mektubot | O’N OLTINCHI MAKTUB | 7
(1-16)

Demak birinchisi: Shu olti oydan beri o’ttiz oltita non chiqadigan bir kiyla bug’doy menga kifoya qildi. Yana bor, bitmagan. Qachongacha yetadi (Izoh) bilmayman.

–––––––––––––

Izoh: Bir yilga yetdi.

--------

Ikkinchisi: Shu muborak Ramazonda yolg’iz ikki xonadondan menga taom chiqdi, ikkisi ham meni xasta qildi. Angladimki, o’zgalarning taomini yeyishdan man qilinyapman. Qolganiga, butun Ramazonda mening ro’zg’orimni ko’rgan bir muborak xonadon va ul xonadon sohibi bo’lmish sodiq do’stim Abdulloh Chovushning xabari va shahodatiga ko’ra; uchta non, bir o’qqa guruch (1kg 282gr.) menga kifoya qilgan. Hatto u guruch Ramazondan o’n besh kun o’tgach bitgan.

Uchinchisi: Tog’da uch oy bo’lganimizla, menga va mehmonlarimga bir o’qqa sariyog’ (har kuni non bilan yeyilganda) kifoya qildi. O’atto, Sulaymon ismli muborak bir mehmonim bor edi. Mening nonim ham, uniki ham bitayotgan edi. Chorshanba kuni edi. Unga dedim:

– Borib non keltir.

Har tarafimizda ikki soatlik masofada hech kimsa yo’q ediki, u yerdan non olinsa.

– Juma kechasi seni yoningda shu tog’da birga duo qilish orzuim bor edi, - dedi. Men ham dedim:

Tavakkalna alalloh, qolaqol.

So’ngra, hech munosabati bo’lmagani holda va bir bahona hàm yo’q edi-ki, ikkimiz yura-yura bir tog’ning tepasiga chiqdik. Qumg’onda ozgina suv bor edi. Ozgina shakar bilan choyimiz ham bor edi. Men unga dedim:

– Qardoshim ozgina choy damla.

U ishga kirishdi. Men esa daraga qaragan bir qatron daraxtining tagiga o’tirdim. Afsuslana shunday o’yladim: «Mog’orlagan bir bo’lak nonimiz bor, bu oqshom zo’rg’a ikkimizga yetadi. Ikki kun nima qilarkinmiz va bu sofdil odamga nima deyman?» - deya  o’ylayotgan edimki, birdaniga boshim aylanib ketgandek, beixtiyor boshimni burdim. Ko’rdimki, katta bir non qatron daraxtining tepasida, shoxlari orasidan bizga qarab turardi. Men dedim:

– Sulaymon, xushxabar! Janobi Haq bizga rizq berdi.

U nonni oldik. Nazar solsak, qushlar va yovvoyi hayvonlarning hech biri tegmagan... Yigirma-o’ttiz kundan beri hech bir inson u tepaga chiqmagandi. U non ikkimizga ikki kunga kifoya qildi. Biz eb tugatatishimiz arafasida, to’rt yildan beri sodiq bir siddiqim bo’lgan mustaqim Sulaymon non bilan pastdan chiqib keldi.

Аудио мавжуд эмас