So’zlar | sakkizinchi so’z | 27
(27-31)
SAKKIZINCHI SO’Z

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

اَللّهُ لاَ اِلهَ اِلاَّ هُوَ الْحَىُّ الْقَيُّومُ ❊ اِنَّ الدِّينَ عِنْدَ اللّهِ اْلاِسْلاَمُ

Bu dunyoni va dunyodagi inson ruhini va insonda dinning mohiyati va qiymatlarini, va agar haq dini bo’lmasa, dunyo bir zindon bo’lishini, dinsiz inson eng badbaxt maxluq ekanini va bu olamning tilsimini ochgan, bashariyat ruhini zulmatdan qutqargan يَا اَللّهُ va لاَ اِلهَ اِلاَّ اللّهُ ekanini anglamoq istasang, bu misoliy hikoyachaga boq, tingla!
Bir zamonlar ikki do’st uzoq sayohatga chiqdilar. Bora-bora yo’llari ikkiga ayriladi. U ikki yo’lning boshida jiddiy bir odamni ko’rdilar. Undan so’radilar:
"Qaysi yo’l yaxshidir?"
U odam ularga dediki:
"O’ngdagi yo’lda qonun va nizomga itoat majburiyati bor. Lekin bu majburiyat ostida bir osoyishtalik va saodat bor. So’ldagi yo’lda esa erkinlik va hurriyat bor. Lekin bu erkinlik ostida bir tahlika va zarar bor. Endi tanlash ixtiyori sizdadir."
Buni tinglagandan so’ng go’zal axloqli do’st تَوَكَّلْتُ عَلَى اللّهِ deb o’ngdagi yo’lga ketdi, nizom va intizomga itoat qilmoqni tanladi. Axloqsiz va betayin bo’lgan boshqa do’st birgina erkinlik deb so’ldagi yo’lni tanladi. Zohiran yengil, ma`nan og’ir vaziyatda ketgan bu odamni xayolan ta`qib etamiz.
Xullas, bu odam pastu balanddan oshib, to bora xoli bir sahroga kirdi. Birdan mudhish bir sado eshitdi. Qarasa, dahshatli bir arslon changalzordan chiqib, unga hujum qilmoqda. U qochdi. To oltmish arshin chuqurlikdagi suvsiz bir quduqqa to’qnashdi. Qo’rquvdan o’zini uning ichiga otdi. Yarmiga qadar tushib, qo’llari bir daraxt shoxiga ilashdi va tirmashib oldi. Quduqning devoridan o’sib chiqqan u daraxtning ikki ildizi bor edi. Biri oq, biri qora ikki kalamush u ikki ildizlarga yopishib olib, kemirmoqda. Yuqoriga boqdi, ko’rdiki, arslon navbatchi kabi quduqning og’zida uni kutmoqda. Pastga boqdi, ko’rdiki, dahshatli bir ajdarho quduqning ichida yotibdi. Ajdarho boshini ko’tarib, o’ttiz arshin yuqoridagi oyog’iga yaqinlashgan. Og’zi quduqning og’zi qadar keng. Quduqning devoriga boqdi, ko’rdiki, chaqadigan zararli hashoratlar atrofini o’rab olganlar. Daraxtning boshiga boqdi, ko’rdiki, bir anjir daraxtidir. Lekin mislsiz ravishda xilma-xil daraxtlarning mevalari — yong’oqdan anorga qadar meva solgan.
Аудио мавжуд эмас