So’zlar | yigirma ikkinchi so’z | 210
(194-214)
Shundaymi? Har narsa rizqqa muhtojmidir?
Ha, bir fard rizqqa va hayotning davomiga muhtoj bo’lgani kabi, ko’rayotirmizki: Butun olamdagi mavjudot, boxusus hayot sohibi bo’lsa kulliy bo’lsin, juz`iy bo’lsin, kull bo’lsin juz bo’lsin, vujudida, baqosida, hayotida va hayotini davom ettirishda moddatan va ma`nan ko’p matlublari bor, ko’p lozim narsalari bor. Iftiqorlari va ehtiyojlari shunday narsalarga borki, eng oddiysiga u narsaning qo’li yetishmagani, eng kichik matlubiga u narsaning quvvati kifoya kelmagani bir holda, ko’rayotirmizki: Butun istaklari va moddiy va ma`naviy rizqlari مِنْ حَيْثُ لاَ يَحْتَسِبُ kutmagan yerlardan mukammal intizom ila va munosib vaqtda va loyiq bir tarzda mukammal hikmat ila qo’llariga berilmoqda. Xullas, bu iftiqor va maxluqot ehtiyoji va bu tarzda yordam va g’aybiy ko’mak, ajabo Quyosh kabi bir Murabbiyi Hakiymi Zuljalolni, bir Mudabbiri Rahiymi Zuljamolni ko’rsatmaydimi?
Sakkizinchi Yog’du: Qandayki bir dalada ekilgan bir navi tuxum dalolat etarki: U dala har holda tuxum sohibining tasarrufi ostida bo’lganini; ham u tuxumni ham dala mutasarrifining tasarrufi ostida bo’lganini ko’rsatar. Shuning kabi: Shu unsurlar deyilgan san`atli asarlar ekinzori vohidiyat va soddalik ila barobar kulliyot va ihotalari va shu maxluqot deyilgan rahmat mevalari va qudrat mo’`jizalari va hikmat kalimalari bo’lgan nabotot va hayvonot mumasalot va mushabahotlari ila barobar ko’p yerlarda tarqalishi, har tarafda bo’lib yerlashishlari bitta Sone`i Mo’`jiznamoning tasarrufi ostida bo’lganliklarini shunday bir tarzda ko’rsatadiki, go’yo har bir gul, har bir meva, har bir hayvon u Sone`ning bittadan tamg’asidir, bittadan muhridir, bittadan imzosidir. Har qaerda bo’lmasin, hol lisoni ila har birisi derki: "Men kimning tamg’asi bo’lsam, bu yer ham uning san`atli asaridir. Men kimning muhri bo’lsam, bu makon ham uning maktubidir. Men kimning imzosi bo’lsam, bu vatanim ham unga tegishlidir". Demak eng oddiy bir maxluqqa rububiyat butun unsurlarni tasarrufi ostida tutganga maxsusdir va eng oddiy bir hayvonni tadbir va idora etmoq butun hayvonlarni, nabototni, san`atli asarlarni qabza-i rububiyatida tarbiya etganga xos bo’lganini ko’r bo’lmagan ko’rar. Ha, har bir fard boshqa fardlarga mumasalot va misliyat lisoni ila der: "Kim butun navimga sohib bo’lsa, menga sohib bo’la olar, bo’lmasa yo’q." Har nav boshqa navlar ila barobar yer yuzida yoyilishi lisoni ila der: "Kim butun Yer yuziga sohib bo’lsa, menga sohib bo’la olar, bo’lmasa yo’q". Yer boshqa sayyoralar ila bir quyoshga bog’lanishi va samavot ila bir-biriga tayanish lisoni ila der: "Kim butun koinotga sohib bo’lsa, menga sohib u bo’la olar, bo’lmasa yo’q". Ha, farazan idrokli bir olmaga biri desa: "Sen mening san`atimsan". U olma hol lisoni ila unga "Jim bo’l!" deyajak. "Agar butun yer yuzida butun olmalarning tashkiliga iqtidorli bo’la olsang, balki yer yuzida nashr etilgan butun hamjinsimiz bo’lgan butun mevadorlarga, balki kemasi ila rahmat xazinasidan kelgan butun Rahmoniy hadyalarga mutasarrif bo’la olsang, menga rububiyat da`vo et". U olma shunday deyajak va u ahmoqning og’ziga bir tarsaki urajak.
To’qqizinchi Yog’du: Juzda juz`iyda, kullda kulliyda, kulliy olamda, hayotda, jonzotda, tiriltirishda bo’lgan tamg’alardan, muhrlardan, imzolardan ba`zilariga ishora etdik. Endi, navlarda hisobsiz tamg’alardan bir tamg’aga ishora etamiz.
Ha, qandayki mevador bir daraxtning hisobsiz mevalari birgina tarbiya, bir birlik qonuni ila bitta markazdan idora etilganliklaridan, kulfat va mashaqqat va masraf shu qadar osonlik paydo etarki, kasrat ila tarbiya etilgan birgina mevaga teng bo’larlar. Demak kasrat va markazning ko’pligi, har meva uchun, miqdorcha butun daraxt qadar kulfat va masraf va jihozlar istar. Farq yolg’iz qiymatchadir. Qandayki bitta askarga lozim askariy jihozlantirish qilmoq uchun qo’shinga lozim butun fabrikalar qadar fabrikalar lozimdir. Demak ish vahdatdan kasratga o’tsa, fardlar adadicha -miqdor jihati ila- kulfat ziyodalashar. Xullas, har navda shubhasiz ko’ringan favqulodda osonlik, albatta vahdatdan, tavhiddan kelgan bir rohatlik va osonlikning asaridir.
Аудио мавжуд эмас