So’zlar | o’ttiz birinchi so’z | 373
(369-389)
Masalan, Hazrati Muso Alayhissalomning maqomi bo’lgan samo doirasida eng ko’p hukm suradigan unvon Hazrat Muso Alayhissalom noil bo’lgan Mutakallim unvonidir va hokazo... Xullas, Zoti Ahmadiya Alayhissolatu Vassalom ismi a`zamga noil va nubuvvati umumiy va barcha ismlarga mazhar bo’lgani uchun, albatta barcha rububiyat doiralari ila aloqadordir. Albatta, u doiralarda maqom sohibi bo’lgan anbiyolar ila ko’rishmoq va barcha tabaqalardan o’tmoq Me`roj haqiqatini taqozo etadi.
Ikkinchi Tamsil: Qandayki bir sultonning unvonlari orasida Qo’mondani A`zam unvoni askariy doiralarning armiya qo’mondoni kabi kulliy va keng bir doiradan tortib to o’n boshi doirasiday juz`iy va xususiy har bir doirada bir zuhuri, bir jilvasi bordir. Masalan, bir askar u qo’modonlik oliy unvonining namunasini o’n boshi shaxsida ko’rar, unga itoat etar, undan amr olar. U askar o’n boshi bo’lganida, chovush doirasidagi qo’mondonlik doirasi nazari ostiga kirar, unga qarar. Keyin chovush bo’lsa, u payt qo’mondonlik namunasini va jilvasini mulozim doirasida ko’rar. U maqomda unga xos bir mansab kursisi bo’lar. Va hokazo... Yuz boshi, ming boshi, general, marshal doiralaridan har birida doiralarning katta va kichikligi nisbatida u qo’mondonlik unvonini ko’rar.
Endi, bir askarni u qo’mondoni a`zam askariy doiralarning aloqador bo’ladigan bir vazifa ila vazifalantirmoq istasa, bir taftishchi kabi har doirani ko’rib va ko’radigan bir maqom berishni istasa, albatta, u qo’mondoni a`zam u askarni o’n boshi doirasidan boshlab to eng buyuk doirasiga qadar bir-bir kezdiradi, toki ko’rsin, ko’rilsin. So’ngra huzuriga qabul etib suhbatiga musharraf qilib, nishon va farmon berib iltifot ko’rsatadi va kelgan joyigacha bir onda eltib qo’yadi.
Shu tamsilda bir nuqtani nazarga olmoq lozimki, agar podshoh ojiz bo’lmasa, zohiriy bo’lgani kabi ma`naviy jihatida ham iqtidori bo’lsa, u payt general, marshal, mulozim kabi shaxslarni vakil qilmas. Har yerda shaxsan o’zi hozir bo’lar. Faqat ba`zi pardalar ostida va maqom sohibi shaxslarning orqasida to’g’ridan-to’g’ri amrni u berar. Ba`zi komil valiy bo’lgan podshohlar ko’p doiralarda ba`zi shaxslar suratida ijrootini bajargani rivoyat etilar.
Shu tamsil orqali ko’rganimiz haqiqat esa, ojizlik uning ichida bo’lmagani uchun, to’g’ridan-to’g’riga har bir doirada amr va hukm qo’mondoni a`zamdan keladi. Uning amri ila, irodasi ila, quvvati iladir.
Xullas, shu tamsil kabi, Arz va Samovot Hokimi, “Amri Kun Fayakun”ga molik, Amiri Mutlaq bo’lgan Azaliy va Abadiy Sulton maxluqoti tabaqalarida jarayon etayotgan va mukammal itoat va intizom ila bo’ysundirilgan, amrlar va qo’mondonligining shuunoti va zarralardan sayyoralarga va pashshadan samovotga qadar bo’lgan maxluqot tabaqalari va mavjudot toifalarida katta-kichik, juz`iy-kulliy tabaqalari va toifalari boshqa-boshqa, faqat bir-biriga boqadigan bir tarzda bittadan rububiyat doirasi, bittadan hokimiyat tabaqasi ko’rinmoqda. Endi butun koinotdagi oliy maqsadlarni va buyuk natijalarni tushunadigan va butun tabaqalarning boshqa-boshqa ubudiyat vazifalarini ko’rmoq ila Zoti Kibriyoning rububiyat saltanatini, hokimiyat hashamatini mushohada etib, u zotning marziyoti nimalar ekanini anglamoq va uning saltanatida e`lonchi bo’lmoq uchun, har holda u tabaqalar va doiralarga bir sayri suluk bo’lajakdir. Toki a`zamiy doirasining unvoni bo’lgan Arshi A`zamiga kirsin, to Qobi Qavsaynga, ya`ni imkon va vujub o’rtasida Qobi Qavsayn ila ishora qilingan maqomga kirsin va Zoti Jaliyli Zuljamol ila ko’rishsinki, shu sayri suluk bo’lsa Me`rojning haqiqatidir. Har bir inson aqli ila xayol tezligidagi sayri, har bir valiy qalbi ila yashin tezligida kezishi va jismi nuroniy bo’lgan har bir malak ruh tezligida Arshdan Farshga, Farshdan Arshga qatnovi, jannat ahli insonlarning Buroq tezligida hashr maydonidan besh yuz yildan ortiq masofadan Jannatga chiqishlari bo’lgani kabi, nur va nur qobiliyatida va valiylar qalblaridan ham latif va o’liklar ruhlaridan va maloikalar jismlaridan ham hafif va jasadi najmiy va badani misoliydan yanada zarif bo’lgan Ruhi Muhammadiyaning (S.A.V.) hadsiz vazifalariga mador va jihozlarining xazinasi bo’lgan jismi Muhammadiy (S.A.V.), albatta uning ustun ruhi ila Arshga qadar barobar ketajakdir.
Аудио мавжуд эмас