mektubot | O’N OLTINCHI MAKTUB | 12
(1-16)

Dunyo – modomiki foniydir;

- ham, modomiki umr qisqadir;

- ham, modomiki zarur vazifalar ko’pdir;

- ham, modomiki abadiy hayot bu yerda qozonilajak;

- ham, modomiki dunyo sohibsiz emas;

- ham, modomiki shu musofirxonai dunyoning g’oyat Hakiym va                 Kariym bir mudabbiri bor;

- ham, modomiki na yaxshilik va na yomonlik jazosiz qolmayajak;

- ham, modomiki ... ning ma`nosiga ko’ra, bajarib bo’lmaydigan taklif yo’qdir;

- ham, modomiki zararsiz yo’l zararli yo’ldan afzaldir;

- ham, modomiki dunyoviy do’stlar va martabalar qabr eshigiga qadardir, albatta, eng baxtiyor udirki:

Dunyo deb oxiratni unutmasin; oxiratini dunyoga fido qilmasin; abadiy hayotini dunyo hayotini deb buzmasin; ma`nosiz narsalar bilan umrini zoe qilmasin; o’zini musofir hisoblab, musofirxona sohibining amrlariga ko’ra harakat qilsin; salomat-la qabr eshigini ochib, abadiy saodatga kirsin. (Izoh)

––––––––––––––––

Izoh: Shu modamlar uchundirki, shaxsimga qarshi qilingan zulmlarga, siquvlarga parvo qilmayapman va ahamiyat bermayapman. «Tashvishlanishga arzimaydi», deya dunyoga qorishmayapman.

----------

 

Аудио мавжуд эмас