So’zlar | yigirma ikkinchi so’z | 205
(194-214)
Shuning kabi: Shamsi Azaliyning nuroniy tajalliylaridan "ihyo", ya`ni "hayot bermoq" jihatida har bir jonzot ustida shunday bir imzosi bordirki, farazan butun sabablar to’plansa va bittadan foili muxtor bo’lsalar, yana u imzoni taqlid etolmaslar. Zero har biri bittadan qudrat mo’`jizasi bo’lgan jonzotlar, har biri u Shamsi Azaliyning shu`lalari hukmida bo’lgan ismlarining to’planish nuqtasi suratidadir. Agar jonzotlar ustida ko’ringan u ajoyib san`at naqshini, u hikmatning g’arib tartibini va u ahadiyat siri tajalliysini Zoti Ahadi Somadga berilmagan vaqt har bir jonzotda, hatto bir chivinda, bir gulda nihoyatsiz bir qudrati Fotira ichida saqlanganini va hamma narsani qamragan bir ilm bo’lganini va koinotni idora etadigan mutlaq bir iroda unda mavjud bo’lganini, balki Vojib-ul Vujudga maxsus boqiy sifatlari ham ularning ichida bo’lganini qabul etmoq, xuddi u gulning, u chivinning har bir zarrasiga bir uluhiyat bermoq kabi zalolatning eng ablahchasiga, xurofotning eng ahmoqchasiga bir darakasiga tushmoq lozim kelar. Zero u narsaning zarralariga, xususan tuxum bo’lsalar shunday bir vaziyat berganlarki; u zarra juz`iy bo’lgan jonzotga boqar, uning nizomiga ko’ra vaziyat olar. Balki u jonzotning butun naviga boqar kabi, u navning davomiga yaraydigan har yerda ekmoq va navining bayrog’ini o’rnatmoq uchun qanotchalar ila qanotlanmoq kabi bir kayfiyat olar. Balki u jonzot aloqador va muhtoj bo’lgan butun mavjudotga qarshi muomalalarini va rizq ila aloqador munosabatini davom ettiradigan bir vaziyat tutadi.
Xullas, agar u zarra bir Qodiyri Mutlaqning ma`muri bo’lmasa va nisbati u Qodiyri Mutlaqdan kesilsa, u vaqt u zarraga har narsani ko’radigan bir ko’z, hamma narsani qamragan bir idrok bermoq lozimdir.
Al-hosil: Qandayki shu qatralarda va shishaning zarrachalarida bo’lgan quyoshchalar va turli-tuman ranglar Quyosh aksining jilvasiga va tajalliysining aksiga berilmasa, birgina Quyoshga muqobil nihoyatsiz quyoshlarni qabul etmoq lozim kelar. Mahol ichida mahol bir xurofotni qabul etmoq taqozo etar. Aynan shuning kabi, agar hamma narsa Qodiyri Mutlaqqa berilmasa, birgina Allohga muqobil nihoyatsiz, balki koinotdagi zarralar sonicha ilohlarni qabul etmoq kabi yuz daraja mahol ichidagi bir maholni mavjud qabul etmoq kabi bir devonalik bo’lmag’urligiga tushmoq lozim kelar.
Al-hosil: Har bir zarradan uch deraza Shamsi Azaliyning vahdoniyat nuriga va vujubi vujudiga ochilar.
Birinchi Deraza: Har bir zarra bir askar kabi askariy doiralarining har birida, ya`ni askariy bo’linmasida, rotasida, batal`onida, polkida, diviziyasida, armiyasida har birisida bir nisbati, u nisbatga ko’ra bir vazifasi va u vazifaga ko’ra nizomi doirasida bir harakati bo’lgani kabi...
Ham masalan: Sening ko’z qorachig’ingdagi u jonsiz zarracha ham sening ko’zingda, boshingda, vujudingda va quvva-i muvallida, quvva-i joziba, quvva-i dafia, quvva-i musavvira kabi qon aylanishiga va his va harakatga xizmat etgan vena va arteriya va boshqa asablarda, ham sening navingda, ila oxir.. bittadan nisbati, bittadan vazifasi bo’lganini, shaksiz bir Qodiyri Azaliyning san`atli asari va vazifador ma`muri va tarbiyasi ostida bo’lganini ko’r bo’lmagan ko’zga ko’rsatar.
Ikkinchi Deraza: Havodagi har bir zarra har bir gulni, har bir mevani ziyorat eta olar. Ham har gulga, har mevaga kirib ishlay olar. Agar har narsani ko’radigan va biladigan bir Qodiyri Mutlaqning musahhar ma`muri bo’lmasa, u betayin zarra butun mevalarning, gullarning jihozlarini va qilinishini va boshqa-boshqa san`atlarini va ularga kiydirilgan suratlarning bichilishini va har narsani qoplagan mukammal tikuvchilik san`atini bilmoq lozim kelar. Xullas, shu zarra bir quyosh kabi bir tavhid nurining shu`lasini ko’rsatadi. Ziyoni havoga, suvni tuproqqa qiyos et.
Аудио мавжуд эмас