So’zlar | o’ttiz birinchi so’z | 389
(369-389)
Al-hosil: Shaqqi Qamarning mumkinotida shubha qolmadi. Qat`iy isbot etildi. Endi sodir bo’lganiga dalolat etguvchi ko’p burhonlaridan oltitasiga(Izoh) ishora qilamiz. Shundayki:
Adolat ahli bo’lgan sahobalarning sodir bo’lganiga birlashishlari va tahqiq ahli umum mufassirlarningوَ انْشَقَّ الْقَمَرُ tafsirida uning sodir bo’lganiga ittifoqlari va haq rivoyatlarni to’plagan jamiki muhaddislarning juda ko’p roviylardan va xilma-xil tariqlar ila sodir bo’lganini naql etishlari va kashf va ilhom ahli butun avliyo va siddiqinning shahodati va Kalom Ilmining maslakcha bir-biridan juda uzoq bo’lgan imomlarining va g’oyat teran ilmli olimlarning tasdiqi va qat`iy aniqlik ila zalolat ustida birlashishlari sodir bo’lmagan Hz.Muhammad (S.A.V.) ummatining u voqeani qabul etishi quyosh kabi Oyning bo’linishini isbot etar.
Al-hosil: Bu yerga qadar tahqiq nomiga va dushmanni jim qilmoq hisobiga edi. Bundan keyingi jumlalar haqiqat nomiga va iymon hisobigadir. Ha, tahqiq shunday dedi. Haqiqat esa deydiki:
Risolat osmonining porloq qamari bo’lgan Xotami Devoni Nubuvvat, qandayki mahbubiyat darajasiga chiqqan ubudiyatidagi valiylikning eng buyuk karomati va eng buyuk mo’`jizasi bo’lgan Me`roj ila, ya`ni bir Yer jismini osmonlarda kezdirmoq ila osmonlarning ahliga va yuksak olam ahliga ustunligi va mahbubiyati ko’rsatildi va valiyligini isbot etdi. Xuddi shuning kabi, Yerga bog’liq, samoga osig’liq bo’lgan Oyni Yerlikning ishorasi ila ikki bo’lak qilib Yer ahliga ul Yerlikning risolatiga shunday bir mo’`jiza ko’rsatildiki, Zoti Ahmadiya (S.A.V.) Oyning ochilgan ikki nurli qanoti kabi, risolat va valiylik kabi ikki nurli qanoti ila, ikki ziyodor qanot ila kamolotning eng uchiga uchgan, to Qobi Qavsaynga chiqqan, ham Osmonlar ahli, ham Yer ahliga faxrga sabab bo’lgandir...


عَلَيْهِ وَعَلٰۤى اٰلِهِ الصَّلاَةُ وَالتَّسْلِيمَاتُ مِْلأَ اْلاَرْضِ وَالسَّمٰوَاتِ
سُبْحَانَكَ لاَعِلْمَ لَنَاۤ اِلاَّ مَاعَلَّمْتَنَاۤ اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ
اَللّٰهُمَّ بِحَقِّ مَنِ انْشَقَّ الْقَمَرُ بِاِشَارَتِهِ اجْعَلْ قَلْبِى وَقُلوُبَ طَلَبَةِ رَسَاۤئِلِ النُّورِ الصَّادِقِينَ كَالْقَمَرِ فِى مُقَابَلَةِ شَمْسِ الْقُرْاٰنِ اٰمِينَ اٰمِينَ


------------------------------------
(Izoh) Ya`ni, olti marta birlashish suratida bo’lganiga doir olti hujjat bordir. Bu maqom ko’p izohga loyiq bo’lishiga qaramay, afsuski qisqa qolgandir.
Аудио мавжуд эмас