So’zlar | birinchi so’z | 1
(1-10)
بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

وَ بِهِ نَسْتَعِينُ

اَلْحَمْدُ لِلّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ وَ الصَّلاَةُ وَ السَّلاَمُ عَلَى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَ عَلَى آلِهِ وَ صَحْبِهِ اَجْمَعِينَ



Ey birodar! Mendan bir necha nasihat istading. Sen bir askar bo’lganing uchun askarlik misollari ila aytilgan sakkiz hikoyachani va ular orqali bir qancha haqiqatni nafsim bilan birga tingla. Chunki men nafsimni nasihatga har kimdan ham ziyoda muhtoj deb bilaman. Bir vaqtlar sakkiz oyatdan istifoda etib, "Sakkiz so’z"ni bir oz uzunroq holda nafsimga aytgan edim. Endi qisqacha va sodda til bilan yana nafsimga aytmoqdaman. Kim istasa, birgalikda tinglasin.
BIRINCHI SO’Z

"Bismilloh" har xayrning boshidir. Biz ham, avvalo shundan boshlaymiz. Bil, ey nafsim! Bu muborak kalima Islom nishoni bo’lganidek, butun mavjudotning ham holati va tili bilan eng ko’p qaytaradigan jumlasidir.
"Bismilloh" naqadar buyuk, tuganmas bir quvvat, naqadar ko’p, bitmas bir barakat ekanini anglamoq istasang, bu misoliy hikoyachaga boq, tingla!
Badaviy arab cho’llarida sayohat etganlar bir qabila raisining ismini olmog’i va himoyasiga kirmog’i lozim bo’ladi. Toki, qaroqchilarning sharridan qutulib, hojatlarini bitira olsin. Yo’qsa, yolg’iz holida hadsiz dushmanlar va ehtiyojlari oldida parishon bo’lib qoladi.
Аудио мавжуд эмас