So’zlar | yigirma sakkizinchi so’z | 330
(330-334)
YIGIRMA SAKKIZINCHI SO’Z

Shu so’z Jannatga doirdir. Shu So’zning ikki maqomi bor. Birinchi Maqom Jannatning ba`zi latifalariga ishora qilar. Biroq O’ninchi So’zda o’n ikki qat`iy haqiqat orqali g’oyat qat`iy bir suratda hamda bu So’zning Ikkinchi Maqomida O’ninchi So’zning xulosasi va asosi uzun, g’oyat mеtin arabiy qat`iy bir burhon ila g’oyat porloq bir tarzda mavjudligi isbotlangan Jannat vujudining isbotidan bahs emas, balki shu maqomda yolg’iz savol va javobga va tanqidga sabab bo’lgan bir nеchta Jannat ahvollaridan bahs yuritar. Agar tavfiqi Ilohiy yor bo’lsa, kеyinroq u muazzam haqiqatga doir azim bir so’z yozilajakdir, Inshaalloh.
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

وَبَشِّرِ الَّذِينَ اٰمَنُو وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ اَنَّ لَهُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِى مِنْ تَحْتِهَا اْلاَنْهَارُ كُلَّمَا رُزِقُوا مِنْهَا مِنْ ثَمَرَةٍ رِزْقاً قَالُوا هٰذَا الَّذِى رُزِقْناَ مِنْ قَبْلُ وَاُتُوا بِهِ مُتَشَابِهًا وَلَهُمْ فِيهَاۤ اَزْوَاجٌ مُطَهَّرَةٌ وَهُمْ فِيهَا خَالِدُونَ

Boqiy Jannatga doir ba`zi savollarga qisqa javoblardir.
Jannatga doir Jannatdan ham go’zal, hurlaridan ham latif, Jannat chashmasidan ham shirin bo’lgan Qur`on oyatlarining bayoni hеch kimga so’z qoldirmagandirki, ortiq bir narsa so’ylansin. Biroq u porloq, azaliy va abadiy, yuksak va go’zal oyatlarni aqlga yaqinlashtirmoq uchun ba`zi zinapoyalarni, ham u Qur`on jannatidan namuna uchun ba`zi chеchaklarning namunasi navidan ba`zi nozik taraflarini so’ylaymiz. Bеsh ramzli savol va javob ila ishora qilamiz. Ha, Jannat barcha ma`naviy lazzatlarga mador bo’lganidеk, barcha jismoniy lazzatlarga ham madordir.
Savol: Kamchilikli, nuqsonli, o’zgaruvchan, bеqaror, alamli inson jismoniyatning abadiyat ila va Jannat ila qanday aloqasi bor? Modomiki ruhning oliy lazzatlari bor ekan, unga kifoyadir. Jismoniy lazzatlar uchun bir jismoniy hashrning nima kеragi bor?
Javob: Chunki, qandayin tuproq suvga, havoga, ziyoga nisbatan kasofatli, qorong’udir. Biroq Ilohiy san`atlarning barcha navlariga manba va zamin bo’lganidan, barcha qolgan unsurlardan ma`nan ustun bo’lgani kabi... ham kasofatli bo’lgan inson nafsi jomе`iyat siri e`tibori ila poklanishlik sharti ila barcha insoniy tuyg’ulardan ustun bo’lgani kabi... shuning kabi, jismoniyat eng jomе`, eng muhit, eng boy Alloh ismlarining tajalliy oynasidir. Rahmat xazinalarining barcha nе`matlarini tortadigan va o’lchaydigan asboblar jismoniyatdadir. Masalan, tildagi ta`m bilish sеzimi rizqning mazasini totishda taom navlarining adadicha o’lchovlarga ega bo’lmasaydi, har birini alohida-alohida his qilib tanimas edi, totib ajrata olmasdi. Ham aksar Alloh ismlarining tajalliylarini his etib bilmoq, zavq etib tanimoq yana jismoniyatdadir. Ham g’oyat xilma-xil va nihoyat darajada turli-tuman lazzatlarni his etadigan istе`dodlar yana jismoniyatdadir. Modomiki shu koinotning Sonе`i shu koinot ila butun rahmat xazinalarini tanittirmoq va barcha ismlarining tajalliylarini bildirmoq va barcha ehsonlarining navlarini tottirmoq istaganini koinotning harakatidan va insonning jomе`iyatidan, O’n Birinchi So’zda isbotlanganidеk, qat`iy anglashilmoqda. Albatta shu sayli koinotning bir katta hovuzi va bu koinot dastgohining ishlab chiqargan mahsulotning bir mashhari a`zami va shu dunyo ekinzorining bir abadiy xazinasi bo’lgan saodat yеri shu koinotga bir daraja o’xshayajakdir.
Аудио мавжуд эмас