So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 252
(252-310)

Yigirma Beshinchi So’z

Qur`on Mo’`jizalari Risolasi

Qo’lda Qur`on Kabi Bir Boqiy Mo’`jiza Bor Ekan, Boshqa Burhon Qidirmoq
Aqlimga Ortiqcha Ko’rinar.
Qo’lda Qur`on Kabi Bir Haqiqat Burhoni Bor Ekan, Munkirlarni Ilzom Uchun
Ko’nglimga Og’irlik-mi Kelar?

ESLATMA
(Shu So’zning boshida besh shu`lani yozmoq niyat etdik. Faqat Birinchi Shu`laning oxirlarida eski harflar bilan nashr etmoq uchun g’oyat tezlik bilan yozishga majbur bo’ldik. Hatto ba`zi kunlar yigirma-o’ttiz sahifani ikki-uch soat ichida yozar edik. Shuning uchun uch shu`lani qisqacha, ijmolan yozib ikki shu`lani ham hozircha tark etdik. Menga oid kamchiliklar va nuqsonliklar va qiyinlashtirish va xatolarga insof va afv nazari ila qarashlarini qardoshlarimizdan kutamiz.)
Bu Qur`on Mo’`jizalari Risolasidagi aksar oyatlarning har biri yo mulhidlar tarafidan tanqidga sabab bo’lgan yoki fan ahli tarafidan e`tirozga uchragan yoki jin va ins shaytonlarning vasvasa va shubhalariga ma`ruz bo’lgan oyatlardir. Xullas, bu "Yigirma Beshinchi So’z" shunday bir tarzda u oyatlarning haqiqatlarini va nuktalarini bayon etganki, fan va ilhod ahlining kamchilik deb o’ylaganlari nuqtalar i`jozning yog’dulari va Qur`on balog’ati kamolotining asoslari bo’lgan ilmiy qoidalari ila isbot etilgan. Mavzuni bulg’amaslik va buzmaslik uchun ularning shubhalari zikr etilmasdan qat`iy javob berilgan. وَ الشَّمْسُ تَجْرِى ❊ وَ الْجِبَالَ اَوْتَادًا kabi. Yolg’iz Yigirmanchi So’zning Birinchi Maqomida uch-to’rt oyatlarda shubhalari aytilgan. Ham bu Qur`on Mo’`jizalari Risolasi garchi g’oyat muxtasar va tez yozilgan bo’lsa ham, faqat balog’at ilmi va Arabcha ilmlar nuqtasida olimlarga hayrat beradigan darajada olimona va chuqur va quvvatli bir tarzda bayon etilgan. Garchi har bahsini har diqqat ahli to’liq anglamas, istifoda etmas. Faqat u bog’da harkasning ahamiyatli hissasi bor. Juda shoshilinch va chalkash holatlar ichida ta`lif etilganidan ifoda va iborasida kamchilik bo’lishi ila barobar ilm nuqtasida juda ahamiyatli masalalarning haqiqatini bayon etgan.
Said Nursiy
Аудио мавжуд эмас