So’zlar | o’ttiz birinchi so’z | 387
(369-389)
O’N TO’QQIZINCHI VA O’TTIZ BIRINCHI SO’ZLARNING ILOVASI
“Shaqqi Qamar” Mo’`jizasiga Doirdir
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
اِقْتَرَبَتِ السَّاعَةُ وَانْشَقَّ الْقَمَرُ - وَاِنْ يَرَوْا اٰيَةً يُعْرِضُوا وَيَقُولُوا سِحْرٌ مُسْتَمِرٌّ
“Shaqqi Qamar” Mo’`jizasiga Doirdir
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
اِقْتَرَبَتِ السَّاعَةُ وَانْشَقَّ الْقَمَرُ - وَاِنْ يَرَوْا اٰيَةً يُعْرِضُوا وَيَقُولُوا سِحْرٌ مُسْتَمِرٌّ
Oyning o’zidek porloq Hz.Muhammadning (S.A.V.) mo’`jizasi bo’lgan Oyning ikkiga bo’linishi hodisasini buzuq xayollar ila pardalamoq istagan faylasuflar va ularning muhokamasiz taqlidchilari aytadilarki: "Agar inshiqoqi Qamar sodir bo’lsa edi, umum olamga ma`lum bo’lardi. Butun bashar tarixida naql etilmog’i lozim bo’lar edi!"
Javob: Shaqqi Qamar mo’jizasi payg’ambarlikka dalil bo’lmoq uchun u da`voni eshitgan va inkor etgan hozir bir jamoat uchun kechasi, g’aflat vaqtida oniy ravishda ko’rsatilganidan; ham oyning har yerda boshqa-boshqa vaqtlarda chiqishi va tuman va bulutlar kabi ko’rinishga mone sabablarning mavjudligi ila barobar, u vaqtda madaniyat umumlashmaganidan va xususiy qolganidan va samoni kuzatishlar juda oz bo’lganidan butun olam atrofida ko’rilishi, umum tarixlarga o’tishi, albatta lozim emasdir. Shaqqi Qamar tufayli bu vahima bulutlarini bartaraf etadigan ko’p nuqtalardan hozircha "Besh Nuqta"ni tingla...
BIRINCHI NUQTA: U paytlar u zamindagi kofirlarning g’oyat shiddatli darajada qaysarliklari tarixan ma`lum va mashhur bo’lgani holda, Qur`oni Hakim وَ انْشَقَّ الْقَمَرُ xitobi ila ul hodisani umum olamga xabar bergani holda, Qur`onni inkor etgan u kofirlardan hech qaysisi shu oyatni yolg’onlashga, ya`ni, xabar berilgan shu voqeaning inkoriga og’iz ochmaganlar. Agar u zamonda u hodisa o’sha kofirlarcha qat`iy va bo’lgan hodisa bo’lmaganida edi, shu oyatni mahkam ushlab olib, g’oyat dahshatli bir yolg’onchilikda ayblashga va Payg’ambarning da`vosini yo’q qilishga hujum qilgan bo’lardilar. Holbuki, shu voqeaga doir siyar va tarix ul voqea ila aloqador kofirlarning sodir bo’lmaganiga doir hech bir narsani naql etmagandir. Faqat: وَ يَقُولُوا سِحْرٌ مُسْتَمِرٌّ oyati bayon etganidek, tarixan naql qilingan narsa shuki, u hodisani ko’rgan kofirlar uni "sehrdir" deganlar va: "Bizga sehr ko’rsatdi. Agar boshqa taraflardagi karvon va yo’lchilar ko’rgan bo’lsalar, haqiqatdir, yo’qsa bizga sehr qildi",- deganlar. So’ngra ertalabdan Yaman va boshqa taraflardan kelgan karvonlar ham xabar berdilarki: "Bunday bir hodisani ko’rdik". So’ngra kofirlar Faxri Olam (S.A.V.) haqlarida (Aslo!): "Abu Tolib yetimining sehri samoga ham ta`sir etdi",- dedilar.
IKKINCHI NUQTA: Sa`di Taftazoniy kabi muhaqqiqlarning buyuklaridan aksarlari aytganlarki: "Oyning bo’linishi barmoqlaridan suv oqqani, umum bir lashkarga suv ichirganlari, jome`da xutba o’qiyotganlarida suyangan quruq bir ustunning ayrilig’i Ahmadiyadan (S.A.V.) yig’lagani umum jamoatning eshitgani kabi mutavotirdir. Ya`ni, shunday tabaqadan-tabaqaga bir katta jamoat naql qilgandirki, yolg’onga ittifoqlari maholdir. "Galiley" ismli mashhur bir dumli yulduzning ming yil avval chiqqani kabi mutavotirdir. Ko’rmaganimiz Seylon orolining mavjudligi kabi tavotur ila vujudi qat`iydir, deganlar. Xullas, bunday g’oyat qat`iy va ko’rish ila aloqador masalalarda shubhali vahimalarga borish aqlsizlikdir. Yolg’iz mahol bo’lmasligi kifoyadir. Holbuki shaqqi Qamar bir tog’ning vulqon otilishidan bo’linib ketishidek mumkindir.
Аудио мавжуд эмас