So’zlar | birinchi so’z | 3
(1-10)
Ha, novdalarning havoda yoyilib o’smog’i va meva bermog’i kabi ul qattiq tosh va tuproqdagi ildizlarning kamoli osonlik bilan tarqalmog’i va yerning tagida meva bermog’i, ham oylar davomida nozik, yashil yaproqlarning shiddatli haroratga qarshi tarovatli qolmog’i tabiatparastning og’ziga shiddat ila tarsaki uradi. Ko’r bo’lgur ko’zlariga barmog’ini suqadi va deydiki:
"Sen eng ishongan qattiqlik va harorat ham Uning amri ostida harakat etmoqdalarki, ipak kabi mayin tomirlarning har biri Muso alayhissalomning bittadan hassasi singari فَقُلْنَا اضْرِبْ بِعَصَاكَ الْحَجَرَ amriga bo’ysunib toshlarni parcha-parcha qiladi va u popiris qog’ozi kabi yupqa, nozanin yaproqlar har biri Ibrohim alayhissalomning bittadan a`zosi kabi otash sochgan harorat qarshisida يَا نَارُ كُونِى بَرْدًا وَ سَلاَمًا oyatini o’qimoqdalar.
Modomiki, har narsa ma`nan "Bismilloh" der va Alloh nomidan Allohning ne`matlarini keltirib bizlarga bermoqda ekan, biz ham "Bismilloh" demog’imiz lozim. Alloh nomi ila bermog’imiz, Alloh nomi ila olmog’imiz lozim. Shunday ekan, Alloh nomi ila bermagan g’ofil insonlardan olmasligimiz lozim.
Savol: Vositachi savdogar hukmida bo’lgan insonlarga bir haq to’laymiz. Ajabo, asl mol sohibi bo’lgan Alloh bizdan qanday haq istar ekan?
Javob: Ha, U Mun`imi Haqiqiyning bizdan ul qiymatli ne`matlar, mollar evaziga istagan haq uch narsadan iborat: Biri zikr, biri shukr, biri fikrdir.
Avvalida "Bismilloh" zikrdir.
Oxirida "Alhamdulilloh" shukrdir.
O’rtasida esa, bu qiymatli, san`at ajoyibotlari bo’lgan ne`matlar Ahadu Somad qudratining mo’`jizasi va rahmatining hadyasi ekanini anglamoq va idrok etmoq fikrdir.
Bir podshohning qiymatli hadyasini senga keltirgan bir miskin odamning oyog’ini o’pib, hadya sohibini tan olmaslik qanday ablahlik bo’lsa, in`omlarning zohiriy egalarini madh etib va ularga muhabbat ko’rsatib, haqiqiy Mun`imni unutmoq undan ming daraja ortiq ablahlikdir.
Ey nafs! Bu kabi ablah bo’lishni istamasang, Alloh nomi bilan ber, Alloh nomi bilan ol, Alloh nomi bilan boshla, Alloh nomi bilan ishla! Vassalom.
Аудио мавжуд эмас