So’zlar | yigirma ikkinchi so’z | 194
(194-214)
YIGIRMA IKKINCHI SO’Z
[Ikki maqomdir]

Birinchi Maqom

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ
وَيَضْرِبُ اللّهُ اْلاَمْثَالَ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ ❊ وَ تِلْكَ اْلاَمْثَالُ نَضْرِبُهَا لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ

Bir zamon ikki odam bir hovuzda cho’mildilar. Favqulodda bir ta`sir ostida behush bo’ldilar. Ko’zlarini ochgan payt ko’rdilarki ajib bir olamga keltirilganlar. Shunday bir olamki, mukammal intizomidan bir mamlakat hukmida, balki bir shahar hukmida, balki bir saroy hukmidadir. Haddan ortiq hayratlaridan atroflariga boqdilar. Ko’rdilarki: Bir jihatda boqilsa azim bir olam ko’rinadi. Bir jihatda boqilsa, muntazam bir mamlakat... Bir jihatda boqilsa, mukammal bir shahar... Boshqa bir jihatda boqilsa, g’oyat muhtasham bir olamni ichiga olgan bir saroydir. Shu ajib olamda kezib sayr etdilar. Ko’rdilarki: Bir qism maxluqlar borki, bir tarz ila gapiradilar. Faqat bular ularning tillarini bilmaydilar. Yolg’iz ishoratlaridan tushunilmoqdaki, muhim ishlar bajarmoqdalar va ahamiyatli vazifalar qilmoqdalar.
U ikki odamdan birisi hamrohiga dediki: "Shu ajib olamning albatta bir mudabbiri va shu muntazam mamlakatning bir egasi, shu mukammal shaharning bir sohibi, shu musanno saroyning bir ustasi bordir. Biz harakat qilishimiz kerak, uni tanishimiz kerak. Chunki tushunilmoqdaki, bizni bu yerga keltirgan udir. Uni tanimasak kim bizga madad beradi? Tillarini bilmaganimiz va ular bizni tinglamagan shu ojiz maxluqlardan nima kutishimiz mumkin? Ham katta bir olamni bir mamlakat suratida, bir shahar tarzida, bir saroy shaklida qilgan va boshdan oxirigacha g’aroyib narsalar ila to’ldirgan va ziynatli go’zal narsalarning navlari ila bezagan va ibratnamo mo’`jizalar ila to’ldirgan bir zot, albatta bizdan va bu yerga kelganlardan bir istagani bordir. Uni tanishimiz kerak. Ham nima istaganini bilishimiz lozimdir." Boshqa odam dedi: "Ishonmayman, bunday bahs etganing kabi bir zot topilsin va butun bu olamni bir o’zi idora etsin." Hamrohi javoban dediki: "Buni tanimasak, loqayd qolsak, manfaati hech yo’q, zarari bo’lsa juda kattadir. Agar tanishga harakat qilsak, mashaqqati juda yengildir, manfaati bo’lsa juda kattadir. Shuning uchun unga qarshi loqayd qolmoq hech aqlli ish emasdir." U betayin odam dedi: "Men butun rohatimni, kayfimni uni o’ylamaslikda ko’raman. Ham bunday aqlimga sig’magan narsalar ila ovora bo’lmayman. Butun bu ishlar tasodif va qormaqorishiq ishlardir, o’z-o’ziga bo’lmoqda, menga nima kerak." Aqlli hamrohi unga dedi: "Sening bu qaysarliging meni ham, balki ko’plarni ham baloga otar. Bir adabsizning yuzidan, ba`zan bo’ladiki, bir mamlakat xarob bo’lar." Yana u betayin o’girilib dediki: "Yo qat`iyan menga isbot etki bu katta mamlakatning bitta sohibi, bitta sone`i bordir. Yoki menga tegilma." Javoban hamrohi dedi: "Modomiki qaysarliging devonalik darajasiga chiqqan, u o’jarliging ila bizni va balki mamlakatni bir qahrga giriftor etasan. Men ham senga o’n ikki burhon ila ko’rsatamanki: Bir saroy kabi shu olamning, bir shahar kabi shu mamlakatning bitta ustasi bordir va u usta, hamma narsani idora etgan yolg’iz udir. Hech bir jihatda nuqsoniyati yo’qdir. Bizga ko’rinmagan u usta, bizni va hamma narsani ko’radi va so’zlarini eshitadi. Butun ishlari mo’`jiza va g’aroyibdir. Butun bu ko’rganimiz va tillarini bilmaganimiz shu maxluqlar uning ma`murlaridir."
Аудио мавжуд эмас