So’zlar | o’ttiz birinchi so’z | 384
(369-389)
Ikkinchi Meva: Sone`i Mavjudot va Sohibi Koinot va Rabbul Olamiyn bo’lgan Azal va Abad Hokimining Rabboniy marziyoti bo’lgan Islomiyatning boshda namoz o’laroq asoslarini jin va insga hadya qilib keltirgandirki, u marziyotni anglamoq shu qadar maroqli va saodatlidirki, ta`rif etilmas. Chunki harkas katta bir valine`mat yoxud muhsin bir podshohning uzoqdan orzularini anglashga naqadar orzumand va anglasa naqadar mamnun bo’lar. Orzu etarki: "Koshki bir xabarlashish vositasi bo’lsa ediki to’g’ridan-to’g’ri u zot ila gaplashsam edim. Mendan nima istayotganini anglasam edim. Mendan unga manzur bo’lgan ishlarni bilsam edim" deydi. Ajabo, butun mavjudot tasarrufi qo’lida va butun mavjudotdagi jamol va kamolot uning jamol va kamolotiga nisbatan zaif bir soya va har onda nihoyatsiz jihatlar ila unga muhtoj va behisob ehsonlariga mazhar bo’lgan inson qay daraja Uning marziyotini va orzularini anglamoq xususida xohishgar va qiziquvchan bo’lmog’i lozimligini anglaysan.
Xullas, Zoti Ahmadiya (S.A.V.) yetmish ming parda orqasida u Azal va Abad Sultonining marziyotini to’g’ridan-to’g’riga Me`roj samarasi o’laroq haqqalyaqiyn eshitib, keltirib insoniyatga hadya etgandir.
Ha, inson Oydagi holatni bilishga shu qadar qiziqadiki, biri borib qaytib xabar keltirsa. Ham, naqadar fidokorlik ko’rsatar. Agar anglasa, naqadar hayrat va qiziqishga tushar. Holbuki Oy shunday bir Malik-ul Mulkning mamlakatida kezadiki, Oy bir chivin kabi Yer kurrasi atrofida parvoz etar. Yer kurrasi parvona kabi Shamsning atrofida uchar. Shams minglab chiroqlar ichra bir chiroqdirki, u Malik-ul Mulki Zuljalolning bir musofirxonasida mumdorlik qilar. Xullas, Zoti Ahmadiya (S.A.V.) shunday bir Zoti Zuljalolning ishlarini va g’aroyib san`atlarini hamda baqo olamida rahmat xazinalarini ko’rgan, kelgan, insonlarga xabar bergan. Xullas, insoniyat shu Zotni kamoli maroq va hayrat va muhabbat ila tinglamasa, naqadar aql va hikmatga xilof harakat etishini anglaysan.
Uchinchi Meva: Abadiy saodatning xazinasini ko’rib, kalitini olib kelgan, insu jinga hadya qilgandir. Ha, Me`roj vositasi ila va o’z ko’zi ila Jannatni ko’rgan va Rahmoni Zuljalolning rahmatining boqiy jilvalarini mushohada etgan va abadiy saodatni qat`iyan haqqalyaqiyn anglagan, abadiy saodat borligining xushxabarini insu jinga hadya etgandirki, bechora ins va jin beqaror bir dunyoda va zavol va firoq zilzilasi ichidagi mavjudotni zamon oqishi va zarralarning harakati ila yo’qlik va abadiy firoq dengiziga to’kilayotgan yurakni poralovchi mavhum vaziyatda bo’lganlari hangomda shunday bir xushxabar naqadar qiymatli ekani va abadiy i`dom ila o’zlarini mahkum deb o’ylagan foniy insu jin qulog’ida shunday bir xushxabar naqadar saodatli ekani ta`rif etilmas. Bir insonga qatl qilinayotgan onda uning afvi ila podshohning yaqinida bir saroy berilsa, naqadar sevinchiga sabab bo’lar. Butun insu jin adadicha bunday sevinchlarni to’pla, so’ngra bu xushxabarga baho ber.
To’rtinchi Meva: Ru`yati Jamolulloh mevasini o’zi olgani kabi, u mevaning har mo’minga ham mumkin ekanini insu jinga hadya qilib keltirganki, u meva naqadar laziz va xush va go’zal bir meva ekanini bu bilan qiyos eta olasan. Ya`ni: Har qalb sohibi bir inson jamol, kamol va ehson sohibi bo’lgan bir zotni sevar. Va u sevmoq ham jamol va kamol va ehsonning darajalariga qarab ziyodalashar, sig’inish darajasiga kelar, jonini fido etar darajasida muhabbat bog’lar. Yolg’iz bir marta ko’rish uchun dunyosini fido etmoq darajasiga chiqar. Holbuki, butun mavjudotning jamoli va kamoli va ehson Uning jamol va kamol va ehsoniga nisbatan kichik bir nechta shu`laning quyoshga nisbati kabi ham bo’lmas. Demak, cheksiz bir muhabbatga loyiq va cheksiz ru`yatga va cheksiz bir ishtiyoqqa loyiq bir Zoti Zuljaloli Valkamolning abadiy saodatda ru`yatiga muvaffaq bo’lishi naqadar saodatli va surur vasilasi va yoqimli va go’zal bir meva ekanini inson bo’lsang anglaysan.
Аудио мавжуд эмас