So’zlar | yigirma ikkinchi so’z | 209
(194-214)
Masalan: U Rahiymi Zuljamolning karami bog’istonidan, mo’`jizalarining shingillaridan bir donacha hukmida ko’rganim ikki barmoq qalinligida bir uzum osmasida osig’liq bo’lgan shingillarni sanadim: Bir yuz ellik besh chiqdi. Bir shingilning donalarini sanadim: Bir yuz yigirma qadar bo’ldi. O’yladim, dedim: "Agar bu osma novda asalli suv chashmasi bo’lsa, doim suv bersa, shu haroratga qarshi u yuzlab rahmatning sharbat ko’zachalarini emizdirgan shingillarga zo’rg’a kifoya qilajak. Holbuki, ba`zan oz bir namlik zo’rg’a qo’liga o’tar. Xullas bu ishni qilgan har narsaga qodir bo’lmog’i lozim kelar. سُبْحَانَ مَنْ تَحَيَّرَ فِى صُنْعِهِ الْعُقُولُ
Yettinchi Yog’du: Boq, qanday Yer yuzi sahifasi ustida Zoti Ahadi Somadning muhrlarini oz diqqat ila ko’ra olasan. Boshingni ko’tar, ko’zingni och, shu koinot buyuk kitobiga bir boq; ko’rajaksanki: U koinotning hay`ati majmuasi ustida kattaligi nisbatida bir ochiqlik ila vahdat muhri o’qilmoqda. Chunki shu mavjudot bir fabrikaning, bir qasrning, bir muntazam shaharning qismlari va fardlari kabi bel-belga berib, bir-biriga qarshi yordam qo’lini uzatib, bir-birining hojati savoliga "Labbayk! Bosh ustiga" derlar. Qo’l qo’lga berib, bir intizom ila ishlarlar. Yelkani yelkaga berib, jonlilarga xizmat etarlar. Yelkama-yelka berib, bir g’oyaga yo’nalgan holda bir Mudabbiri Hakiymga itoat etarlar. Ha, Quyosh va Oydan, kecha va kunduzdan, qish va yozdan tut to nabototning, muhtoj va och hayvonlarning yordamlariga kelishlarida va hayvonlarning zaif, sharif insonlarning yordamiga yugurishlarida, hatto ozuqa moddalarining latif, zaif bolalarning va mevalarning yordamiga uchishlarida, to taom zarralarining badan hujayralari yordamiga o’tishlarida joriy bo’lgan bir yordamlashmoq dasturi ila harakatlari butun-butun ko’r bo’lmaganga ko’rsatadilarki; g’oyat karim birgina Murabbiyning quvvati ila, g’oyat hakim birgina Mudabbirning amri ila harakat etmoqdalar.
Xullas, shu koinot ichida joriy bo’lgan bu bir-biriga tayanmoq, bu yordamlashmoq, bu qarshilikli javob bermoq, bu quchoqlashmoq, bu musahhariyat, bu intizom birgina Mudabbirning tartibi ila idora etilganliklariga va birgina Murabbiyning tadbiri ila chorlanganliklariga qat`iyan shahodat etmoq ila barobar shu shaksiz narsalar san`atida ko’ringan hikmati omma ichidagi to’liq inoyat va u inoyat ichida porlagan keng rahmat va u rahmat ustida yoyilgan va rizqqa muhtoj har bir jonzotga uning hojatiga loyiq bir tarzda ta`minlamoq uchun sochilgan rizqlar va umumiy ta`minot shunday porloq bir tavhid muhridirki, butun-butun aqli so’nmagan tushunar va butun-butun ko’r bo’lmagan ko’rar. Ha, qasd va idrok va irodani ko’rsatgan bir hikmat pardasi umum koinotni qoplagan va u hikmat pardasi ustida lutf va ziynatlash va tahsin va ehsonni ko’rsatgan bir inoyat pardasi yoyilgandir va u ziynatli inoyat pardasi ustida o’zini sevdirmoq va tanittirmoq, in`om va ikrom etmoq yog’dularini ko’rsatgan bir rahmat ko’ylagi koinotni ichiga olgandir va u munavvar hamma narsani qamragan rahmat pardasi ustiga yoyilgan va marhamatni va ehson va ikromni va mukammal shafqat va go’zal tarbiyani va rububiyat lutfini ko’rsatgan bir umumiy rizq dasturxoni yozilgandir.
Darhaqiqat shu mavjudot zarralardan quyoshlarga qadar; fardlar bo’lsin, navlar bo’lsin, kichik bo’lsin katta bo’lsin, samaralar va g’oyalar ila va foydalar va maslahatlar ila naqshinkor bir hikmat matosidan muhtasham bir ko’ylak kiydirilgan va u hikmat-namo surat ko’ylagi ustida lutf va ehson gullari ila ziynatlangan bir inoyat ko’ylagi har narsaning qomatiga ko’ra bichilgan va u ziynatlangan inoyat ko’ylagi ustiga tahabbub va ikrom va shafqat va in`om yog’dulari ila munavvar rahmat nishonlari toqilgan va u munavvar va ziynatli nishonlarni ehson etmoq ila barobar, zaminning yuzida butun jonlilarning toifalariga kifoya, butun hojatlariga yetarli bir umumiy rizq dasturxoni taxlangandir. Xullas, shu ish Quyosh kabi oshkora nihoyatsiz Hakiym, Kariym, Rahiym, Razzoq bir Zoti Zuljamolga ishora etib ko’rsatadi.
Аудио мавжуд эмас