So’zlar | o’ttiz birinchi so’z | 369
(369-389)
O’TTIZ BIRINCHI SO’Z
Me`roji Nabaviyaga Doirdir (S.A.V.)

ESLATMA: Me`roj masalasi iymoniy ruknlarning asoslaridan so’ng turadigan bir natijadir. Va iymon ruknlarining nurlaridan madad oladigan bir nurdir. Iymon ruknlarini qabul etmagan dinsiz mulhidlarga qarshi albatta shaxsan o’zi isbot etilmas. Chunki Allohni bilmagan, Payg’ambarni tanimagan va farishtalarni qabul etmagan yoki samovotning vujudini inkor etgan odamlarga Me`rojdan bahs etilmas. Avvalo, u ruknlarni isbot qilmoq kerak bo’ladi. Modomiki shunday ekan, biz Me`rojda aqldan uzoq ko’rmoq ila vasvasaga tushgan bir mo’`minni muxotob qabul qilib, unga qarshi bayon etajakmiz. Ora-sira tinglash maqomida bo’lgan mulhidni nazarga olib, so’zni chiroyli so’ylaymiz. Ba`zi so’zlarda Me`roj haqiqatininig bir qism yog’dulari zikr etilgandi. Birodarlarimning qattiq iltimoslari ila alohida-alohida u yog’dularni haqiqatning asli ila birlashtirmoq va kamoloti Ahmadiyaning (S.A.V.) jamoliga birdan bir oyna qilmoq uchun inoyatni Allohdan istadik.
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

سُبْحَانَ الَّذِىۤ اَسْرٰى بِعَبْدِهِ لَيْلاً مِنَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ اِلَى الْمَسْجِدِ اْلاَقْصَا الَّذِى بَارَكْنَا حَوْ لَهُ لِنُرِيَهُ مِنْ اٰيَاتِنَاۤ اِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ
اِنْ هُوَ اِلاَّ وَحْىٌ يُوحىٰ - عَلَّمَهُ شَدِيدُ الْقُوٰى - ذُومِرَّةٍ فَاسْتَوٰى
وَهُوَ بِاْلاُفُقِ اْلاَعْلٰى - ثُمَّ دَنَا فَتَدَلىّٰ - فَكَانَ قَابَ قَوْسَيْنِ اَوْ اَدْنىٰ -
فَاَوْحٰىۤ اِلٰى عَبْدِهِ مَاۤاَوْحٰى - مَا كَذَبَ الْفُؤَادُ مَارَاٰى -
اَفَتُمَارُونَهُ عَلٰى مَايَرٰى - وَلَقَدْ رَاٰهُ نَزْ لَةً اُخْرٰى - عِنْدَ سِدْرَةِ الْمُنْتَهٰى -
عِنْدَهَا جَنَّةُ الْمَاْوٰى - اِذْ يَغْشَى السِّدْرَةَ مَا يَغْشٰى -
مَا زَاغَ الْبَصَرُ وَمَاطَغٰى - لَقَدْ راَىٰ مِنْ اٰيَاتِ رَبِّهِ الْكُبْرىٰ

Avvalgi azim oyatning azim xazinasidan birgina اِنَّهُ olmoshida bir balog’at dasturiga tayangan ikki ramzning masalamizga munosabati bo’lgani uchun, i`joz bahsida bayon etilgan tarzda yozamiz.
Xullas, Qur`oni Hakim Habibi Akram Alayhi Afzalussolatu va Akmalussalamning Me`rojining boshi bo’lmish Masjidi Haromdan Masjidi Aqsoga qilingan sayrini zikr etgach ketidan:
اِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ der. Va bu kalom ila Sura-i وَالنَّجْمِ اِذَا هَوٰى da ishora qilingan Me`rojning natijalariga ramz etgan اِنَّهُ dagi olmosh yo Janobi Haqqa taalluqli va yoki Payg’ambargadir (S.A.V.). Payg’ambarga ko’ra bo’lsa, balog’at qonuni va so’zning kelishiga ko’ra shunday ifoda etadiki: Bu juz`iy sayohatda bir umumiy sayr va bir kulliy yuksalish borki, to Sidrat-ul Muntahoga, to Qobi Qavsaynga qadar ismlarning kulliy martabalarida ko’ziga, qulog’iga tasodif etgan Rabboniy oyatlarni va Ilohiy g’aroyib san`atlarni eshitgan, ko’rgandir der. U kichik juz`iy sayohatni ham kulliy, ham mahshari ajoyib bir sayohatning kaliti hukmida ko’rsatadi.
Аудио мавжуд эмас