So’zlar | o’ttiz birinchi so’z | 386
(369-389)
Xullas u katta cho’l bu dunyo yuzidir. U qum dengizi bu hodisalar ichida zarralarning harakati va zamonning o’tishidan harakatlanib chayqalgan mavjudot va bechora insondir. Har inson qo’rquvi ila qalbini kuydirgan istiqbolni zalolat nazari ila mudhish zulmat ichra ko’radi. Faryodini eshitadigan hech kimni bilmaydi. Bag’oyat och, benihoyat tashnadir. Xullas, Me`roj samarasi bo’lgan Ilohiy marziyot ila shu dunyo g’oyat karim bir zotning mehmonxonasi; insonlar esa uning mehmonlari, ma`murlari; istiqbol esa jannatdek go’zal, rahmat kabi shirin va abadiy saodat singari porloq ko’ringan payt naqadar xush, go’zal, shirin bir meva ekanini tushunasan.
Tinglash maqomida bo’lgan zot deydiki: "Janobi Haqqa yuz minglab hamd va shukr bo’lsinki, dinsizlik va iymonsizlikdan xalos bo’ldim, tavhidga kirdim, batamom ishondim va mukammal iymonni qozondim".
Biz ham deymiz: "Ey birodar! Seni tabrik etamiz. Janobi Haq bizlarni Rasuli Akram Alayhissolatu Vassalamning shafoatiga noil aylasin, Omin.

اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى مَنِ انْشَقَّ بِاِشَارَتِهِ الْقَمَرُ وَنَبَعَ مِنْ اَصَابِعِهِ الْمَاۤءُ كَالْكَوْثَرِ صَاحِبِ الْمِعْرَاج ِوَمَا زَاغَ الْبَصَرُ سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَعَلٰۤى اٰلِهِ وَاَصْحَابِهِ اَجْمَعِينَ مِنْ اَوَّلِ الدُّنْيَا اِلٰۤى اٰخِرِ الْمَحْشَرِ
سُبْحَانَكَ لاَعِلْمَ لَنَاۤ اِلاَّ مَاعَلَّمْتَنَاۤ اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ
رَبَّنَا تَقَبَّلْ مِنَّاۤ اِنَّكَ اَنْتَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ
رَبَّنَا لاَ تُؤَاخِذْنَاۤ اِنْ نَسِينَاۤ اَوْ اَخْطَاْنَا
رَبَّنَا لاَ تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ اِذْ هَدَيْتَنَا
رَبَّنَاۤ اَتْمِمْ لَنَا نُورَنَا وَاغْفِرْلَنَاۤ اِنَّكَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ
وَ اٰخِرُ دَعْوٰيهُمْ اَنِ الْحَمْدُ ِللهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ
Аудио мавжуд эмас