So’zlar | oltinchi so’z | 22
(19-22)
Xullas, bu besh marotaba foydali tijoratni qabul etmasang, bu foydalardan mahrum bo’lmoq bilan birga, besh daraja ziyon ustiga ziyon ko’rasan.
Birinchi ziyon: Bu qadar sevgan molu mulking va avlodlaring va sig’ingan havo-i nafsing va maftun bo’lgan yoshliging va hayoting zoye bo’lib yo’qoladi. Sening qo’lingdan ketadi. Lekin gunohlarini, alamlarini senga qoldirib, bo’yningga yuklaydi.
Ikkinchi ziyon: Omonatga xiyonat jazosini chekasan. Chunki eng qiymatbaho asboblarni eng qiymatsiz narsalarda sarf etib, nafsingga zulm etding.
Uchinchi ziyon: Butun u qiymatbaho insoniy jihozlar bo’lmish tuyg’ularni hayvonlikdan ham juda past bir darakaga tushirib, Ilohiy Hikmatlarga bo’hton va zulm qilding.
To’rtinchi ziyon: Ojiz va faqirliging bilan birga, o’sha juda og’ir hayot yukini zaif belingga yuklab, zavol va firoq to’qmog’i ostida doimo faryodu fig’on etasan.
Beshinchi ziyon: Abadiy hayot asoslarini va Oxirat Saodatiga kerakli ishlarni tadorik etmoq uchun berilgan aql, qalb, ko’z va til kabi go’zal Rahmoniy hadyalarni Jahannam eshiklarini senga ochadigan chirkin bir suratga aylantirasan.
Endi sotmoq masalasiga kelsak. Ajabo, bu qadar og’ir narsamiki, ko’plar sotmoqdan qochmoqdalar. Yo’q! Qat`iyan va aslo! Hech unday og’irligi yo’q. Zero, halollik doirasi keng. Zavq uchun kifoya qiladi. Haromga qo’l urmoqning hech keragi yo’q. Allohning farzlari esa yengil va ozdir.
Allohga qul va askar bo’lmoq shunday lazzatli bir sharafdirki, ta`riflab bo’lmas. Vazifa esa, faqat bir askar kabi Alloh nomi bilan ishlamoq, boshlamoqdir... Va Alloh nomidan bermoq va olmoqdir. Va izni va qonuni doirasida harakat etib, halovat topmoqdir. Qusur etsa, istig’for keltirib:
"Yo Rabb, qusurimizni afv et. Bizni o’zingga qul deb qabul et. Omonatingni oladigan zamoningga qadar bizni omonatda amin qil. Omin," demoq va yana Unga yolvormoqdir...


* * *

Аудио мавжуд эмас