So’zlar | birinchi so’z | 7
(1-10)
Ey inson! Hech mumkinmidirki, senga bu siymoni bergan va bu siymoda shunday Rahmatning bir muhrini va Ahadiyatning bir muhrini ijod etgan Zot seni qarovsiz-egasiz tashlab qo’ysin, senga ahamiyat bermasin, sening harakatingga diqqat etmasin, senga yuzlangan butun koinotni bekorga yaratgan bo’lsin, yaratilish daraxtini mevasi chirigan, buzuq, ahamiyatsiz bir daraxt qilsin?! Ham hech bir jihat ila shubha qabul etmagan va hech bir jihat ila nuqsoniyati bo’lmagan, Quyosh kabi zohir bo’lgan rahmatini va ziyo kabi yaqqol ko’rinib turgan hikmatini inkor ettirsin?! Aslo!!!

Ey inson! Bilki, u Rahmatning Arshiga yetishmoq uchun bir me`roj bor. U me`roj "Bismillahirrohmanirrohiym"dir. Va bu me`roj naqadar ahamiyatli ekanini anglashni istasang, Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayonning bir yuz o’n to’rt suralarining boshlariga va ham butun muborak kitoblarning boshlanishlariga va umum muborak ishlarning manbalariga boq. "Bismilloh"ning qadrining buyukligiga eng qat`iy bir hujjat shudirki, Imomi Shofe`iy (R.A.) kabi g’oyat buyuk mujtahidlar: "Bismilloh yolg’iz bir oyat bo’lgani holda, Qur`onda bir yuz o’n to’rt marta nozil bo’lgandir",- deganlar.

TO’RTINCHI SIR: Hadsiz ko’plik ichida vohidiyatning ko’rinishi اِيَّاكَ نَعْبُدُ xitobini aytmoq ila har kasga yetarli kelmaydi. Fikr tarqaladi. Hammasining vahdat orqasida Zoti Ahadiyatni mulohaza etib اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَعِينُ deyishga Yer sayyorasi kengligida bir qalb bo’lmog’i lozim. Va bu sirga binoan, kichik narsalarda zohir bir suratda Ahadiyat muhrini ko’rsatgani kabi, har bir navda Ahadiyat muhrini ko’rsatish va Zoti Ahadni mulohaza ettirish uchun Rahmoniyat muhri ichida Ahadiyatning bir muhrini ko’rsatayotirki, to har kim qiyinchiliksiz har martabada, اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَعِينُ deb to’g’ridan-to’g’ri Zoti Aqdasga xitob etib, unga yuzlana olsin. Xullas, Qur`oni Hakim bu hashamatli sirni ifoda etish uchundirki, koinotning buyuk doirasidan, masalan osmonlar va yerning yaratilishidan bahs etgan vaqt birdan eng kichik bir doiradan va eng kichik bir mavjudotidan bahs etar, toki zohir bir suratda Ahadiyat muhrini ko’rsatsin. Masalan, osmonlar va yerning yaratilishidan bahs etayotib, insonning yaratilishidan va insonning ovozidan va siymosidagi ne`mat nafisliklari va hikmatdan bahs ochar. Toki fikr tarqalmasin, qalb bo’g’ilmasin, ruh Ma`budini to’g’ridan-to’g’ri topsin. Masalan: وَمِنْ آيَاتِهِ خَلْقُ السَّموَاتِ وَاْلاَرْضِ وَاخْتِلاَفُ اَلْسِنَتِكُمْ وَ اَلْوَانِكُمْ oyati mazkur haqiqatni mo’`jizona bir tarzda ko’rsatadi.

Ha, hadsiz maxluqotda va nihoyatsiz bir ko’plikda vahdat muhrlari ichma-ich doiralar kabi eng kattasidan eng kichik muhrga qadar navlari va martabalari bordir. Faqat u vahdat naqadar bo’lsa yana ko’plik ichida bir vahdatdir. Haqiqiy xitobni to’liq ta`min etolmaydi. Shuning uchun vahdat orqasida Ahadiyat muhri bo’lishi lozimdir.
Аудио мавжуд эмас