So’zlar | oltinchi so’z | 19
(19-22)
OLTINCHI SO’Z

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

اِنَّ اللّهَ اشْتَرَى مِنَ الْمُؤْمِنِينَ اَنْفُسَهُمْ وَاَمْوَالَهُمْ بِاَنَّ لَهُمُ الْجَنَّةَ

Nafs va molini Janobi Haqqa sotmoq va Unga qul va askar bo’lmoq naqadar foydali ekanini anglamoq istasang, bu misoliy hikoyachani tingla!
Bir paytlar bir podshoh, raiyatidan ikki odamning har biriga omonat qilib bittadan xo’jalik beradi. Uning ichida korxona, uskuna, ot, qurol kabi har narsa bor edi. Lekin bo’ronli bir urush zamoni bo’lganidan hech bir narsa barqaror turmaydi: yo mavh bo’ladi, yoki o’zgarib ketadi.
Podshoh u ikki nafarga kamoli marhamatidan bir Yovari Akramini, ya`ni elchisini yuboradi. G’oyat marhamatkor bir farmon ila ularga aytdiki:
"Qo’lingizdagi omonatimni menga sotingiz, to siz uchun muhofaza etaman. Behuda zoye bo’lmasin. Urush bitgandan so’ng, yanada go’zal bir suratda sizga qaytarib beraman. Bu omonat go’yo sizning molingizdek, ham sizga katta haq beraman, ham bu uskuna va korxonadagi asboblar mening nomim ila va mening dastgohimda ishlattiriladi. Narxi ham, haqi ham birdan mingga yuksaladi. Butun bu foydani sizga beraman. Hamda siz ojiz va faqirsiz. Bu ulkan ishlarning sarf-xarajatlarini ko’tarolmaysiz. Butun xarajatlarni va kerakli narsalarni men o’z zimmamga olaman. Butun kirim va foydani sizga beraman. Hamda xizmatdan ozod bo’lguningizgacha qo’lingizda qoldiraman. Xullas, besh marotaba foyda ustiga foyda...
Agar menga sotmasangiz, zotan ko’rib turibsizki, hech kim o’z qo’lidagini muhofaza etolmayabdi. Har kimnikidek qo’lingizdan chiqadi: ham behuda ketadi, ham bu yuksak boylikdan mahrum qolasiz. Ham ul nozik, qimmatbaho qurollar, asboblar, iste`mol etiladigan shohona xazinalar ishlatilmagani tufayli butunlay qiymatini yo’qotadi. Ham yana, ularni boshqarmoq va muhofaza etmoq zahmati va tashvishi o’zingizga qoladi, ham omonatga xiyonat jazosini tortasiz. Mana, besh daraja zarar ustiga zarar.
Menga sotmoq esa, menga askar bo’lib, mening nomim ila ishlatmoq demakdir. Oddiy bir asir va bebosh emas, balki oliy bir podshohning xos, erkin bir yovari askari bo’lasiz".
Ular bu iltifotni va farmonni tinglagandan so’ng, bu ikki odamdan aqlligi dedi:
— Bosh ustiga, men iftixor ila sotaman. Hamda ming tashakkur aytaman.
Ikkinchisi mag’rur, nafsi fir`avnlashgan, xudbin, sarxush, go’yo bu xo’jalikda abadiy qoladigandek, dunyo zilzilalaridan, tashvishlaridan xabari yo’qday, dedi:
Аудио мавжуд эмас