So’zlar | o’ttiz birinchi so’z | 379
(369-389)
Butun u kamolotining ma`dani bo’lmish muborak zotini unga ko’rsatmoq ila va huzuri ila uni sharaflantirar. Qasrning haqiqatlarini va o’z kamolotini unga bildirar. Tomoshabinlarga rahbar tayin etar, yuborar. Toki u saroyning Sone`ini u saroyning ichidagilari ila, naqshlari ila, ajoyibotlari ila aholiga ta`rif etsin. Va saroy naqshlaridagi ramzlarini bildirib va ichidagi san`atlarining ishoralarini o’rgatib, (ichidagi tartibli murassolar va o’lchovli naqshlar nimadir? Va saroy sohibining kamolotini va hunarlarini qanday ko’rsatarlar?), u saroyga kirganlarga ta`rif etsin va kirish odobini va sayr marosimini bildirib hamda ko’rinmagan sultoni zifunun va zishuunga qarshi uning marziyoti va istaklari doirasida tashrifot marosimini ta`rif etsin.
Xuddi shuningdek, وَ ِللهِ الْمَثَلُ اْلاَعْلٰى Azal- Abad Sultoni bo’lmish Sone`i Zuljalol so’ngsiz kamolotini va nihoyatsiz jamolini ko’rmoq va ko’rsatmoq istagandirki, shu olam saroyini shunday bir tarzda bunyod qilgandirki, har bir mavjudot juda ko’p tillar ila uning kamolotini zikr etar. Juda ko’p ishoralar ila jamolini namoyish etar. Asmoyi husnasining har bir ismida naqadar yashirin ma`naviy xazinalar va har bir muqaddas unvonlarida naqadar maxfiy latif tuyg’ular mavjud ekanligini shu koinot butun mavjudoti ila ko’rsatar. Va shunday bir tarzda ko’rsatarki, barcha fanlar jamiki dasturlari ila shu koinot kitobini Odam (A.S.) zamonidan beri mutolaa qilmoqda. Holbuki, u kitob Allohning ismlar va kamolotiga doir ifoda etgan ma`nolarning va ko’rsatgan oyatlarning yuzdan birini hali o’qiy olmagan. Xullas, shunday bir olam saroyini o’zining ma`naviy kamolot va jamolini ko’rmoq va ko’rsatmoq uchun namoyishgoh hukmida ochgan Jaliyli Zuljamol, Jamiyli Zuljalol, Sone`i Zulkamolning hikmati taqozo etadiki shu Yer olamidagi idroklilarga nisbatan behuda va foydasiz bo’lmaslik uchun u saroyning oyatlarining ma`nosini birisiga bildirsin. U saroydagi ajoyibotning manba`larini va natijalarining xazinalari bo’lmish yuksak olamlarda birisini kezdirsin. Hamda butun ularning ustiga chiqarsin va yaqin huzuriga musharraf etsin va oxirat olamlarida kezdirsin, barcha bandalariga bir muallim va rububiyat saltanatiga bir e`lonchi va Ilohiy marziyotiga bir muballig’ va olam saroyidagi taqviniy oyatlariga bir mufassir singari ko’p vazifalar ila vazifalantirsin. Mo’`jizalar nishonlari ila imtiyozini ko’rsatsin. Qur`on kabi bir farmon ila ul shaxsni Zoti Zuljalolning xos va sodiq bir tarjimoni bo’lganini bildirsin.
Xullas, Me`rojning juda ko’p hikmatlaridan shu tamsil durbini ila bir-ikkitasini namuna sifatida ko’rsatdik. Qolganlarini qiyos eta olasan.
Ikkinchi Tamsil: Qandayki, bir zoti zifunun mo’`jiznamo bir kitobni ta`lif etib yozsa... shunday bir kitobki har sahifasida yuz kitob qadar haqiqatlar, har satrida yuz sahifa qadar latif ma`nolar, har bir kalimasida yuz satr qadar haqiqatlar, har harfida yuz kalima qadar ma`nolar mavjud bo’lsa, butun u kitobning ma`nolari va haqiqatlari o’sha mo’`jiznamo kitobning ma`naviy kamollariga boqsa, ishora etsa, albatta unday bitmas bir xazinani yopiq qoldirib behuda etmas. Har holda u kitobni ba`zilarga dars berajak. Toki u qiymatdor kitob ma`nosiz qolib, behuda bo’lmasin. Uning yashirin kamoloti ko’rinib, kamolini topsin va ma`naviy go’zalligi ko’rinsin. U ham sevinsin va sevdirsin. Ham u ajib kitobni butun ma`nolari ila, haqiqatlari ila dars beradigan birisini eng birinchi sahifadan to oxiriga qadar ustida dars bera-bera o’tqazadi.
Aynan shunining kabi: Naqqoshi Azaliy shu koinotni kamolotini va jamolini va ismlarining haqiqatlarini ko’rsatmoq uchun shunday bir tarzda yozgandirki, butun mavjudot hadsiz jihatlar ila cheksiz kamolotini va ismlari va sifatlarini bildirar, ifoda etar. Albatta, bir kitobning ma`nosi bilinmasa, hechga sukut etar. Xususan bunday har bir harfi minglab ma`nolarni o’z ichiga olgan bir kitob sukut etolmas va ettirilmas.
Аудио мавжуд эмас