So’zlar | o’ttiz birinchi so’z | 382
(369-389)
Yettinchidan: Ko’rinib turibdiki, shu san`atli asarlarda g’oyat go’zal tahsinot, nihoyat darajada bezakli tazyinot bordir. Va shaksiz bunday tahsinot va tazyinot ularning Sone`ida g’oyat shiddatli bir tahsin irodasi va tazyin qasdi bor ekanini ko’rsatar. Va tahsin va tazyin qasdi esa, albatta u Sone`da san`atiga qarshi kuchli bir rag’bat va muqaddas bir muhabbat bo’lganini ko’rsatar. Va san`atli asarlar ichida eng jome` va san`at go’zalliklarini birdan o’zida ko’rsatgan va bilgan va bildirgan va o’zini sevdirgan va boshqa san`atli asarlardagi go’zalliklarni "Mashaalloh" deb tahsin etgan shaksiz u san`atparvar va san`atini juda sevuvchi Sone`ning nazarida eng ziyoda mahbub U bo’ladi.
Xullas, san`atli asarlarni porlatgan maziyatlar va mahosinga va mavjudotni ishiqlantirgan latif tuyg’ular va kamolotga qarshi: "Subhanalloh, Mashaalloh, Allohu Akbar" deya samovotni jaranglatgan va Qur`on ohanglari ila koinotni larzaga solgan, tahsin va taqdir ila, tafakkur va namoyon ila, zikr va tavhid ila quruqlik va dengizni jazbaga keltirgan yana shubhasiz u Zotdir.
Xullas, shunday bir Zotki, اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ siriga ko’ra butun ummati ishlagan hasanotning bir misli Uning tarozi pallasiga qo’shilar va umum ummatining salavoti Uning ma`naviy kamolotiga madad bo’lgan va payg’ambarlik vazifasida bajargan vazifalarining natijalarini va ma`naviy haq olishlari ila birga Ilohiy rahmat va muhabbatning nihoyatsiz fayziga mazhar bo’lgan bir Zot albatta Me`roj narvoni ila Jannatga, Sidrat-ul Muntahoga, Arshga va Qobi Qavsaynga qadar borgani ayni haq, nafsi haqiqat va mahzi hikmatdir.
Ikkinchi Mushkul: Ey tinglash maqomidaki inson! Shu ikkinchi mushkullashtirganing haqiqat shu qadar chuqurdir, shu qadar yuksakdirki aql unga na yetishar va na yaqinlashar... faqat iymon nuri ila ko’rinar. Faqat ba`zi misollar ila u haqiqatning vujudi fahmga yaqinlashtirilar. Shunday ekan, bir oz yaqinlashtirishga harakat qilamiz.
Xullas, shu koinotga hikmat nazari ila qaralgan payt ulkan bir daraxt ma`nosida ko’rinar. Va daraxtning qandayki shoxlari, yaproqlari, gullari, mevalari bordir. Shu yaratilish daraxtining ham bir qismi bo’lmish sufliy olamning unsurlari shoxlari, o’simlik va daraxtlar yaproqlari, hayvonot gullari, inson mevalari hukmida ko’rinar. Sone`i Zuljalolning daraxtlar haqida joriy bo’lgan qonuni, albatta shu shajara-i a`zamda ham joriy bo’lmog’i Hakiym ismi taqozosidir. Shunday ekan, hikmat taqozosi shu yaratilish daraxtining ham bir danakdan vujudga keltirilishidir. Ham shunday bir danakki jismoniy olamdan boshqa olamlarning namunasini va asoslarini o’zida jamlasin. Chunki minglab xilma-xil olamlarni o’z ichiga olgan koinotning asl danagi va asosi quruq bir modda bo’lolmas. Modomiki shu koinot daraxtidan ham avval u navdan boshqa daraxt yo’q. Unday bo’lsa unga asos va danak hukmida bo’lgan ma`no va nur albatta yana koinot daraxtida bir meva libosining kiydirilishi, yana Hakiym ismining taqozosidir. Chunki danak doimo yalang’och bo’lolmas. Modomiki fitrat avvalida meva libosini kiymagan ekan, albatta oxirida u libosni kiyajakdir. Modomiki u meva insondir va modomiki inson ichida, sobiqan isbot etilgani kabi, eng mashhur meva va eng muhtasham samara va barchaning diqqat nazarini jalb etgan va Yerning yarmini va basharning beshdan birining nazarini o’ziga qaratgan va ma`naviy mahosini ila olamni yo muhabbat yoki hayrat nazari ila o’ziga qaratgan meva Zoti Muhammadiya Alayhissolatu Vassalamdir. Albatta, koinotning yaratilishiga urug’ bo’lgan nur Uning zotida jismini kiyib, eng oxirgi bir meva suratida ko’rinajakdir.
Ey tinglovchi!. Shu ajib azim koinot bir insonning juz`iy mohiyatidan yaratilmog’ini aqldan uzoq ko’rma! Bir navi olam kabi bo’lgan muazzam archa daraxtini bug’doy donasi qadar bir danakdan yaratgan Qodiyri Zuljalol shu koinotni "Nuri Muhammadiy"dan (Alayhissolatu Vassalam) qanday yaratmasin yoki yaratolmasin? Xullas, koinot daraxtining Tubo daraxti kabi tanasi va ildizi yuqorida, shoxlari pastda bo’lgani uchun, pastdagi meva maqomidan to asliy urug’ maqomiga qadar nuroniy bir munosabat robitasi bor. Xullas, Me`roj u munosabat robitasining g’ilofi va suratidirki, Zoti Ahmadiya Alayhissolatu Vassalom u yo’lni ochgan, valoyati ila borgan, risolati ila qaytib kelgan va eshikni ham ochiq qoldirgan. Orqasidan kelgan valiy ummatlari ruh va qalb ila u nuroniy yo’lda Me`roji Nabaviyning soyasida sayri suluk qilib iste`dodlarga ko’ra oliy maqomlarga chiqmoqdalar.
Аудио мавжуд эмас