So’zlar | o’ttiz birinchi so’z | 377
(369-389)
Biz ham deymizki: Sone`i Zuljalolning hunarida harakatlar nihoyat darajada har xildir. Masalan, ovozning tezligi ila ziyo, elektr, ruh, xayolning tezliklari naqadar bir-biridan farq qilishlari ma`lum. Sayyoralarning ham harakatlari, fanda ko’rsatilishicha, shu qadar har xildirki aql hayratdadir. Ajabo, latif jismi yuksalishda tez bo’lgan oliy ruhiga tobe bo’lmish ruh tezligidagi harakati qanday qilib aqlga xilof ko’rinar? Hamda, masalan o’n daqiqalik uyqu chog’ida bir yildagina kecha oladigan holatlarni boshdan kechirasan. Hatto insonning bir daqiqada ko’rgan tushi o’sha tush chog’i eshitgan so’zlari, aytgan gaplari to’plansa, uyg’oq olamida bir kun, balki undan ham ko’p vaqt lozimdir. Demak, shunday bo’ladiki, ayni bir zamon ikki shaxsga nisbatan biriga bir kun, ikkinchisiga esa bir yil hukmiga o’tar.
Shu ma`noga bir tamsil ila boqki: Insonning harakatidan, to’p o’qining harakatidan, ovozdan, ziyodan, elektrdan, ruhdan, xayoldan vujudga kelgan harakatlarning tezligini o’lchash uchun shunday bir soatni faraz qilaylikki, u soatning o’nta mili bor. Biri soatlarni ko’rsatar. Ikkinchisi esa, undan oltmish karra yanada keng bo’lgan bir doirada daqiqalarni sanar. Uchinchisi undan ham oltmish karra yanada keng bir doira ichida soniyalarni, boshqasi oltmish karra yanada keng bir doirada solisalarni va hokazo robialarni, hamisalarni, sodisalarni, sabialarni, saminalarni, tasialarni, ashiralarni sanaydigan g’oyat muntazam azim bir doirada bittadan mil faraz qilamiz. Farazan soatni sanagan milning doirasi kichik soatimiz qadar bo’lsa, har holda ashiralarni sanagan milning doirasi yerning yillik harakat doirasi qadar, balki undan ham ortiq bo’lmog’i lozim kelar. Endi ikki shaxs faraz qilaylik: Ulardan biri soatni sanaydigan milga mingandek u milning harakati tezligida tomosha qilmoqda. Ikkinchisi esa, ashiralarni sanovchi milga minib olgan. Bu ikki shaxsning ayni bir vaqtda ko’rgan narsalari soatimiz bilan yerning yillik aylanish davri o’rtasidagi farq kabi ko’rinishdan juda ko’p farqlari bordir. Xullas, zamon (chunki) harakatlarning bir rangi, bir tusi yoxud bir arqoni hukmida bo’lganidan, harakatlar uchun joriy bo’lgan bir hukm zamon uchun ham joriydir. Xullas, bir soatlik mashhudotimiz bir soatning soatni ko’rsatuvchi miliga mingan idrokli shaxsning mashhudoti qadar bo’lgani va haqiqiy umri ham shu qadar bo’lgani holda, ashiralar miliga mingan shaxs kabi ayni zamonda u muayyan soatda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam buroqi tavfiqi Ilohiyga minib chaqmoq kabi butun mumkinot doirasini bosib o’tib, mulk va malakut ajoyibotini ko’rib, vujub doirasi nuqtasiga chiqib, suhbatga musharraf bo’lib, Ilohiy Jamol ru`yatiga noil bo’lib, farmonni olib vazifasiga qayta olar va qaytgan va shundaydir.
Yana xotirga keladiki: Aytasiz, "To’g’ri, bo’lishi mumkindir. Lekin har mumkin ham sodir bo’lavermaydi. Buning o’xshashi bormiki qabul etilsin? O’xshashi bo’lmagan bir narsaning yolg’iz imkoni ila sodir bo’lishiga qanday hukm berib bo’lar?"
Biz ham deymizki: Misollari shunchalik ko’pdirki, hisobga sig’mas. Masalan, har ko’z sohibi ko’zi ila yerdan to Neptun sayyorasigacha bir soniyada chiqar. Har ilm sohibi aqli ila falakiyot ilmi qonunlariga minib yulduzlarning to orqasigacha bir daqiqada borar. Har iymon sohibi namozning af`ol va ruknlariga fikrini mindirib bir navi Me`roj ila koinotni orqasiga otib huzurga qadar ketar. Har qalb sohibi va komil valiy sayri suluk ila Arshdan va ism va sifatlar doirasidan qirq kunda o’ta olar. Hatto Shayxi Geyloniy, Imomi Rabboniy kabi ba`zi zotlarning sodiq xabarlariga ko’ra, bir daqiqada Arshga qadar ruhoniy yuksalishlari bo’ladi. Ham nuroniy jismdan tashkil topgan maloikalarning Arshdan farshga, farshdan Arshga qisqa bir vaqt ichida borishlari va kelishlari bordir. Ham Jannat ahli mahshardan Jannat bog’lariga qisqa bir vaqtda yuksaladilar. Albatta, bu qadar namunalar shuni ko’rsatadilarki, butun avliyolarning sultoni, umum mo’`minlarning imomi, umum Jannat ahlining raisi va umum maloikalarning maqbuli bo’lgan Zoti Ahmadiyaning (S.A.V.) sayri sulukiga vasila bo’lgan bir Me`rojning bo’lmog’i hamda uning maqomiga munosib bir suratda bo’lishi ayni hikmatdir va g’oyat ma`quldir va shubhasiz bo’lgandir...
Аудио мавжуд эмас