So’zlar | yigirma ikkinchi so’z | 208
(194-214)
Naqqoshi Azaliy zaminning yuzida yoz, bahor zamonida eng oz uch yuz ming nabotot va hayvonotning navlarini nihoyatsiz qorishiqlik, aralashlik ichida nihoyat darajada imtiyoz va tashxis ila va g’oyat darajada intizom va ajratish ila hashr va nashr etishi bahor kabi ochiq va yaqqol porloq tavhidning bir tamg’asidir. Ha, bahor mavsumida o’lgan yerning tirilishi ichida uch yuz ming hashrning namunalarini mukammal intizom ila ijod etmoq va yerning sahifasida bir-biri ichida uch yuz ming farqli navlarning fardlarini xatosiz va sahfsiz, yanglishsiz, nuqsonsiz, g’oyat o’lchovli, tartibli, g’oyat muntazam va mukammal bir suratda yozmoq, albatta nihoyatsiz bir qudratga va bepoyon bir ilmga va koinotni idora etajak bir irodaga sohib bir Zoti Zuljalolning, bir Qodiyri Zulkamolning va bir Hakiymi Zuljamolning maxsus tamg’asi bo’lganini zarra miqdor idroki bo’lganning fahmlashi lozim kelar. Qur`oni Hakim farmon etadiki:
فَانْظُرْ اِلَى آثَارِ رَحْمَتِ اللّهِ كَيْفَ يُحْيِى اْلاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا اِنَّ ذلِكَ لَمُحْيِى الْمَوْتَى وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ
Darhaqiqat, zaminning tirilishida uch yuz ming hashrning namunalarini bir necha kun mobaynida qilgan, ko’rsatgan Qudrati Fotiraga albatta insonning hashri unga ko’ra oson kelar. Masalan: Kelinchik Tog’ini va Subhon Tog’ini bir ishora ila ko’targan bir Zoti Mo’`jiznamoga, "Shu daradan yo’limizni to’sgan shu katta toshni ko’tara olasanmi?" deyilarmi? Shuning kabi: Ko’k va tog’ va yerni olti kunda ijod etgan va ularni vaqti-vaqti ila to’ldirib bo’shatgan bir Qodiyri Hakiymga, bir Kariymi Rahiymga: "Abad tarafidan hozirlab qo’yilgan, o’z ziyofatiga ketadigan yo’limizni to’sib turgan shu tuproq tabaqasini ustimizdan ko’tara olasanmi? Yerni tekislab bizni undan o’tqazib bilasanmi?" Aqldan uzoq ko’rmoq suratida deyilarmi?
Shu zaminning yuzida yoz zamonida bir tavhid tamg’asini ko’rding. Endi boq! G’oyat basirona va hakimona zaminning yuzidagi shu bahor mavsumidagi azim tasarruflar ustida bir vohidiyat muhri g’oyat oshkora ko’rinmoqda. Chunki shu ijroot bir mutlaq kenglik ichida va u kenglik ila barobar bir mutlaq tezlik ila va tezlik ila barobar mutlaq bir saxovat ichida ko’ringan mutlaq intizom va mukammal san`at go’zalligi va yaratilish mukammalligi shunday bir muhrdirki, cheksiz bir ilm va nihoyatsiz bir qudrat sohibi unga sohib bo’lishi mumkin. Darhaqiqat, ko’rmoqdamizki butun yer yuzida bir mutlaq kenglik ichida bir ijod, bir tasarruf, bir faoliyat bor. Ham u kenglik ichida mutlaq bir tezlik ila ishlanmoqda. Ham u tezlik va kenglik ila barobar fardlarning ko’paytirilishida mutlaq bir saxovat ko’rinmoqda. Ham u saxovat va kenglik va tezlik ila barobar mutlaq bir yengillik ko’rinmoqda. Ham u saxovat va yengillik va tezlik va kenglik ila barobar har bir navda, har bir fardda ko’ringan mutlaq bir intizom va g’oyat mumtoz bir san`at go’zalligi va nihoyat qorishiqlik ichida bir to’liq imtiyoz va g’oyat to’kinlik ichida g’oyat qiymatdor asarlar va g’oyat keng doira ichida to’liq bir uyg’unlik va g’oyat osonlik ichida g’oyat san`atkorona badialarni ijod etmoq, bir onda, har yerda, bir tarzda, har fardda g’aroyib bir san`at, mo’`jiznamo bir faoliyat ko’rsatmoq albatta va albatta shunday bir zotning muhridirki, hech bir yerda bo’lmagani holda har yerda hozir, nozirdir. Hech bir narsa undan yashirinmagani kabi, hech bir narsa unga og’ir kelmas. Zarralar ila yulduzlar uning qudratiga nisbatan tengdirlar.
Аудио мавжуд эмас