So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 390
(390-427)
O’TTIZ IKKINCHI SO’Z
Shu so’z uch qismdir.
[Yigirma ikkinchi so’zning Sakkizinchi Yog’dusini izoh etgan bir ilovadir. Olamdagi mavjudot vahdoniyatga shahodat etgan ellik besh lisondan (ki Qarta Risolasida ularga ishora etilgan) birinchi lisoniga bir tafsirdir. Va لَوْ كَانَ فِيهِمَاۤ اٰلِهَةٌ اِلاَّ اللهُ لَفَسَدَتَا oyatining juda ko’p haqiqatlaridan tamsil libosi kiydirilgan bir haqiqatdir.]

BIRINCHI QISM
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
لَوْ كَانَ فِيهِمَاۤ اٰلِهَةٌ اِلاَّ اللهُ لَفَسَدَتَا
لاَۤ اِلٰهَ اِلاَّ اللهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ يُحْيِى وَيُمِيتُ وَهُوَ حَىٌّ لاَ يَمُوتُ بِيَدِهِ الْخَيْرُ وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ وَاِلَيْهِ الْمَصِيرُ

Bir Ramazon kechasida shu tavhid kalomining o’n bir jumlasining har birida bittadan tavhid martabasi va bittadan xushxabar bo’lganini va u martabalardan yolg’iz “La sharika lahu” dagi ma`noni sodda avomning fahmiga uyg’un bir tamsiliy muhovara va bir faraziy munozara tarzida va hol losoni, qol lisoni suratida aytgan edim. Menga xizmat etgan qiymatdor qardoshlarimning va masjid birodarlarimning orzulari va istashlari sababli u muhovarani yozmoqdaman. Shundayki:
Butun tabiatparast, sababparast va mushrik kabi umum shirk va kufr va zalolat ahli navlarining tavahhum etgan sheriklarining nomiga bir shaxs faraz etamizki: U faraziy shaxs olamdagi mavjudotdan bir narsaga Rab bo’lmoq istaydi va haqiqiy sohib bo’lmoqni da`vo etmoqdadir.
Xullas, u da`vogar avvalo mavjudotning eng kichigi bo’lgan bir zarraga uchrar. Unga Rab va haqiqiy sohib bo’lganini; zarraga tabiat lisoni ila, falsafa tili ila aytar. U zarra ham haqiqat lisoni ila va Rabboniy hikmat tili ila derki: "Men hadsiz vazifalarni bajaraman. Boshqa-boshqa har san`atli asarga kirib ishlayman, butun u vazifani menga qildiradigan senda ilm va qudrat bo’lsa.. ham, men kabi haddu-hisobga kelmagan zarralar ichida barobar kezib(Izoh) vazifa bajaramiz. Agar butun o’xshashlarim u zarralarni ham ishlattirib amr taxtiga oladigan bir hukm va iqtidor senda bo’lsa.. ham mukammal intizom ila juz bo’lganim mavjudodlarda, masalan qondagi oq donachalarga haqiqiy sohib va mutasarrif bo’lib bilsang, menga Rab bo’lmoqni da`vo et. Meni Janobi Haqdan boshqasiga isnod et. Bo’lmasa jim bo’l! Ham menga Rab bo’lmaganing kabi, mudohala ham qilolmaysan. Chunki vazifamizda va harakatimizda shu qadar mukammal bir intizom borki, nihoyatsiz bir hikmat va muhit bir ilm sohibi bo’lmagan bizning ishimizga aralasha olmas. Agar aralashsa, chalkashtirib tashlaydi. Holbuki sen kabi jonsiz, ojiz va ko’r va ikki qo’li tasodif va tabiat kabi ikki ko’rning qo’lida bo’lgan bir shaxs hech bir jihatda aralasha olmas".

------------------------------------------------
(Izoh) Ha, harakatlanadigan har bir narsa, zarralardan sayyoralarga qadar o’zlarida bo’lgan Samadiyat muhri ila vahdatni ko’rsatganlari kabi, harakatlari ila ham kezgan butun yerlarni vahdat nomiga zabt etadilar. O’z sohibining mulkiga qo’shadilar. Harakat etmagan san`atli asarlar bo’lsa nabototdan sobit yulduzlar qadar bittadan vahdoniyat muhri hukmidadirlarki, bo’lgan makonni o’z Sone`ining maktubi bo’lganini ko’rsatadilar. Demak, har bir nabotot, har bir meva bittadan vahdoniyat muhri, bittadan vahdat tamg’asidirlarki, makonlarini va vatanlarini vahdat nomiga Sone`larining maktubi bo’lganini ko’rsatadilar.
Al-hosil: Har bir narsa harakati ila butun ashyoni vahdat nomiga zabt etar. Demak, butun yulduzlarni qo’lida tutmagan bitta zarraga Rab bo’lolmas.
Аудио мавжуд эмас