So’zlar | o’ttiz birinchi so’z | 385
(369-389)
Beshinchi Meva: Inson koinotning qiymatli bir mevasi va Sone`i Koinotning nozdor sevgilisi ekani Me`roj ila anglashilgan va u mevani insu jinga keltirgandir. Kichik bir maxluq, zaif bir hayvon va ojiz bir idrok sohibi hisoblangan insonni u meva ila shu qadar yuksak bir maqomga chiqaradiki, koinotning butun mavjudoti ustida bir faxr maqomi beradi. Va shuday bir sevinch va mas`udiyatkorona surur beradiki, tasvir etilmas. Chunki oddiy bir askarga aytilsa: "Sen marshal bo’lding". Naqadar mamnun bo’lar. Vaholanki foniy, ojiz bir notiq hayvon, zavol va firoq azobini doimo chekuvchi bechora insonga birdan abadiy, boqiy bir Jannatda, Rahiym va Kariym bir Rahmonning rahmatida va xayol tezligida, ruhiy kengligida aqlning javalonida, qalbning butun orzularida, mulk va malakutida istirohatga, sayrga va javalonga muvaffaq bo’lganing kabi, abadiy saodatda jamolining ru`yatiga ham muvaffaq bo’lasan aytilgan payt insoniyati sukut etmagan bir inson naqadar chuqur va jiddiy bir sevinch va sururni qalbida his qilishini tasavvur qilishing mumkin.
Endi tinglash maqomida bo’lgan zotga aytamizki: Dinsizlik va iymonsizlik ko’ylagini yirt, ot. Mo’minlik qulog’ini os va muslimlik ko’zlarini taq. Senga ikki kichik tamsil ila bir-ikki mevaning qiymat darajasini ko’rsatamiz.
Masalan, sen bilan biz bir mamlakatga kelib qoldik. Qarasak, har narsa bizga va bir-biriga dushman va bizga begona... har taraf dahshatli o’liklar ila to’la. Eshitilayotgan ovozlar yetimlarning yig’isi, mazlumlarning dod-faryodidir. Xullas, biz shunday bir vaziyatda turgan vaqtimizda, birov borib u mamlakatning podshohidan bir xushxabar keltirsa, u xushxabar ila bizga begona bo’lganlar do’st shakliga kirsa... dushman ko’rganimiz kimsalar birodarlar suratiga aylansa... u dahshatli janozalar xushu va mutavoze`likda zikru tasbehda bittadan ibodatkor shaklida ko’rinsa... u yetimona yig’ilar sanokorona “yashasin”lar hukmiga kirsa... va u o’limlar va tunashlar, talonlar erkinlik suratiga kirsa.. o’z sevinchimiz ila barobar harkasning sevinchiga sherik bo’lsak u xushxabar naqadar masrurona bo’lishini, albatta anglarsan. Xullas, Me`roji Ahmadiyaning (S.A.V.) bir mevasi bo’lmish iymon nuridan avval shu koinotning mavjudoti zalolat nazari ila qaralgan payt begona, zararli, yirtqich, qo’rqinchli va tog’ kabi jismlar bittadan mudhish janoza, ajal harkasning boshini kesib yo’qlik olami qudug’iga otar. Butun sadolar firoq va zavoldan kelgan dodu fig’onlar bo’lgani holda, zalolatning shunday tasvir etgan onda Me`roj mevasi bo’lgan iymon ruknlari haqiqatlari qanday mavjudotni senga birodar, do’st va Sone`i Zuljaloliga zokir va musabbih va o’lim va zavol bir navi erkinlik va vazifadan ozod etmoq, va sadolar bittadan tasbehot haqiqatida bo’lganini senga ko’rsatar. Bu haqiqatni to’la ko’rmoq istasang, Ikkinchi va Sakkizinchi So’zlarga boq!
Ikkinchi Tamsil: Sen bilan biz katta cho’ldek bir joydamiz. Qum dengizi to’fonida kechasi shunchalik qorong’u bo’lganidan hatto qo’limizni ham ko’ra olmayotirmiz. Kimsasiz, homiysiz, och va suvsiz, ma`yus va umidsiz bir vaziyatda bo’lganimiz daqiqada birdan bir zot u qorong’ulik pardasidan o’tib keyin kelib bir ulov hadya keltirsa va bizni mindirsa, birdan jannat-misol bir yerda istiqbolimiz ta`minlangan, g’oyat marhamatkor bir homiyimiz bo’lgan, yeyiladigan va ichiladigan narsalar tayyorlangan bir yerga bizni qo’ysa, naqadar mamnun bo’lishimizni bilasan.
Аудио мавжуд эмас