So’zlar | yigirma ikkinchi so’z | 206
(194-214)
Zotan narsalarning asl manbalari shu to’rt moddadir: Yangi hikmat ila vodorod, kislorod, uglerod, azotdirki, bu unsurlar avvalgi unsurlardan parchalaridir.
Uchinchi Deraza: Zarralardan tashkil topgan bir parcha tuproq har bir gulli va mevali nabototning nashvu namosiga asos bo’la oladigan bir kosani u zarrachalardan to’ldirsang, butun dunyodagi har navi gul va mevali nabototning tuxumchalariki, u tuxumchalar hayvonotning nutfalari kabi boshqa-boshqa narsalar emas, nutfalar bir suv bo’lgani kabi, u tuxumlar ham uglerod, azot, vodorod, kisloroddan tashkil topgan, mohiyat jihatidan bir-birining o’xshashi, sifat jihatidan bir-biridan boshqa, yolg’iz qadar qalami ila faqatgina ma`naviy bo’lib aslining dasturi omonatan berilgan. Xullas, u tuxumlarni navbat ila u kosaga qo’ysak, har biri horiqo jihozlari ila, shakllar va vaziyati ila zuhur etishini sodir bo’lgan kabi ishonasan. Agar u zarralar har bir narsaning har bir hol va vaziyatini bilgan va har narsaga (unga) loyiq vujudni va vujudning lozim narsalarini berishga qodir va qudratiga nisbatan hamma narsa mukammal yengillik ila musahhar bo’lgan bir zotning ma`muri va amrbardor bir vazifadori bo’lmasalar, u tuproqning har bir zarrasida yo butun gulli va mevadorlarning sonicha ma`naviy fabrikalar va matbaalar ichida bo’lishi lozim kelarki, u jihozlari va shakllari bir-biridan uzoq va bir-biridan boshqa farqli mavjudotlarga manba bo’la olsin. Yoki butun u mavjudotni ihota etgan bir ilm va butun ularning tashkilotiga iqtidorli bo’ladigan bir qudrat bermoq lozimdir. Toki butun ularning tashkilotiga mador bo’lsin. Demak Janobi Haqdan nisbat kesilsa, tuproqning zarralari adadicha ilohlar qabul etilishi lozim bo’ladi. Bu esa ming marta mahol ichida mahol bir xurofotdir. Faqat ma`mur bo’lganlari vaqt juda osondir. Qandayki buyuk bir sultonning bir oddiy askari u podshohning nomi ila va uning quvvati ila bir mamlakatni hechdan yarata olar, ikki dengizni birlashtira olar, bir shohni asir eta olar. Shuning kabi Azal va Abad Sultonining amri ila bir chivin bir Namrudni yerga yiqitar, bir chumoli bir Fir`avnning saroyini xarob etar, yerga otar. Bir anjir urug’i bir anjir daraxtini ko’tarar.
Ham har bir zarrada vujub va Sone` vahdatiga ikki sodiq shohid yana bor. Birisi; har bir zarra mutlaq ojizligi ila barobar juda katta va juda har xil vazifalarni bajarar va jonsizligi ila barobar bir kulliy idrok ko’rsatgan intizomparvarona umumiy nizomga uyg’un harakat etar. Demak har bir zarra ojizlik lisoni ila Qodiyri Mutlaqning vujubi vujudiga va olam nizomini muhofazasi ila vahdatiga shahodat etar.
كَمَا اَنَّ فِى كُلِّ ذَرَّةٍ شَاهِدَانِ عَلَى اَنَّهُ وَاجِبٌ وَاحِدٌ كَذلِكَ فِى كُلِّ حَىٍّ لَهُ آيَتَانِ عَلَى اَنَّهُ اَحَدٌ صَمَدٌ
Ha, har bir jonzotda biri Ahadiyat tamg’asi, boshqasi Samadiyat imzosi mavjud. Zero bir jonzot aksar koinotda jilvalari ko’ringan ismlarni birdan o’z oynasida ko’rsatadi. Xuddi bir jamlanish nuqtasi hukmida Hayyi Qayyumning ismi a`zamning tajalliysini ko’rsatadi. Xullas, ahadiyati zotiyani Muhyi pardasi ostida bir navi soyasini ko’rsatganidan bir ahadiyat tamg’asini toshiydi. Ham u jonzot bu koinotning kichraytirilgan bir misoli va yaratilish daraxtining bir mevasi hukmida bo’lgani uchun, koinot qadar ehtiyojlarini birdan osonlik ila kichkina hayoti doirasiga yetishtirmoq Samadiyat imzosini ko’rsatadi. Ya`ni u hol ko’rsatadiki, uning shunday bir Rabbi borki; unga hamma narsaga badal bir yuzlanishi bor va butun narsalarning o’rnini tutadigan bir nazari bor. Butun narsalar uning bir nazarining o’rnini tutolmas.
نَعَمْ يَكْفِى لِكُلِّ شَيْءٍ شَيْءٌ عَنْ كُلِّ شَيْءٍ وَ لاَ يَكْفِى عَنْهُ كُلُّ شَيْءٍ وَ لَوْ لِشَيْءٍ وَاحِدٍ
Ham u hol ko’rsatadiki: Uning u Rabbi hech bir narsaga muhtoj bo’lmagani kabi, xazinasidan hech bir narsa kam bo’lmas va qudratiga ham hech bir narsa og’ir kelmas. Xullas, Samadiyatning soyasini ko’rsatgan bir navi imzosi...
Аудио мавжуд эмас