So’zlar | birinchi so’z | 4
(1-10)
O’N TO’RTINCHI YOG’DUNING IKKINCHI MAQOMI
(Maqom munosabati ila bu yerga olingandir)
بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ ning minglarcha sirlaridan olti siriga doirdir.
Eslatma: "Bismilloh"ning rahmat nuqtasidagi porloq bir nuri so’niq aqlimga uzoqdan ko’rindi. Uni nafsim uchun eslatma suratida qayd etib qo’yishni istadim. Va yigirma-o’ttiztacha sir ila u nurning atrofida bir doira aylantirib ovlashni va zabt etishni orzu qildim. Lekin, afsus, hozircha orzuimga to’liq muvaffaq bo’lolmadim. (U sirlar) yigirma-o’ttizta edi, besh-oltiga tushdi.
"Ey inson!" deganim vaqt nafsimni ko’zda tutaman. Bu dars o’z nafsimga xos ekan, ruhan men bilan munosabatdor va nafsi nafsimdan ko’ra hushyorroq zotlarga, balki foydalanishga sabab bo’lar degan niyatda "O’n To’rtinchi Yog’du"ning "Ikkinchi maqomi" o’laroq mudaqqiq qardoshlarimning nozik zehnlariga havola etmoqdaman. Bu dars aqldan ko’ra ko’proq qalbga boqar, dalildan ko’ra ko’proq zavqqa nozirdir.
بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ
قَالَتْ يَا اَيُّهَا اْلَمَلاُ اِنِّى اُلْقِىَ اِلَىَّ كِتَابٌ كَرِيمٌ اِنَّهُ مِنْ سُلَيْمنَ
وَ اِنَّهُ بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ
Bu maqomda bir necha sir zikr etiladi.
BIRINCHI SIR: "Bismillahirrohmanirrohiym"ning bir jilvasini shunday ko’rdimki:
Koinot yuzida, yer yuzida va inson yuzida bir-biri ichida bir-birining namunasini ko’rsatadigan uch Rububiyat muhrlari bor:
Biri - Koinotning umum qiyofasidagi yordamlashmoq, bir-biriga tayanmoq, quchoqlashmoq, bir-biriga javob bermoqdan namoyon bo’lgan Buyuk Uluhiyat Muhridirki, "Bismillah" unga boqmoqda.
Ikkinchisi – Yer Kurrasi yuzida nabotot va hayvonotning tadbiri va tarbiyasi va idorasidagi o’xshashlik, mutanosiblik, intizom, saranjomlik, lutf va marhamatdan namoyon bo’lgan Buyuk Rahmoniyat Muhridirki, "Bismillahirrohman" unga boqmoqda.
So’ngra insonning sermazmun mohiyatining yuzidagi marhamat go’zalliklari va shafqat nozikliklari va Ilohiy marhamat nurlaridan namoyon bo’lgan Yuksak Rahimiyat Muhridirki, "Bismillahirrohmanirrohiym"dagi "ar-rohiym" unga boqmoqda.
Demak, "Bismillahirrohmanirrohiym" olam sahifasida nuroniy bir satrni tashkil etguvchi uch Ahadiyat muhrining muqaddas unvonidir. Va quvvatli bir arqonidir va porloq bir xatidir. Ya`ni, "Bismillahirrohmanirrohiym" yuqoridan tushmoq ila koinot mevasi va olamning kichik namunasi bo’lmish insonga uchi kelib taqalmoqda. Yerni Arshga bog’lar. Insonning Arshga chiqmog’iga bir yo’l bo’lar.
Аудио мавжуд эмас