ularga murojaat etsam. Men taqdiri Ilohiyning mahkumiman va uning oldida qusurim bor, unga murojaat etaman.

Ikkinchisi: Bu dunyo tez o’zgarib turuvchi bir musofirxona ekanini qat`iyan iymon keltirib bildim. Shuning uchun haqiqiy vatan emas, har yer birdir. Modomiki vatanimda boqiy qolmas ekanman, unga behuda u tomon talpinmoqilmoq, u yerga bormoq hech narsaga yaramaydi. Modomiki har yer musofirxona ekan, agar musofirxona sohibining rahmati yor bo’lsa har kim yordir, xar yer yaraydi. Agar yor bo’lmasa, har yer qalbga tordir, har kim dushmandir.

Uchinchisi: Murojaat qonun doirasida bo’ladi. Holbuki shu olti oydan beri menga nisbatan muomalalari o’zboshimcha va noqonuniydir. Surgun Qonuniga ko’ra menga muomala qilinmadi. Madaniyat huquqlaridan va balki dunyoviy huquqlardan mahrum qilingan odam tarzida menga qaradilar. Bunday noqonuniy muomalalar qilganlarga qonun nomidan murojaat qilmoq ma`nosiz bo’ladi.

To’rttinchisi: Shu yil bu yerning mudiri mening nomimdan Barlaning bir mahallasi hukmida bo’lgan Badra qishlog’ida havo almashtirish uchun bir necha kun qolishimni so’rab, murojaat etdi. Ruxsat bermadilar. Bunday ahamiyatsiz ehtiyojimga rad javobini berganlarga qanday murojaat etib bo’ladi? Murojaat etilsa zillat (xorlik) ichra foydasiz bir tazallul (xor bo’lish) bo’ladi.

Beshinchisi: Haqsizlikni haq deb da`vo qilganlarga haq da`vo qilmoq va ularga murojaat etmoq, bir haqsizlikdir va haqqa nisbatan hurmatsizlikdir. Men bu haqsizlikni va haqqa nisbatan hurmatsizlik qilishni istamayman, vassalom.

Аудио мавжуд эмас