So’zlar | yettinchi so’z | 23
(23-26)
YETTINCHI SO’Z

Bu koinotning ochilmog’i mushkul bo’lgan tilsimini ochgan آمَنْتُ بِاللّهِ وَ بِالْيَوْمِ اْلآخِرِ inson ruhi uchun saodat eshigini fath etgan, naqadar qiymatdor ikki tilsimi mushkulkusho ekanini, hamda sabr ila Xoliqiga tavakkul va iltijo qilmoq, shukr ila Razzoqidan duo bilan so’ramoq, naqadar manfaatli va malhamdek ikki darmon ekanini va Qur`onni tinglamoq va hukmiga itoat etmoq, namoz o’qimoq, gunohi-kabiralarni tark etmoq, abadul-obod safarida naqadar muhim, qiymatli, ravnaqdor bir chipta, bir zodi oxirat, bir nuri qabr ekanini anglamoq istasang, bu misoliy hikoyachaga boq, tingla!
Bir vaqtlar bir askar jang va imtihon maydonida, foyda va zarar o’rtasida juda mudhish bir vaziyatga tushadi:
O’ng va so’l tarafidan chuqur ikki yara bilan og’ir jarohatlangan askarning orqasida dahshatli katta bir arslon unga hujum qilgani kutib turganday. Ro’parasida esa bir dor o’rnatilgan bo’lib, butun sevganlarini osib mavh etmoqda va uni ham kutmoqda. Buning ustiga, shu holi bilan uzoq bir yo’lga chiqmog’i lozim. Surgun etilmoqda. U bechora bu dahshat ichida ma`yusona o’yga tolar ekan, o’ng tarafida Hizr kabi xayrxoh nuroniy bir zot paydo bo’ladi. Unga deydiki:
"Ma`yus bo’lma. Senga ikki tilsim o’rgataman. Chiroyli tarzda iste`mol etsang, u arslon senga itoatkor bir otga aylanadi.
Hamda u dor senga zavq va istirohat uchun yoqimli bir arg’umchoqqa aylanadi.
Hamda senga ikkita darmon beraman. Yaxshilikka iste`mol etsang, u ikki yiringlagan yaralaring ikkita xushbo’y Guli Muhammadiy (Alayhissalotu Vassalom) deb atalgan muattar bir gulchechakka aylanadi.
Ham yana senga bir chipta beraman. U bilan bir yillik yo’lni bir kunda xuddi uchgandek kesib o’tasan. Agar bunga ishonmasang, bir oz tajriba qil, toki so’zlarim to’g’ri ekanini anglab yetasan." Haqiqatan askar bir oz tajriba qildi. Ul zotning so’zlari haqiqat ekanini tasdiqladi.
Ha men, ya`ni bu bechora Said ham buni tasdiqlayman. Chunki bir oz tajriba qildim. Juda to’g’ri ekanini ko’rdim.
Bundan so’ng birdan ko’rdiki, so’l tarafidan shayton kabi hiylakor, sarxush, yolg’onchi bir odam ko’p ziynatlar, bezakli suratlar bilan uning yoniga keldi. Ro’parasida turdi. Unga dedi:
— Hoy birodar! Kel, kel, birga ayshu ishrat etib, kayf qilaylik. Bu go’zal qiz suratlariga boqaylik. Bu xush qo’shiqlarni tinglaylik. Bu lazzatli taomlarni yeylik.
Аудио мавжуд эмас