So’zlar | o’ttiz birinchi so’z | 375
(369-389)
Modomiki har inson juz`iyatdan va sufliyatdan chiqib eng yuksak bir kulliy maqomga chiqa olmaydi. U Hokimning kulliy xitobiga shaxsan muxotob bo’la olmaydi. Albatga, u insonlar ichidan ayrim xos kishilar u vazifa ila vazifalangan bo’lajaklar. Toki ikki jihat ila munosabati bo’lsin. Ham inson bo’lishi kerak, toki insonlarga muallim bo’lsin. Ham ruhan g’oyat yuksak bo’lishi kerakki, to to’g’ridan-to’g’ri xitobga noil bo’lsin. Modomiki endi shu insonlar ichida shu koinot Sone`ining maqsadlarini eng mukammal bir suratda bildirgan va shu koinot tilsimini kashf etgan va yaratilishning muammosini ochgan va rububiyat saltanati go’zalliklariga eng mukammal ravishda e`lonchilik qilgan zot Muhammad Alayhissolatu Vassalamdir. Albatta, butun inson fardlari ichida shunday bir ma`naviy sayri suluki bo’lajakdirki, jismoniy olamda sayru-sayohat suratida bir Me`roji bo’lajakdir. “Yetmish ming parda” ta`bir qilingan ismlar barzohi hamda sifat va fe`llarning tajalliyi va mavjudot tabaqalarining orqasiga qadar martabalar osha o’tajakdir. Xullas, Me`roj budir.
Yana xotirga keladiki: Ey tinglovchi! Sen qalbingdan demoqdasanki: "Qanday qilib ishonay, hamma narsadan ham eng yaqin bo’lgan bir Rabbga minglab yillik masofani bosib, yetmish ming pardadan o’tgandan keyingina u bilan ko’rishmoq ne demakdir?"
Biz bunday deymizki: Janobi Haq har narsaga har narsadan ham yaqindir. Ammo har narsa undan benihoyat uzoqdir. Qandayki Quyoshning idroki va nutqi bo’lsa, sening qo’lingdagi oyna vositasi ila sen ila gaplasha olar. Istagani kabi senda tasarruf etar. Balki oyna misol sening ko’z qorachig’ingdan ham senga yanada yaqin bo’lgani holda, sen to’rt ming yil qadar undan uzoqsan, hech bir jihatda unga yaqinlasha olmaysan. Agar taraqqiy etsang, Oy maqomiga kelib, to’g’ridan-to’g’riga bir muqobala nuqtasiga chiqsang, unga yolg’iz bir nav oynadorlik qila olasan. Xuddi shuningdek, Shamsi Azal va Abad bo’lgan Zoti Zuljalol har narsaga har narsadan ham yaqin bo’lgani holda, har narsa Undan benihoyat uzoqdir. Faqat butun mavjudotdan oshib o’tib, juz`iyatdan chiqib, kulliyat tabaqalarida bora-bora minglab pardalardan o’tib, to jamiki mavjudotni qamragan bir ismiga yaqinlashar, undan ham oldda ko’p martabalarni bosib o’tar. So’ngra bir navi yaqinlikka musharraf bo’lar. Ham masalan, bir askar qo’mondoni a`zamning ma`naviy shaxsidan juda uzoqdir. U askar qo’mondonini o’n boshilikda ko’rgan kichik bir namuna ila g’oyat uzoq bir masofadan, ma`naviy juda ko’p pardalar orqasidan unga boqar. Haqiqiy uning ma`naviy shaxsi ila yaqin bo’lmoq esa mulozimlik, yuzboshilik, mingboshilik kabi ko’p kulliy martabalardan o’tmoq lozim bo’ladi. Holbuki, qo’mondoni a`zam amri ila, qonuni ila, nazari ila, hukmi ila, ilmi ila suratan bo’lgani kabi ma`nan ham qo’mondon bo’lsa, shaxsan o’z zoti ila ul askarning yonida hozirdir, ko’rar. Shu haqiqat O’n Oltinchi So’zda g’oyat qat`iy bir suratda isbot etilgani uchun, u bilan kifoyalanib, bu yerda tugatamiz.
Yana xotirga keladiki, sen qalbingdan deysan: "Men samovotni inkor etaman, maloikalarga ishonmayman. Qanday qilib bir insonning samovotda kezmog’iga, maloikalar bilan ko’rishmog’iga ishonay?"
Ha, aqli ko’zida bo’lgan va ko’zini esa parda qoplagan seningdek odamlarga so’z anglatmoq va bir narsani ko’rsatmoq, albatta mushkuldir. Faqat haq shu qadar porloqdirki, ko’rlar ham ko’ra olgani uchun biz ham deymizki: Keng fazo olami, hammaning e`tiroficha efir ila to’ladir. Ziyo, elektr toki, harorat kabi boshqa oquvchi latif moddalar u fazoni to’ldirgan bir moddaning mavjudligiga dalolat etar. Mevalar daraxtini, gullar chamanzorlarini, boshoqlar dalalarini, baliqlar dengizini shaksiz ko’rsatgani kabi, shu yulduzlar ham albatta asoslarini, dalasini, dengizini, chamanzorining vujudini aqlning ko’ziga pesh qiladilar. Modomiki yuksak olamda muxtalif shakllanishlar bo’lib, turli vaziyatlarda turli ahkomlar ko’rinadi. Unday bo’lsa u ahkomlarning asoslari bo’lgan samovot muxtalifdir. Insonda jismdan boshqa qandayki aql, qalb, ruh, xayol, hofiza kabi ma`naviy vujudlar ham bor. Albatta, insoni akbar bo’lmish olamda va shu inson mevasining daraxti bo’lmish koinotda jismoniy olamdan boshqa olamlar bor. Ham, Yer olamidan to Jannat olamiga qadar har bir olamning bittadan samosi bordir.
Аудио мавжуд эмас