So’zlar | yettinchi so’z | 24
(23-26)
Savol: E, ha, og’zingda yashirin o’qiyotganing nima?
Javob: Bir tilsim.
— Qo’y, bu tushunarsiz ishni, hozir kayfimizni buzmaylik.
Savol: E, qo’llaringdagi nima?
Javob: Bir darmon.
— Tashla uni, sog’lomsan, nima qilasan? Olqish zamonidir.
Savol: E, bu besh nishonli qog’oz nima?
Javob: Bir chipta. Bir dalolatnoma.
— Yirt bularni. Bu go’zal bahor mavsumida safar qilishning bizga nima keragi bor? deydi. Har qanday yolg’onlar ila uni ishontirishga harakat qiladi. Hatto u bechora unga bir oz moyillik ko’rsatadi. Ha, inson aldanadi. Men ham shunday bir hiylakorga aldandim.
Birdan o’ng tarafdan momaqaldiroqdek gumburlagan bir sado keladi. Deydi:
"Zinhor aldanma. Va u hiylakorga aytginki, agar ortimdagi arslonni o’ldirib, qarshimdagi dorni sug’urib, o’ngu so’limdagi yaralarni daf etib, oldimdagi safarni bekor qilishning chorasi senda bo’lsa, agar topolsang, mayli, qil, ko’rsat, ko’raylik. So’ngra kel, zavq suraylik, deb ayt. Yo’qsa, uningni o’chir, ey betayin! To haligi Hizrdek samoviy zot ham aytadiganini aytsin."
Ey yoshligida kulgan, endi kulgani uchun yig’lagan nafsim! Bilki, ul bechora askar — sensan va insondir.
Va ul arslon esa — ajaldir.
Va ul dor — o’lim, zavol va firoqdirki, kechayu kunduzning aylanishida do’stlar vidolashar, yo’q bo’lar.
Va ul ikki yara esa: biri — siquvchi va hadsiz bir bashariy ojizlik; ikkinchisi — alamli, cheksiz bir insoniy faqirlikdir.
Va ul surgun va safar — ruhlar olamidan, ona qornidan, bolalikdan, keksalikdan, dunyodan, qabrdan, Barzohdan, Mahshargohdan va Sirot ko’prigidan o’tadigan uzun bir imtihon safaridir.
Va ul ikki tilsim esa — Janobi Haqqa iymon va oxiratga iymondir.
Ha bu muqaddas tilsim ila o’lim, mo’`min insonni dunyo zindonidan jannat bo’stoniga, huzuri Rahmonga eltguvchi bir itoatkor ot va buroq suratini oladi. Shuning uchun o’limning haqiqatini ko’ra olgan komil insonlar o’limni sevganlar. Hali o’lim kelmay, o’lmoq istaganlar.Hamda zavolu firoq, ham mamotu vafot, va osuvchi dor bo’lgan vaqtning o’tishi, u iymon tilsimi ila Sone`i Zuljalolning yangidan-yangi, rango-rang, xilma-xil mo’`jizalarining naqshlarini, ajib mislsiz qudratini, tajalliy etgan Rahmatini kamoli lazzat ila sayr va tomosha qiluvchi vosita suratini oladi. Ha, Quyoshning nuridagi ranglarni ko’rsatgan oynalarning tabaddul etib yangilanmog’i va kino lavhalarining o’zgarmog’i yanada xush, yanada go’zal manzaralar tashkil etadi.
Аудио мавжуд эмас