So’zlar | yigirma ikkinchi so’z | 200
(194-214)
O’ninchi Burhon
Kel, ey bir parcha insofga kelgan birodar! O’n besh kundir(Izoh1) biz bu yerdamiz. Agar shu olamning nizomlarini bilmasak, podshohini tanimasak jazoga haqdor bo’lamiz. Uzurimiz qolmadi. Zero o’n besh kun(go’yo bizga muhlat berilgan kabi) bizga tegilmayotirlar. Albatta biz o’z-o’zimizga qo’yilgan emasmiz. Bu daraja nozik san`atli, me`zonli, latofatli, ibratli san`atli asarlar ichra hayvon kabi kezib buzolmaymiz, bizga buzdirmaslar. Shu mamlakatning hashamatli malikining albatta jazosi ham dahshatlidir. U zot naqadar qudratli, hashamatli bir zot bo’lganini shu bilan tushuninglarki: Shu katta olamni bir saroy kabi tartiblamoqda, bir jovon kabi aylantirmoqda. Shu katta mamlakatni bir xona kabi, hech bir narsani nuqson qoldirmasdan idora etmoqda. Mana qaragin, vaqti-vaqti ila bir qopni to’ldirib bo’shatmoq kabi shu saroyni, shu mamlakatni, shu shaharni mukammal intizom ila to’ldirib, mukammal hikmat ila bo’shattirmoqda. Bir dasturxonni ham ko’tarib tushurmoq kabi, katta mamlakatni boshdan oxirigacha turli-tuman dasturxonlar(Izoh2) bir g’aybiy qo’l tarafidan ko’tarar, tushirar tarzida turli-tuman ovqatlarni navbat ila keltirib yedirar. Uni ko’tarib boshqasini keltirar, sen ham ko’rmoqdasan va aqling bo’lsa tushunasanki, u dahshatli hashamat ichida hadsiz saxovatli bir karam bor.
Hamda boqki, u g’aybiy zotning saltanatiga, birligiga butun bu narsalar shahodat etgani kabi, shuningdek guruh-guruh orqasidan kelib o’tgan, u haqiqiy parda-parda orqasidan ochilib yopilgan bu inqiloblar, bu o’zgarishlar u zotning davomiga, baqosiga shahodat etadi. Chunki zavol topgan narsalar ila barobar sabablari ham yo’qoladi. Holbuki ularning orqasidan, ularga mol etganimiz narsalar takror bo’lmoqda. Demak u asarlar ularniki emas ekan, balki zavolsiz birisining asarlari ekan. Qandayki bir daryoning pufakchalari ketadi, orqasidan kelgan pufakchalar ketganlar kabi porlaganidan tushuniladiki, ularni porlattirgan doimiy va yuksak bir ishiq sohibidir. Xuddi shuning kabi bu ishlarning tezlik bilan almashinishi, orqalaridan kelganlarning ayni rang olishi ko’rsatadiki, zavolsiz doimiy bitta zotning jilvalaridir, naqshlaridir, oynalaridir, san`atlaridir.
O’n Birinchi Burhon
Kel, ey do’stim! Hozir senga o’tgan o’n burhon quvvatida qat`iy bir burhon yana ko’rsataman. Kel, bir kemaga minamiz;(Izoh3) shu uzoqda bir orol bor, u yerga ketamiz. Chunki bu tilsimli olamning kalitlari u yerda bo’ladi. Ham harkas u orolga boqadi, u yerdan bir narsalar kutadi, u yerdan amr oladilar. Mana qara, ketmoqdamiz. Hozir shu orolga chiqdik. Boq juda katta bir yig’ilish bor. Shu malakatning butun kattalari bu yerda to’plangan kabi muhim marosim ko’rinmoqda. Yaxshi diqqat et. Bu katta jamiyatning bir raisi bor. Kel, yaqinroq boramiz. U raisni tanishimiz kerak. Mana qara, naqadar porloq va mingdan(Izoh4) ziyoda nishonlar bor. Naqadar quvvatli gapirmoqda. Naqadar shirin bir suhbat etmoqda. Shu o’n besh kun mobaynida, bularning deganlarini men biroz o’rgandim. Sen ham mendan o’rgan. Boq, u zot shu mamlakatning mo’`jiznamo sultonidan bahs etmoqda. U sultoni ziyshon meni sizlarga yubordi demoqda. Boq, shunday horiqolar ko’rsatmoqda, shubha qoldirmayotirki, bu zot u podshohning maxsus bir ma`muridir. Sen diqqat etki, bu zotning aytgan so’zini nafaqat shu oroldagi maxluqlar tinglayotirlar, balki horiquloda suratda butun mamlakatga eshittirmoqda. Chunki uzoqdan uzoqqa harkas bu yerdagi nutqini eshitishga harakat qilmoqda. Nafaqat insonlar tinglayotirlar, balki hayvonlar ham, hatto boq, tog’lar ham uning keltirgan amrlarini tinglayotirlarki, yerlaridan qimirlayotirlar. Shu daraxtlar ishora etgan yerga ketmoqdalar. Qayerda istasa suv chiqarmoqda.
-----------------------------------------------
(Izoh1) O’n besh kun taklif yoshi bo’lgan o’n besh yilga ishoradir.
(Izoh2) Dasturxonlar bo’lsa yozda zaminning yuziga ishoradirki, yuzlab yangi-yangi va boshqa-boshqa bo’lib rahmat oshxonasidan chiqqan Rahmoniy dasturxonlar to’shalar, almasharlar. Har bir bo’ston bir qozon, har bir daraxt bir vositachidir.
(Izoh3) Kema tarixga va orol esa Saodat Asriga ishoradir. Shu asrning zulmatli sohilida, mimsiz madaniyatning kiydirgan libosini yechib, zamonning dengiziga kirib, tarix va siyar sahifasiga minib, Saodat Asri oroliga va Jazirat-ul Arab maydoniga chiqib, Faxri Olamni (SA.V.) ish boshida ziyorat etmoq ila bilamizki, u zot shu qadar porloq bir tavhid burhonidirki, zaminning boshdan oxir yuzini va zamonning o’tgan va kelajak ikki yuzini ishiqlantirgan, kufr va zalolat zulmatini tarqatgandir.
(Izoh4) Ming nishon esa tahqiq ahli yonida mingga yetgan Mo’`jizoti Ahmadiyadir. (S.A.V.)
Аудио мавжуд эмас