So’zlar | yigirma ikkinchi so’z | 198
(194-214)
Sakkizinchi Burhon
Kel, ey nafsim kabi o’zini aqlli deb o’ylagan aqlsiz birodar! Shu muhtasham saroyning sohibini tanimoq istamaysan! Holbuki hamma narsa uni ko’rsatmoqda, unga ishora etmoqda, unga shahodat etmoqda. Butun bu narsalarning shahodatini qanday yolg’onlamoqdasan! Unday bo’lsa, bu saroyni ham inkor et va "Olam yo’q, mamlakat yo’q" degin va o’zingni ham inkor et, o’rtadan chiq. Bo’lmasa aqlingni boshingga ol, meni tingla! Xullas boq. Bu saroy ichida bo’lgan va mamlakatni ihota etgan o’zgarmas unsurlar, ma`danlar bor(Izoh). Xuddi mamlakatdan chiqqan hamma narsa u moddalardan qilinadi. Demak u moddalar kimning mulki bo’lsa, butun undan qilingan narsalar ham uningdir. Yer kimniki bo’lsa, mahsulot ham uningdir. Dengiz kimniki bo’lsa, ichidagilar ham unikidir. Ham boq, bu to’qilgan narsalar, bu yigirilgan naqshinkor matolar bitta moddadan qilinmoqda. U moddani keltirgan, hozirlagan va ip holiga keltirgan, albatta ochiq ravishda birdir. Chunki u ish ishtirok qabul etmas. Unday bo’lsa butun yigirilgan san`atli narsalar unga maxsusdir. Ham yana boq, bu to’qilgan, qilingan narsalarning har bir jinsi butun mamlakatning har tarafida mavjud, butun bir xil jinsdan bo’lganlar ila shunday yoyilgan. Barobar bo’lib bir-biri ichida, bir tarzda, bir onda qilinmoqda, yigirilmoqda. Demak bir zotning ishidir, bir amr ila harakat etadi. Bo’lmasa bunday bir onda, bir tarzda, bir kayfiyatda, bir shaklda ittifoq va uyg’unlik maholdir. Unday bo’lsa bu san`atli narsalarning har birisi u yashirin zotning bir e`lonnomasi hukmida uni ko’rsatadi. Go’yo har bir gulli mato, har bir san`atli uskuna, har bir shirin luqma u mo’`jiznamo zotning bittadan tamg’asi, bittadan muhri, bittadan nishoni, bittadan imzosi hukmida; hol lisoni ila har birisi der: "Men kimning san`ati bo’lsam, joylashganim sandiqlar va do’konlar ham uning mulkidir". Va har bir naqsh der: "Meni kim to’qigan bo’lsa, joylashganim to’p ham uning to’qimasidir". Har bir shirin luqma der: "Meni kim qilayotgan, pishirayotgan bo’lsa bo’lganim qozon ham unikidir". Har bir uskuna der: "Meni kim qilgan bo’lsa, mamlakatda yoyilgan butun o’xshashlarimni ham u qilmoqda va butun mamlakatning har tarafida bizni yetishtirgan udir. Demak mamlakatning sohibi ham udir. Unday bo’lsa, butun bu mamlakatga, bu saroyga sohib kim bo’lsa, u bizga sohib bo’la olar". Masalan, qanday davlatga maxsus bitta askar kamari va yoxud bitta tugmaga sohib bo’lmoq uchun, ularni qilgan butun fabrikalarga sohib bo’lmoq lozimdirki, ularga haqiqiy sohib bo’lsin. Bo’lmasa u og’zi ochiq boshi buzuqdan, "davlat molidir" deya qo’lidan olinib, jazolantirilar.
Al-hosil: Qanday bu mamlakatning unsurlari mamlakatni ihota etgan bittadan moddadir. Ularning sohibi ham butun mamlakatga sohib bitta zot bo’lishi mumkin. Xuddi shuning kabi, butun mamlakatda yoyilgan san`atlar bir-biriga o’xshagani va bitta tamg’a izhor etganlari uchun butun mamlakat yuzida yoyilgan san`atli asarlar har bir narsaga hukm etgan bitta zotning san`atlari bo’lganini ko’rsatadilar.
-------------------------------------------------------------
(Izoh) Unsurlar, ma`danlar bo’lsa juda ko’p muntazam vazifalari bo’lgan va Rabboniy izn ila har muhtojning yordamiga yugurgan va Ilohiy amr ila har bir yerga kirgan, madad bergan va hayotning lozim narsalarini yetishtirgan va jonzotlarni ozuqlantirgan va Allohning san`atli asarlarining yigirilishiga, naqshiga asos va muvallid va beshik bo’lgan havo, suv, ziyo, tuproq unsurlariga ishoradir.
Аудио мавжуд эмас