So’zlar | yigirma ikkinchi so’z | 203
(194-214)
Birinchi nukta ichida bir eslatma: Ey sabab-parast g’ofil! Sabablar bir pardadir. Chunki izzat va azamat shunday istar. Faqat ish qilgan qudrati Samadoniyadir. Chunki tavhid va jalol shunday istar va istiqlolni taqozo etar. Sultoni Azaliyning ma`murlari rububiyat saltanatining ijrochilari emasdirlar. Balki u saltanatning dallollaridirlar va u rububiyatning tomoshabin nozirlaridirlar. Va u ma`murlar, u vositalar qudratning izzatini, rububiyatning hashamatini izhor uchundir. Toki yomon ishlar ila qudratning aloqasi ko’rinmasin. Ojiz, faqirlik ichida bo’lgan insoniy bir sulton kabi ojizligi va ehtiyoj uchun ma`murlarni saltanat sherigi etgan emasdir. Demak sabablar joriy qilingan, toki aqlning zohiriy nazariga qarshi qudratning izzati muhofaza etilsin. Zero oynaning ikki yuzi kabi har narsaning bir "mulk" jihati borki, oynaning rangli yuziga o’xshar. Har xil ranglarga va holatlarga mador bo’lishi mumkin. Biri "malakut"dirki, oynaning porloq yuziga o’xshar. Mulk va zohir jihatida qudrati Samadoniyaning izzatiga va kamoliga zid hollar bordir. Sabablar u hollarga ham marji, ham mador bo’lmoq uchun joriy etilganlar. Faqat malakutiyat va haqiqat tarafida har narsa shaffofdir, go’zaldir. Qudratning shaxsan aloqador bo’lishiga munosibdir, izzatiga zid emasdir. Shuning uchun sabablar faqatgina zohiriydir, malakutiyatda va haqiqatda haqiqiy ta`sirlari yo’qdir.
Ham zohiriy sabalarning boshqa bir hikmati shudirki: Haqsiz shikoyatlari va botil e`tirozlari Odili Mutlaqqa ketmasligi uchun u shikoyatlarga, u e`tirozlarga hadaf bo’ladigan sabablar joriy etilgandir. Chunki kamchilik ulardan chiqadi, ularning qobiliyatsizliklaridan kelib chiqadi. Bu sirga bir latif misol suratida ma`naviy bir tamsil rivoyat etiladiki: Hazrati Azroil Alayhissalom Janobi Haqqa deganki: "Ruhlarni olish vazifasida sening bandalaring mendan shikoyat etadilar, mendan ranjiydilar". Janobi Haq hikmat lisoni ila unga deganki: "Sen ila bandalarimning o’rtasida musibatlar, xastaliklar pardasini tashlayman. Toki shikoyatlari ularga ketib sendan ranjimasinlar". Xullas boq, qandayki xastaliklar pardadir, ajalda xayol qilingan yomonliklarga marjidirlar va ruhlarning olinishida haqiqatda bo’lgan hikmat va go’zallik Azroil Alayhissalomning vazifasiga aloqadordir. Xuddi shuning kabi: Hazrati Azroil ham bir pardadir. Ruhlarning olinishida zohiran marhamatsiz ko’ringan va rahmatning kamoliga munosib tushmagan ba`zi xolatlarga marji bo’lmoq uchun u ma`muriyatga bir nozir va Ilohiy qudratga bir pardadir. Ha, izzat va azamat istarki, sabablar pardadori dasti qudrat bo’lsin aqlning nazarida... Tavhid va jalol istarki, sabablar qo’llarini tortsinlar haqiqiy ta`sirdan...
Ikkinchi Yog’du: Boq shu koinot bo’stoniga, shu zaminning bog’iga, shu samoning yulduzlar ila yoritilgan go’zal yuziga diqqat et!. Ko’rasanki, bir Sone`i Zuljalolning, bir Fotiri Zuljamolning u terilgan va sochilgan san`atli asarlardan har bir asar ustida Xoliqi Kulli Shayga maxsus bir tamg’asi va har bir maxluqi ustida Sone`i Kulli Shayga xos bir muhri va qudrat qalamining bittadan farmoni bo’lgan kecha va kunduz sahifalari, yoz va bahorda yozilgan mavjudot tabaqalari ustida taqlid qabul etmas porloq bir muhri bordir. Hozir u tamg’alardan, u muhrlardan, u imzolardan namuna sifatida bir nechtasini zikr etamiz. Masalan: Hisobsiz tamg’alaridan hayot ustida qo’ygan ko’p tamg’alardan shu tamg’aga boqki: "Bir narsadan har narsa qilar, ham hamma narsadan bir narsa qilar". Chunki nutfa suvidan va ham ichiladigan oddiy bir suvdan hisobsiz a`zo va hayvonning jihozlarini qilar. Xullas bir narsani har narsa qilmoq, albatta bir Qodiyri Mutlaqning ishidir. Ham yangidan hadsiz taomlardan, -u taom esa hayvoniy bo’lsin, nabotiy bo’lsin- u ko’pgina moddalarni xos bir jismga mukammal intizom ila o’girgan va undan maxsus bir jild to’qigan va undan sodda jihozlarni qilgan albatta bir Qodiyri Kulli Shaydir va Aliymi Mutlaqdir. Ha, Xoliqi Mavt va Hayot shu dunyo tazgohida hikmati ila hayotni shunday bir mo’`jiznamo amr hukmidagi qonunlar ila idora etadiki, u qonunni tatbiq va ijro etmoq butun koinotni tasarrufi ostida tutgan bir zotga maxsusdir.
Аудио мавжуд эмас