So’zlar | o’ttiz birinchi so’z | 383
(369-389)
Ham, sobiqan isbot etilgani kabi, shu koinotning Sone`i birinchi mushkulning javobida ko’rsatilgan maqsadlar uchun shu koinotni bir saroy suratida yaratgan va ziynatlantirgandir. U maqsadlarning madori Zoti Ahmadiya (S.A.V.) bo’lgani uchun, koinotdan avval Sone`i Koinotning inoyat nazarida bo’lmog’i va eng avval tajalliysiga noil bo’lmog’i lozim keladi. Chunki bir narsaning natijasi, samarasi avval fikrlanar. Demak, vujudan eng oxir, ma`nan esa eng avvaldir. Holbuki, Zoti Ahmadiya (S.A.V.) ham eng mukammal meva, ham butun mevalarning madori qiymati va butun maqsadlarning madori zuhuri bo’lganidan eng avval ijod tajalliyiga mazhar uning nuri bo’lmoq lozim kelar.
Uchinchi Mushkuling shu qadar kengdirki, biz kabi tor zehnli insonlar uni zehnimizga sig’dirolmaymiz va ihota etolmaymiz. Faqat uzoqdan uzoq ko’ra olamiz.
Ha, sufliy olamning ma`naviy tazgohlari va kulliy qonunlari yuksak olamlardadir. Va san`atli asarlarning mahshari bo’lmish Yer kurrasining hadsiz maxluqoti amallaring natijalari va jin va ins fe`llarining samarasi yana yuksak olamlarda aks etar. Hatto savoblar Jannatning mevalari suratiga, gunohlar esa Jahannamning zaqqumlari shakliga kirganlari juda ko’p ishoralar va ko’plab rivoyatlarning shahodati ila va koinot hikmatining va Hakiym ismining taqozosi ila barobar Qur`oni Hakimning ishoralari ko’rsatadi. Ha, zamin yuzida kasrat shu qadar tarqalgan va xilqat shu qadar qismlarga ajralganki, butun koinotda yoyilgan umum san`atli asarlardan ko’p yuksak maxluqot jinslari va san`atli asarlar sinflari kurra-i zaminda mavjuddir, almashar, doimo to’lib-bo’shalar. Xullas, shu juz`iyot va kasratning manbalari, ma`danlari albatta kulliy qonunlar hamda kulliy Alloh ismlarining tajalliylaridirki, u kulliy qonunlar, u kulliy tajalliylar va u muhit ismlarning mazharlari ham bir daraja oddiy va sof va har biri bir olamning arshi va tomi va bir olamning tasarruf markazi hukmida bo’lgan samovotdirki, u olamlarning birisi-da Sidrat-ul Muntahodagi Jannat-ul Ma`vodir. Yerdagi tasbehot va tahmidot u Jannatning mevalari suratida (Muxbiri Sodiqning xabari ila) aks etgani sobitdir. Xullas, shu uch nuqta ko’rsatmoqdaki, yerdagi natija va samaralarning xazinalari u yoqlardadir va mahsuloti u tarafga ketar.
“Alhamdulillah” degan havoyi bir kalimam qanday qilib jismlashgan bir Jannat mevasi bo’lar?" demagin.
Chunki sen kunduz kuni uyg’oqligingda chiroyli bir so’z aytsang, ba`zan tushingda chiroyli bir olma shaklida yeysan. Kunduz kuni gapirgan xunuk bir so’zingni kechasi achchiq bir narsa suratida yutasan. Bir g’iybat qilsang, o’limtik narsaning go’shti suratida senga yedirirlar. Unday bo’lsa, shu dunyo uyqusida aytganing chiroyli so’zlaring va xunuk so’zlaring mevalar suratida uyg’oqlik olami bo’lgan oxirat olamida yeysan va yeyishingni aqldan uzoq ko’rmasliging darkor.

TO’RTINCHI ASOS
Me`rojning samaralari va foydasi nimadir?
Javob: Shu ma`naviy tubo daraxti bo’lgan Me`rojning besh yuzdan ortiq mevalaridan namuna sifatida yolg’iz besh donasini zikr etamiz.
Birinchi Meva: Iymon ruknlarining haqiqatlarini ko’z ila ko’rib farishtalarni, Jannatni, oxiratni, hatto Zoti Zuljalolni ko’z ila mushohada etmoq koinotga va insonga shunday bir xazina va bir nuri azaliy va abadiy bir hadya keltirgandirki, shu koinotni parishon va foniy va qorishiq bir mavhum vaziyatdan chiqarib, u nur va u meva ila u koinotni muqaddas Samadoniy maktublar, go’zal Zoti Ahadiya jamolining oynasi vaziyati bo’lgan haqiqatini ko’rsatgan. Koinotni va butun idroklilarni sevintirib masrur etgan. Ham u nur va u meva ila insoniyatni qorishiq, parishon, ojiz, faqir, ehtiyoji behisob, dushmanlari benihoyat va foniy, bebaqo bir zalolatkorona vaziyatdan u insonni u nur, u muqaddas meva ila ahsani taqvimda bir Samadoniy qudrat mo’`jizalari va Samadoniy maktublarning jome` bir nusxasi va Azal va Abad Sultonining bir muxotobi, bir xos abdi, kamolotining tahsinchisi, halili va jamolining hayratkori, habibi va boqiy Jannatiga nomzod aziz bir musofiri haqiqiy suratida ko’rsatgan. Inson bo’lgan butun insonlarga benihoyat bir xursandchilik, behisob bir shavq bergandir.
Аудио мавжуд эмас