So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 391
(390-427)
U da`vogar Moddiyunlarning aytganlari kabi dediki: "Unday bo’lsa sen o’z-o’zingga sohib bo’l. Nimaga boshqasining hisobiga ishlashingni aytasan?" Zarra unga javoban der: "Agar quyosh kabi bir miyam va ziyosi kabi ihotali bir ilmim va harorati kabi shumulli bir qudratim va ziyosidagi yetti rang kabi muhit tuyg’ularim va kezganim har yerga va ishlaganim har mavjudga yuzlangan bittadan yuzim va boqar bittadan ko’zim va o’tadigan bittadan so’zim bo’lsa edi, balki sen kabi ahmoqlik etib, o’z-o’zimga molik bo’lganimni da`vo etib bilar edim. Qani daf bo’l ket, sen mendan hech narsaga erisholmaysan!"
Xullas, sheriklarning vakili zarradan ma`yus bo’lib, qonning qizil donachalaridan natija topaman deya, qondagi bir qizil donachasiga uchrar. Unga sabablar nomiga va tabiat va falsafa lisoni ila derki: "Men senga Rab va sohibman". U qonning qizil donachasi, ya`ni aylana qizil mavjud unga haqiqat lisoni ila va Ilohiy hikmat tili ila der: "Men yolg’iz emasman. Agar muhrimiz va ma`muriyatimiz va nizomlarimiz bir bo’lgan qon qo’shinidagi butun o’xshashlarimga sohib bo’lib bilsang, ham kezganimiz va mukammal hikmat ila xizmat ettirilayotganimiz butun badan hujayralariga sohib bo’ladigan bir nozik hikmat va azim qudrat senda bo’lsa, ko’rsat va ko’rsatib bilsang balki sening da`volaringda bir ma`no bo’lishi mumkin. Holbuki sen kabi sarsam va sening qo’lingdagi garang tabiat va ko’r quvvat ila sohib bo’lmoq emas, balki zarra miqdor qo’shilolmaysan. Chunki bizdagi intizom shu qadar mukammaldirki, faqat hamma narsani ko’radigan va eshitadigan va biladigan va qilgan bir zot bizga hukm etib bilar. Unday bo’lsa jim bo’l! Vazifam shu qadar muhim va intizom shu qadar mukammaldirki, sen bilan sening bunday chalkash-chulkash so’zlaringga javob berishga vaqtim yo’q " der, uni quvar.
So’ngra uni qondirolmagani uchun u da`vogar ketar, badandagi hujayra ta`bir etganlari manzilchaga uchrar. Falsafa va tabiat lisoni ila der: "Zarraga va qonning qizil donachalariga bir so’z tushuntirolmadim; balki sen so’zimni tushunarsan. Chunki sen g’oyat kichik bir manzil kabi bir nechta narsadan qilingansan. Unday bo’lsa men seni qilib bilaman. Sen mening san`atli asarim va haqiqiy mulkim bo’l",- der. U hujayra unga javoban hikmat va haqiqat lisoni ila derki:
"Men garchi kichik bir narsaman. Faqat juda katta vazifalarim, juda nozik munosabatlarim va badanning butun hujayralariga va hay`ati majmuasiga bog’liq aloqalarim bor. Jumladan: Arteriya va vena tomirlariga va his va harakat asablariga va joziba, dafia, muvallida, musavvira kabi quvvalarga qarshi chuqur va mukammal vazifalarim bor. Agar butun badanni, butun tomir va asab va quvvalarni tashkil va tartib va xizmat qildiradigan bir qudrat va ilm senda bo’lsa va mening o’xshashlarim va san`atcha va kayfiyatcha bir-birmizga qardosh bo’lgan butun badan hujayralariga tasarruf etadigan nufuzli bir qudrat, shomil bir hikmat senda bo’lsa, ko’rsat. So’ngra men seni qilib bilaman deya da`vo et. Bo’lmasa qani ket! Qonning qizil donachalari menga ozuqa keltirmoqdalar. Qonning oq donachalari esa menga hujum etgan xastaliklar ila urushmoqdalar. Ishim bor, meni mashg’ul etma. Ham sen kabi ojiz, jonsiz, garang, ko’r bir narsa bizga hech bir jihat ila aralasha olmas. Chunki bizda shu daraja nozik va zarif va mukammal bir intizom(Izoh) borki, agar bizga hukm etgan bir Hokimi Mutlaq va Qodiyri Mutlaq va Aliymi Mutlaq bo’lmasa, intizomimiz buziladi, nizomimiz yo’qoladi".
