So’zlar | o’ttiz ikkinchi so’z | 393
(390-427)
So’ngra u da`vogar ketar, zaminning yuziga yoyilgan keng gilamga va zaminga kiydirilgan g’oyat bezalgan va naqshinkor ko’ylakka sabablar nomiga va tabiat lisoni ila va falsafa tili ila derki: "Senda tasarruf etib bilaman va senga sohibman yoki senda hissam bor" deya da`vo etar. U vaqt u ko’ylak,(Izoh1) u holicha haq va haqiqat nomiga hikmat lisoni ila u da`vogarga derki: "Agar sanalar, asrlar adadicha yerga kiydirilib so’ngra intizom ila chiqarilib o’tgan zamonning ipiga osilsang va yangidan kiydiriladigan va mukammal intizom ila qadar doirasida dasturlari va shakllari chizilgan va tayin bo’lgan va kelajak zamonning arqoniga taqilgan va intizomli va hikmatli boshqa-boshqa naqshlari bo’lgan butun ko’ylaklarni, gilamlarni to’qiydigan, ijod etadigan qudrat va san`at senda bo’lsa, ham Yerning yaratilishidan to Yerning buzilishiga qadar, balki azaldan abadga qadar ulashadigan hikmatli, qudratli ikki ma`naviy qo’ling bo’lsa va butun iplarimdagi butun fardlarni ijod etadigan mukammal intizom va hikmat ila ta`mir va yangilaydigan senda bir iqtidor va hikmat bo’lsa, ham bizning nusxamiz va bizni kiygan va bizni o’ziga parda va choyshab qilgan Yer kurrasini qo’lida tutib mujid bo’lib bilsang, menga rububiyat da`vo et. Bo’lmasa qani tashqariga! Bu yerda yer topolmaysan. Ham bizda shunday bir vahdat muhri va shunday bir ahadiyat imzosi bordirki, butun koinot tasarrufi ostida bo’lmagan va butun ashyoni butun shuunoti ila birdan ko’rmagan va nihoyatsiz ishlarni barobar qilolmagan va har yerda hozir va nozir bo’lmagan va makondan munazzah bo’lmagan va nihoyatsiz hikmat va ilm va qudratga sohib bo’lmagan bizga sohib bo’lolmas va mudohala etolmas".
So’ngra u da`vogar ketar. "Balki Yer kurrasini qondirib, u yerda bir yer topaman",- der. Ketar, Yer kurrasiga(Izoh2) yana sabablar nomiga va tabiat lisoni ila derki: "Bunday bebosh kezganingdan sohibsiz bo’lganingni ko’rsatmoqdasan. Unday bo’lsa, sen meniki bo’lishing mumkin". U vaqt Yer kurrasi haq nomiga va haqiqat tili ila momaqaldiroq kabi bir sado ila unga derki: "Valdirama... Men qanday bebosh, sohibsiz bo’lishim mumkin? Mening ko’ylagimni va ko’ylagimning ichidagi eng kichik bir nuqtani, bir ipni intizomsiz topdingmi va hikmatsiz va san`atsiz ko’rdingmiki, menga sohibsiz, bebosh deysan. Agar sanaviy harakatim ila taqriban yigirma besh ming sanalik(Izoh3) bir masofada bir yilda kezganim va mukammal mezon va hikmat ila xizmat vazifamni qilganim u azim doiraga haqiqiy sohib bo’lib bilsang va qardoshlarim va men kabi vazifador bo’lgan o’n sayyoraga va kezganlari butun doiralarga va bizning imomimiz va biz u bilan bog’liq va rahmat jozibasi ila unga taqilgan bo’lganimiz Quyoshni ijod etib, yerlashtiradigan va sopqon toshi kabi meni va sayyora yulduzlarni unga bog’laydigan va mukammal intizom va hikmat ila aylantirib ishlattiradigan bir nihoyatsiz hikmat va nihoyatsiz qudrat senda bo’lsa, menga rububiyat da`vo et, bo’lmasa qani jahannam bo’l, ket! Mening ishim bor. Vazifamga ketmoqdaman. Ham bizlardagi hashamatli intizomlar va dahshatli harakatlar va hikmatli itoat ettirishlar ko’rsatadiki, bizning ustamiz shunday bir zotdirki; butun mavjudod, zarralardan yulduzlarga va quyoshlarga qadar amrbardor askar hukmida unga mute va musahhardirlar. Bir daraxtni mevalari ila tartiblagani va ziynatlagani kabi, osonlik bilan quyoshni sayyoralar ila tartiblaydigan bir Hakiymi Zuljalol va Hokimi Mutlaqdir".
--------------------------------------------------------------
(Izoh1) Faqat shu holicha ham hayotdordir, ham intizomli bir tebranishdadir. Har vaqt naqshlari mukammal hikmat va intizom ila o’zgarar. Toki to’quvchisining muxtalif ismlarining jilvasini boshqa-boshqa ko’rsatsin.
(Izoh2) Al-hosil: Zarra u da`vogarni qonning qizil donachalariga havola etar. Qonning qizil donachalari uni hujayraga, hujayra ham inson badaniga, inson badani esa inson naviga, inson navi uni jonzot navlaridan to’qilgan yerning ko’ylagiga, yerning ko’ylagi ham Yer kurrasiga, Yer kurrasi uni Quyoshga, Quyosh esa butun yulduzlarga havola etar. Har biri der: "Ket, mendan yuqoridagini zabt eta olsang, so’ngra kel meni zabt etishga urin. Agar uni mag’lub etmasang, meni qo’lga kiritolmaysan".
Demak, butun yulduzlarga so’zini o’tqazolmagan bitta zarraga rububiyatini tinglatolmas.
(Izoh3) Bir doiraning taqriban radiusi bir yuz sakson million kilometr bo’lsa, u doira (o’zi) taqriban yigirma besh ming yillik masofa bo’lar.

Аудио мавжуд эмас