mektubot | O’N OLTINCHI MAKTUB | 13
(1-16)

O’N OLTINCHI MAKTUBNING ILOVASI

- - -

Ahli dunyo men kabi ojiz, g’arib bir odamdan sababsiz vahimaga tushib, minglab odam quvvatiga ega deb xayol qilib, meni ko’p ta`qiqlar ostiga olganlar. Barlaning bir mahallasi bo’lgan Badrada va Barlaning bir tog’ida bir-ikki kecha qolishimga ruxsat bermaganlar. Eshitdimki, «Said ellik ming nafar quvvatidadir, shuning uchun erkin qo’ymaymiz», deydilar.

Men ham deymanki: «Ey badbaxt ahli dunyo! Bor quvvatingizni dunyo uchun ishlatganingiz holda, nega dunyoning ishini xali ham bilmaysiz? Devona kabi mulohaza qilyapsiz? Agar qo’rquvingiz shaxsimdan bo’lsa, ellik ming nafar emas, balki bir nafar mendan ko’ra ziyoda ishlar qila oladi. Ya`ni, uyimning eshigida turib, menga «Chiqmaysan!» deya oladi.

Agar qo’rquvingiz maslagimdan va Qur`onning xodimiligimdan va iymonimdagi ma`naviy quvvatimdan bo’lsa, ellik ming nafar emas, yanglishdingiz, maslak e`tiboriga ko’ra ellik million quvvatidaman, boxabar bo’ling! Chunki Qur`oni Hakiymning quvvati bilan, sizning dinsizlaringiz bilan qo’shib butun Ovrupani maydonga chaqiraman. Men nashr etgan butun iymon nurlari ila, Ularning musbat fanlar va tabiat deb atayotgan mustahkam qal`alarini chil parchin qilganman. Ularning eng buyuk dinsiz faylasuflarini hayvondan past qilganman. Dinsizlaringiz ham qo’shilib butun Ovrupa to’plansa, Allohning tavfiqi ila, meni bu maslagimdan qaytarolmaydilar, inshoalloh mag’lub qilolmaydilar!

Modomiki shunday ekan, men sizning dunyoingizga aralashmayotgan ekanman, siz ham mening oxiratimga aralashmangiz! Aralashsangiz ham behudadir!

Taqdiri Xudo quvvai bozu* ila do’nmas

Bir sham`aki, Mavlo yoqa, puflamak-la so’nmas.

Men haqimda, mustasno bir suratda, ahli dunyo haddan tashqari vahima qilib, go’yo qo’rqadilar. Menda ko’rilmagan va ko’rilsa ham siyosiy qusurni tashkil etmagan va tuhmat qilinishi to’g’ri bo’lmagan: shayxlik, buyuklik, oliynasablik, qabila sohibi, nufuzli, tobelari ko’p, hamshaharlari bilan ko’rishmoq, dunyo ahvoli bilan aloqador bo’lmoq, hatto siyosatga kirmoq, hatto muxolif bo’lmoq kabi menda bo’lmagan sifatlarni bor deb xayol qilib, vahimaga tushganlar. Hatto hibsda va tashqaridagi, ya`ni ular fikricha avf qilib bo’lmaydiganlarni ham avf etishni muzokara qilishayotgan bir pallada, meni deyarli har narsadan man etdilar. Fano va foniy bir odamning go’zal va boqiy shunday bir so’zi bor:

Аудио мавжуд эмас