---------------------------------------------------
(Izoh) Sone`i Hakiym inson badanini g’oyat muntazam bir shahar hukmida xalq etgandir. Tomirlarning bir qismi telegraf va telefon vazifasini bajarar. Bir qismi esa chashmalarning quvurlari hukmida obi hayot bo’lgan qonning aylanishiga madordirlar. Qonning esa ichida ikki qism kichik donachalar xalq etilgan. Bir qismi qonning qizil donachalari ta`bir etilarki, badanning hujayralariga ozuqa tarqatar va Ilohiy bir qonun ila hujayralarga ozuqa yetishtirar (tijoratchi va ozuqa ma`murlari kabi). Boshqa qismi qonning oq donachalaridirlarki, boshqalariga nisbatan kamchilikdadirlar. Vazifalari kasallik kabi dushmanlarga qarshi askar kabi mudofaadirki, qachonki mudofaaga kirsalar Mavlaviy kabi ikki aylanma harakat ila tez ajib bir vaziyat oladilar. Qonning hay`ati majmuasining bo’lsa ikki umumiy vazifasi bor: Biri: Badandagi hujayralarning yemirilishini ta`mir etmoq. Boshqasi: Xujayralarning ozuqalarini to’plab, badanni tozalamoqdir. Arteriya va vena nomli ikki qism tomirlar borki: Biri toza qonni keltiradi, tarqatadi, toza qonning ariqlaridir. Boshqa qismi hujayralarning qoldiqlarini to’plagan kir qonning ariqlaridirki, shu ikkinchi esa qonni "O’pka" deyilgan nafasning kelgan joyiga keltiradilar.
Sone`i Hakiym havoda ikki unsur xalq etgandir. Biri azot, boshqasi kislorod. Kislorod nafas olayotganda qonga tegilgan payt qonni kirlatgan uglerodning nursiz parchalarini qahrabo kabi o’ziga tortar. Ikkisi birlashar. Bug’ni uglerod kislotasi deyilgan (zaharli havo) bir moddaga aylantirar. Ham vujudning normal haroratini ta`min etar, ham qonni tozalar. Chunki Sone`i Hakiym Kimyo fanida kimyoviy ishq ta`bir etilgan bir shiddatli munosabatni kislorod bilan uglerodga berganki, u ikki unsur bir-biriga yaqin bo’lgan payt, u Ilohiy qonun ila u ikki unsur birlashadilar. Fannan sobitdirki, birikishdan harorat hosil bo’lar. Chunki birikish bir navi yonishdir. Shu sirning hikmati shudirki: U ikki unsurning har birisining zarralarining boshqa-boshqa harakatlari bor. Birikish vaqtida har ikki zarra, ya`ni uning zarrasi buning zarrasi ila birikadi, bitta harakat ila harakat etadi. Bir harakat muallaq qoladi. Chunki birikishdan avval ikki harakat edi. Hozir ikki zarra bir bo’ldi, har ikki zarra bir zarra hukmida bir harakat oldi. Boshqa harakat Sone`i Hakiymning bir qonuni ila haroratga inqilob etar. Zotan "harakat haroratni keltirib chiqaradi" bir muqarrar qonundir. Xullas, shu sirga binoan inson badanidagi vujud issiqligi bu kimyoviy reaktsiya ila ta`min etilgani kabi, qondagi uglerod olingani uchun qon ham sof bo’lar. Mana, nafas ichkari kirgan payt vujudning ham obi hayotini tozalaydi, ham hayot olovini yoqadi. Chiqqani payt og’izda Ilohiy qudrat mo’`jizalari bo’lgan kalima mevalarini beradi. فَسُبْحَانَ مَنْ تَحَيَّرَ فِى صُنْعِهِ الْعُقُولُ

Аудио мавжуд эмас