mektubot | O’N OLTINCHI MAKTUB | 9
(1-16)

Ammo «ko’rinishda – tarki dunyo, aslida – tolibi dunyo» degan shubhalarga kelsak, وَمَا اُبَرِّئُ نَفْسِى اِنَّ النَّفْسَ َلاَمَّارَةٌ بِالسُّوءِ siriga ko’ra, «Men nafsimni oqlamayman. Nafsim har qanday yomonlikni istaydi. Biroq shu foniy dunyoda, shu vaqtinchalik mehmonxonada, keksalik chog’imda, qisqa bir umrda, oz bir lazzat uchun abadiy, doimiy bo’lgan hayotini va abadiy saodatini barbod qilmoq, ahli aqlning ishi emas. Aql va ong ahlining ishi bo’lmagani uchun nafsi ammoram istar-istamas aqlga tobe bo’lgan.

Uchinchi vahimali savol. Ahli dunyo deydilarki: Sen bizni sevasanmi? Yaxshi ko’rasanmi (yoqtirasanmi; manzur ko’rasanmi; ma`qullaysanmi)? Agar sevsang, nedan bizdan norozi bo’lib, qo’shilmayapsan? Agar bizni ma`qul ko’rmasang, demak bizga dushmansan. Biz dushmanlarimizni ezamiz?»

Aljavob: Men nafaqat sizni, dunyoingizni sevsaydim, dunyodan o’zimni tortmasdim. Na sizni, na dunyoingizni yaxshi ko’rmayman. Faqat aralashmayman. Chunki men boshqa maqsaddaman. Mening qalbimni boshqa masalalar to’ldirgan, o’zga narsalarni o’ylashga qalbimda o’rin qoldirmagan. Sizning vazifangiz – qo’lga boqmoqdir; qalbga boqmoq emas. Chunki ishingizni yurishini, osoyishingizni istyapsiz. Qo’l aralashmayotgan ekan, nima haqqingiz borki, hech loyiq bo’lmaganingiz holda, «qalb ham bizni sevsin» deyishga... (Qalbga suqulishga) Ha, masalan, men bu qish ichida bahorni orzu va umid qila olaman, biroq iroda qilolmayman; keltirishga tashabbus qilolmayman. Aynan shuningdek, hozirgi olamning islohini istayman, duo qilaman va ahli dunyoning isloh bo’lishini orzu qilaman, biroq iroda qilolmayman, chunki qo’limdan kelmaydi. O’zimga qolsa tashabbus qilolmayman, chunki na vazifamdir va na iqtidorim bor.

To’rtinchi shubhali savol: Ahli dunyo deydilarki: «Shunchalar balolar ko’rdikki, hech kimga ishonch qolmadi. Senga qanday ishona olamizki, fursat qo’lingga o’tsa, hozir xohlaganing kabi aralashmaysan?»

Aljavob: Avvalgi nuqtalar sizga ishonch berishi kerak. Shu bilan birga shuni bilingki, yurtimda, talaba va aqrabolarim ichida, meni tinglaganlar orasida, hayajonli hodisalar ichida bo’lganimda dunyoingizga aralashmaganim holda; diyori g’urbatda va yolg’iz boshi bilan; g’arib, zaif, ojiz; bor quvvati ila oxiratga yuzlangan; insonlarga aralashishdan, xabarlashishdan to’silgan; iymon va oxirat munosabati ila uzoqdagi ba`zi ahli oxiratnigina do’st deb topgan va boshqa har kimga begona va har kim unga begona nazari bilan qaragan bir inson sizning samarasiz, tahlikali dunyoingizga aralashsa, o’ta ketgan devona bo’lishi kerak...

Аудио мавжуд эмас