So’zlar | LEMAAT | 453
(453-486)
LEMAAT

مِنْ بَيْنِ هِلاَلِ صَوْمٍ وَهِلاَلِ الْعِيدِ
Chekirdaklar Chechaklari
Risola-i Nur Shogirdlariga Kichik Bir Masnaviy Va Iymoniy Bir Devondir.
Muallifi: Badiuzamon Said Nursiy
Tanbeh
Bu Lemaat nomli asarning boshqa devonlar kabi bir tarzda bir-ikki mavzu ila ketmaganining sababi: Eski asarlaridan Haqiqat Urug’lari nomli qisqacha vajizalarni bir daraja izoh etmoq uchun, ham nasr tarzida yozilgan, hamda boshqa devonlar kabi xayollarga, mezonsiz hissiyotga kirmaganligidir. Boshdan oxirigacha mantiq ila Qur`on va iymon haqiqatlari bo’lib, yonida bo’lgan jiyani kabi ba`zi talabalariga bir ilmiy darsdir, balki bir iymoniy va Qur`oniy darsdir. Ustozimizning boshdagi ifodasida degani kabi, biz ham tushundikki: Nazmga va she`rga hech mayli va ular bilan mashg’ulligi ham yo’qdir وَمَا عَلَّمْنَاهُ الشِّعْرَ sirining bir namunasini ko’rsatadi.
Bu asar bir qancha mashg’uliyatlar va Dor-ul Hikmatdagi vazifa ichida yigirma kun Ramazonda, kunida ikki yoki ikki yarim soat ishlamoq surati ila manzum kabi yozilgandir. Bu qadar qisqa zamonda va manzum bir sahifa o’n sahifa qadar mushkul bo’lgani jihat ila, birdan diqqatsiz, tahsissiz bunday bayon etilgan, chop etilgandir. Bizcha Risola-i Nur hisobiga bir horiqodir. Hech bir nazmli devon bu kabi takallufsiz, nasran o’qila olar ko’rilmayotir. Inshaalloh bu asar bir zamon Risola-i Nur shogirdlariga bir navi masnaviy bo’ladi. Ham bu asar, o’zidan o’n sana so’ngra chiqqan va yigirma uch sanada tamomlangan Risola-i Nurning muhim qismlariga bir g’aybiy ishora navidan xush xabarli bir mundarija hukmidadir.
Risola-i Nur Shogirdlaridan
Sungur, Mahmad Fayzi, Xusrav




ESLATMA
اَلْمَرْءُ عَدُوٌّ لِمَا جَهِلَ qoidasi ila men ham nazm va qofiyani bilmaganimdan unga qiymat bermas edim. Sofiyani qofiyaga fido etmoq tarzida haqiqatning suratini nazmning kayfiga ko’ra o’zgartirmoq hech istamasdim. Shu qofiyasiz, nazmsiz kitobda eng oliy haqiqatlarga eng betartib bir libos kiydirdim. Birinchidan: Yanada yaxshisini bilmasdim. Yolg’iz ma`noni o’ylar edim. Ikkinchidan: Jasadni libosga ko’ra yo’nmoq ila randalagan shoirlarga tanqidimni ko’rsatmoq istadim. Uchinchidan: Ramazonda qalb ila barobar nafsni ham haqiqatlar ila mashg’ul etmoq uchun bunday bolalarcha bir uslub ixtiyor etildi. Faqat ey o’quvchi! Men xato etdim, e`tirof etaman. Aslo sen xato etma! Yirtiq uslubga boqib u oliy haqiqatlarga qarshi diqqatsizlik ila hurmatsizlik etma!..
Аудио мавжуд эмас