So’zlar | birinchi so’z | 5
(1-10)
IKKINCHI SIR: Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayon hadsiz ko’plab maxluqotda namoyon bo’lgan Vohidiyat ichida aqllarni bo’g’maslik uchun doimo u Vohidiyat ichida Ahadiyat jilvasini ko’rsatadi.
Ya`ni, masalan: Quyosh ziyosi ila hadsiz narsalarni ihota etmoqda. Quyosh zotini jami ziyosi ila ko’rishga g’oyat keng bir tasavvur va qamrovli bir nazar lozim bo’lganidan Quyoshning zotini unuttirmaslik uchun har bir porloq narsada Quyoshning zotini aksi vositasi ila ko’rsatadi. Va har porloq narsa o’z qobiliyatiga ko’ra Quyosh zotining jilvasi ila birga ziyosi, harorati kabi xossalarini ham ko’rsatadi. Va har porloq narsa o’z qobiliyatiga ko’ra Quyoshni butun sifati ila ko’rsatgani kabi, Quyoshning ziyo, harorat va ziyodagi yetti rang kabi holatlarining har biri ham umum muqobilidagi narsalarni qamraydi.
Xuddi shuningdek وَلِلّهِ الْمَثَلُ اْلاَعْلَى o’rnakda xato bo’lmasin, Ilohiy Ahadiyat va Samadiyat har bir narsada, xususan jonzotlarda, xususan insonning mohiyat oynasida butun ismlari ila bir jilvasi bo’lgani kabi, vahdat va Vohidiyat jihati ila ham mavjudot ila aloqador har bir ismi butun mavjudotni qamraydi. Xullas, Vohidiyat ichida aqllarni bo’g’maslik va qalblar Zoti Aqdasni unutmasligi uchun doimo Vohidiyatdagi Ahadiyat muhrini ko’zga ko’rsatadiki, u muhrning uch muhim tugunini "Bismillahirrohmanirrohiym" namoyon etadi.
UCHINCHI SIR: Bu cheksiz koinotni quvontiruvchi shaksiz Rahmatdir. Va bu qorong’i mavjudotni yorituvchi shubhasiz yana Rahmatdir. Va bu hadsiz ehtiyojlar ichida o’rmalab yurgan maxluqotni tarbiya etuvchi shubhasiz yana Rahmatdir. Va bir daraxt butun shakllari ila mevasiga yuzlangan bo’lgani kabi, butun koinotni insonga yuzlantirgan va har tarafdan unga qaratib qo’ygan va yordamiga yugurtirgan shubhasiz Rahmatdir. Va bu cheksiz fazoni va bo’sh va xoli olamni to’ldirib turgan, nurlantirayotgan va quvontirayotgan shaksiz Rahmatdir. Va bu foniy insonni abadga nomzod etgan va azaliy va abadiy bir zotga suhbatdosh va do’st qilgan shubhasiz Rahmatdir.
Ey inson! Modomiki Rahmat bunday quvvatli va jozibador va sevimli va madadkor mahbub bir haqiqatdir, "Bismillahirrohmanirrohiym" de, u haqiqatga yopish va mutlaq vahshatdan va hadsiz ehtiyojlarning alamlaridan qutul. Va u Sultoni Azal va Abadning taxtiga yaqinlash va u Rahmatning shafqati va nurlari ila u Sultonga suhbatdosh va halil va do’st bo’l.
Ha, koinotning barcha navlarini hikmat doirasida insonning atrofida to’plab, butun hojatiga mukammal intizom va inoyat ila yugurtirish shubhasiz ikki holatdan biridir: yo koinotning har bir navi o’z-o’zidan insonni taniydi, unga itoat etadi, yordamiga yuguradi - bu esa yuz daraja aqldan uzoq bo’lgani kabi, ko’p qiyinchiliklarni natija beradi, insonday mutlaq bir ojizda eng kuchli bir Mutlaq Sultonning qudrati bo’lmog’i lozim keladi. Va yoxud bu yordam bu koinotning pardasi orqasida bir Qodiyri Mutlaqning ilmi ila bo’lmoqda. Demak, koinotning navlari insonni tanimaydi, balki insonni biladigan va taniydigan va unga marhamat etadigan bir Zotning tanishini va bilishini ko’rsatadigan dalillardir.
Аудио мавжуд эмас