So’zlar | yigirma ikkinchi so’z | 197
(194-214)
Ham bularni qiluvchi shunday mo’`jiznamo bir zotdirki, hech bir ish unga og’ir kelmas. Mingta kitob yozmoq bir harf qadar unga oson kelar. Bu bilan barobar har tarafga boqki, ham shunday bir hikmat ila hamma narsani joy-joyiga qo’ymoqda va shunday ikromona harkasga loyiq bo’lganlari lutflarni qilmoqda, ham shunday ehsonparvarona umumiy pardalar va eshiklar ochmoqdaki, harkasning orzularini qondirmoqda. Ham shunday saxovatparvarona dasturxonlar hozirlamoqdaki, butun bu mamlakatning xalqlariga, hayvonlariga, har bir toifasiga xos va loyiq, balki har bir fardiga maxsus ismi ila va rasmi ila bir ne`mat xazinasi berilmoqda. Xullas, dunyoda bundan mahol bir narsa bormiki, bu ko’rganimiz ishlar ichida tasodifiy ishlar bo’lsin yoki g’oyasiz va foydasiz bo’lsin yoki ko’plab qo’llar qo’shilsin yoki ustasi hamma narsaga qodir bo’lmasin yoki hamma narsa unga musahhar bo’lmasin! Mana ey birodar! Hadding bo’lsa bunga qarshi bir bahona top!
Yettinchi Burhon
Ey birodar, kel! Hozir bu kichik narsalarni tashlab, saroy shaklidagi bu g’arib olamning qismlarining bir-biriga qarshi bo’lgan vaziyatlariga diqqat etamiz. Xullas boq. Bu olamda shu daraja intizom ila kulliy ishlar qilinmoqda va umumiy inqiloblar bo’lmoqdaki, xuddi butun bu saroydagi mavjud toshlar, tuproqlar, daraxtlar, har bir narsa bir-bir foili muxtor kabi butun bu olamning kulliy nizomlarini ko’zlab, unga ko’ra uyg’un harakat etmoqda. Bir-biridan eng uzoq narsalar bir-birining yordamiga yugurmoqda. Mana qaragin. G’aybdan g’arib bir karvon(Izoh1) chiqib kelmoqda. Markablari daraxtlarga, o’simliklarga, tog’larga o’xshaydilar. Boshlarida bittadan rizqlar savati tashimoqdalar. Mana qaragin. Bu tarafda kutayotgan farqli hayvonlarning rizqlarini keltirmoqdalar. Xamda boq. Bu gumbazda u buyuk elektr chirog’i(Izoh2) ularga ishiq bergani kabi, butun taomlarini shunday go’zal pishirmoqda; yolg’iz, pishiriladigan taomlar bir g’aybiy qo’l tarafidan bittadan ipga toqilib(Izoh3) unga qarshi tutilmoqda. Bu tarafga ham boq. Bu bechora zaif, kuchsiz, quvvatsiz hayvonchalar... Qanday ularning boshi oldida latif ozuqa ila to’la ikki tulumbacha(Izoh4) toqilgan, ikki chashma kabi; yolg’iz u quvvatsiz maxluq uni og’ziga yopishtirishi yetarlidir.
Al-hosil: Butun bu olamning butun narsalari bir-biriga qarayotganday bir-biriga yordam beradi. Bir-birini ko’rayotganday bir-biriga qo’l uzotadi. Bir-birining ishini takomillashtirish uchun bir-biriga yelkani yelkaga beradi. Belni belga berib barobar ishlaydilar. Hamma narsani bunga qiyos et; sanagan bilan bitmas... Xullas, butun bu hollar ikki karra ikki to’rt bo’lar darajasida qat`iy ko’rsatadiki; shu ajoyib saroyning ustasiga, ya`ni shu g’aroyib olamning sohibiga hamma narsa musahhardir. Hamma narsa uning hisobiga ishlaydi. Hamma narsa unga bir amrbardor askar hukmidadir. Hamma narsa uning quvvati ila aylanar. Hamma narsa uning amri ila harakat etar. Hamma narsa uning hikmati ila nizomga solinar. Hamma narsa uning karami ila yordam berar. Hamma narsa uning marhamati ila boshqasining yordamiga yugurar, ya`ni yugurtirilar. Ey birodar! Hadding bo’lsa bunga qarshi bir so’z ayt!
---------------------------------------------------
(Izoh1) Umum hayvonotning rizqlarini toshigan nabotot va daraxtlar karvonlaridir.
(Izoh2) U buyuk elektr chirog’i Quyoshga ishoradir.
(Izoh3) Ip va ipga toqilgan taom esa daraxtning nozik shoxlari va laziz mevalaridir.
(Izoh4) Ikki tulumbacha esa volidalarning ko’kraklariga ishoradir.
(Izoh5) Unsurlar, ma`danlar bo’lsa juda ko’p muntazam vazifalari bo’lgan va Rabboniy izn ila har muhtojning yordamiga yugurgan va Ilohiy amr ila har bir yerga kirgan, madad bergan va hayotning lozim narsalarini yetishtirgan va jonzotlarni ozuqlantirgan va Allohning san`atli asarlarining yigirilishiga, naqshiga asos va muvallid va beshik bo’lgan havo, suv, ziyo, tuproq unsurlariga ishoradir.
Аудио мавжуд эмас