So’zlar | yigirma ikkinchi so’z | 211
(194-214)
Al-hosil: Bir jinsning butun navlari, bir navning butun fardlaridagi asosga oid a`zolarida uyg’unlik va mushabahotlari qanday isbot etarlarki, bitta Sone`ning san`atli asarlaridir. Chunki vahdati qalam va ittihodi muhr shunday istar. Shuningdek: Bu ko’ringan mutlaq yengillik va kulfatsizlik vujub darajasida lozim etarki, bir Sone`i Vohidning asarlari bo’lsin. Bo’lmasa imkonsizlik darajasiga chiqqan bir qiyinchilik u jinsni mavh bo’lishga va u navni yo’qlikka etar edi.
Val-hosil: Janobi Haqqa mol etilsa, butun narsalar bir narsa kabi bir yengillik paydo etar. Agar sabablarga mol etilsa har bir narsa butun narsalar qadar qiyinchilik paydo etar. Modomiki shundaydir, koinotda shu ko’ringan favqulodda arzonlik va shu ko’z o’ngingdagi hadsiz to’kinlik vahdat muhrini quyosh kabi ko’rsatar. Agar g’oyat to’kinlik ila qo’limizga o’tgan shu mevalar Vohidi Ahadning moli bo’lmasa, butun dunyoni bersak ham, birgina anorni yeyolmas edik.
O’ninchi Yog’du: Tajalli-i jamoliyani ko’rsatgan hayot qanday bir ahadiyat burhonidir, balki bir tur vahdat tajalliysidir. Tajalli-i jalolni izhor etgan o’lim ham bir vohidiyat burhonidir. Ha, masalan وَ لِلّهِ الْمَثَلُ اْلاَعْلَى qandayki Quyoshga qarshi porlagan va oqqan katta bir daryoning pufakchalari va zamin yuzining porlagan shaffof narsalari Quyoshning aksini va ishig’ini ko’rsatmoq surati ila Quyoshga shahodat etganlari kabi, u qatralarning va shaffoflarning botishi ila, ketishlari ila barobar orqalaridan yangi kelgan qatralar toifalari va shaffof qabilalari ustida yana Quyoshning jilvalari hashamat ila davomi va ishig’ining tajalliysi va nuqsonsiz davomi qat`iyan shahodat etarki: So’nib yongan, almashib yangilangan, kelib porlagan misoliy quyoshchalar va ishiqlar va nurlar bir boqiy, doimiy, oliy, tajalliysi zavolsiz birgina Quyoshning jilvalaridir. Demak, u porlagan qatralar zuhuri ila va kelishlari ila Quyoshning vujudini ko’rsatganlari kabi, g’urublari ila, zavollari ila Quyoshning baqosini va davomini va birligini ko’rsatadilar.
Aynan shuning kabi: Shu oquvchi mavjudot vujudlari ila va hayotlari ila Vojib-ul Vujudning vujubi vujudiga va ahadiyatiga shahodat etganlari kabi; zavollari ila, o’limlari ila u Vojib-ul Vujudning azaliyatiga, sarmadiyatiga va ahadiyatiga shahodat etarlar. Ha, kecha-kunduz, qish va yoz, asrlar va davrlarning almashinishi ila g’urub va yo’qolish ichida yangilangan va almashgan juda go’zal san`atli asarlar, latif borliqlar, albatta bir oliy va sarmadiy va tajalliysi davomli bir jamol sohibining vujud va baqo va vahdatini ko’rsatganlari kabi, u san`atli asarlar past va zohiriy sabablari ila barobar zavol topib o’lishlari, u sabablarning hechligini va bir parda bo’lganini ko’rsatadilar. Shu hol qat`iyan isbot etarki, shu san`atlar, shu naqshlar, shu jilvalar butun ismlari qudsiya va jamila bo’lgan bir Zoti Jamiyli Zuljalolning yangilangan san`atlaridir, o’zgargan naqshlaridir, harakatlangan oynalaridir, bir-biri orqasidan kelgan tamg’alaridir, hikmat ila almashgan muhrlaridir.
Al-hosil: Shu koinot katta kitobi, qandayki vujud va vahdatga doir taqviniy oyatlarni bizga dars berar. Shuning kabi: U Zoti Zuljalolning butun kamol va jamol va jalol sifatlariga ham shahodat etar. Va qusursiz va nuqsonsiz zotiy kamolini isbot etarlar. Chunki ochiqdirki, bir asarda kamol u asarning manba va asosi bo’lgan fe`lning kamoliga dalolat etar. Fe`lning kamoli esa ismning kamoliga va ismning kamoli sifatning kamoliga va sifatning kamoli zotiy sha`nning kamoliga va sha`nning kamoli u idrokli zotning kamoliga hadsan va zaruratan va badohatan dalolat etar.
Аудио мавжуд эмас