So’zlar | o’ttiz birinchi so’z | 370
(369-389)
Agar olmosh Janobi Haqqa oid bo’lsa, shunday bo’ladiki: Bir abdini bir sayohatda huzuriga da`vat etib, bir vazifa ila vazifalantirmoq uchun Masjidi Haromdan Payg’ambarlar jam bo’lgan Masjidi Aqsoga yuborib, anbiyolar ila uchrashtirib, butun anbiyolarning usuli dinlariga mutlaq voris ekanini ko’rsatgandan so’ng to Sidrat-ul Muntahoga, to Qobi Qavsaynga qadar mulk va malakutida kezdirdi...
Xullas, garchi u bir abddir va u sayohat bir juz`iy Me`rojdir, lekin bu abdning butun koinotga aloqador bo’lgan bir omonat barobaridadir. Ham shu koinotning rangini o’zgartiradigan bir nur barobardir. Ham abadiy saodatning eshigini ochadigan bir kalit barobar bo’lgani uchun Janobi Haq o’zini "Butun narsalarni eshitguvchi va ko’rguvchi" sifati ila tavsiflaydi. Toki u omonat, u nur, u kalitning olamshumul va muhit va umum koinotga oid va butun maxluqotni qamragan hikmatlarini ko’rsatsin.
Bu buyuk sirning "To’rt Asos"i bor.
Birinchisi: Me`rojning lozimlik siri nimadir?
Ikkinchisi: Me`rojning haqiqati nimadir?
Uchinchisi: Me`roj hikmati nimadir?
To’rtinchisi: Me`rojning samaralari va foydasi nimadir?

BIRINCHI ASOS
Me`rojning lozimlik siri:
Masalan, aytiladiki, Janobi Haq اَقْرَبُ اِلَيْهِ مِنْ حَبْلِ الْوَرِيدِ dir. Har narsaga har narsadan ham yaqindir. Jismdan, makondan munazzahdir. Har valiy qalbi ichida U bilan ko’risha olar. Nima sababdan Valoyati Ahmadiya (S.A.V.) har valiy o’z qalbida muvaffaq bo’lgan munojotga Me`roj kabi uzun bir sayohatning natijasidan so’nggina muvaffaq bo’ladi?
Javob: Bu nozik masala sirini “ikki tamsil” ila fahmga yaqinlashtiramiz. O’n Ikkinchi So’zning Qur`on i`jozining sirlari va Me`roj siri haqida bo’lgan shu ikki tamsilini tingla:
Birinchi tamsil: Bir Sultonning ikki xil muqolamasi, suhbati, ko’rishmog’i bordir. Ikki tarzda xitobi, iltifoti bordir. Birisi: Juz`iy bir ish yuzasidan omi bir raiyati ila xususiy bir hojatga doir xos bir telefonda suhbat etmoqdir. Ikkinchisi: Eng buyuk sultonlik unvoni ila va eng buyuk xalifalik nomi ila va umumiy hokimlik martabasi ila va amrlarini atrofga yoyish va namoyish maqsadida u ishlar ila aloqador bir elchisi ila yoki u amrlar ila munosabatdor katta bir ma`muri ila gaplashmoqdir, suhbat qilmoqdir. Va haybatini izhor etgan oliy bir farmon ila bir muqolamadir.
Xullas, وَ ِللهِ الْمَثَلُ اْلاَعْلٰى shu tamsil kabi shu koinot Xoliqining va Malik-ul Mulk va Malakutning va Azal va Abad Hokimining ikki xil muqolamasi, suhbati, iltifoti bordir. Birisi juz`iy va xos, boshqasi kulliy va umumiy... Xullas, Me`roj valoyati Ahmadiyaning (S.A.V.) butun valiyliklardan ustun bir kulliyat, bir ulviyat suratida bir ko’rinishdirki, butun koinotning Rabbi ismi ila va butun mavjudotning Xoliqi unvoni ila Janobi Haqning suhbatiga va munojotiga musharrafiyatdir.
Ikkinchi Tamsil: Bir odam qo’lidagi bir oynani quyoshga qarshi tutar. U oyna o’zi miqdoricha bir ishiq va yetti rangni jamlagan bir ziyoni, bir aksni quyoshdan olar. Shuning nisbatida quyosh bilan munosabatdor bo’lar, suhbat etar. Va u ishiqli oynani qorong’i xonasiga va yoki tepasi tom ila yopilgan kichik, xususiy bog’iga qaratsa, quyosh qiymati nisbatida emas, balki u oyna qobiliyati miqdoricha foydalanishi mumkin. Boshqasi esa oynani qo’yar, to’g’ridan-to’g’riga quyoshga qarshi chiqar, hashamatini ko’rar, azamatini anglar. So’ngra juda yuksak bir toqqa chiqar, quyoshning juda keng porloq hokimiyatini ko’rar va shaxsan pardasiz u bilan ko’rishar. So’ngra qaytar, xonasidan yoki bog’ining tomidan keng derazalar ochar, osmondagi quyoshga qarshi yo’llar qilar, haqiqiy quyoshning doimiy ziyosi ila suhbat etar, gaplashar.
Аудио мавжуд эмас