So’zlar | o’ttiz birinchi so’z | 388
(369-389)
UCHINCHI NUQTA: Mo’`jiza payg’ambarlik da`vosining isboti uchun, munkirlarni ishontirish uchun. Majburlash uchun emasdir. Shunday ekan, payg’ambarlik da`vosini eshitganlarga ularni ishontiradigan bir darajada mo’`jiza ko’rsatish lozimdir. Boshqa taraflarga ko’rsatish va yoxud zo’rlash darajasida bir oshkoralik ila izhor etmoq Hakiymi Zuljalolning hikmatiga zid bo’lgani kabi, taklif siriga ham xilofdir. Chunki "Aqlga eshik ochmoq, ixtiyorni qo’lidan olmaslik"ni taklif siri taqozo qiladi. Agar Fotiri Hakiym Oyning bo’linishini, faylasuflarning havaslariga ko’ra, butun olamga ko’rsatmoq uchun bir-ikki soat shunday qoldirsa edi va insoniyatning umum tarixlariga kirsa edi, unda boshqa samoviy hodisalar kabi yo payg’ambarlik da`vosiga dalil bo’lmasdi, Risolati Ahmadiyaga (S.A.V.) xos bo’lmasdi va yoxud yaqqollik darajasida shunday bir mo’`jiza bo’lar ediki, aqlni majbur qiladigan, aqlning ixtiyorini qo’lidan oladigan, istar-istamas payg’ambarlikni tasdiq ettiradigan bo’lar edi. Abu Jahl kabi ko’mir ruhli Abu Bakr Siddiq kabi olmos ruhli insonlar bir mavqeda qolib, taklif siri zoye bo’lardi. Xullas, mana shu sir uchundirki ham oniy, ham tunda, ham g’aflat vaqtida, ham Quyosh chiqish joyi va vaqtining farqliligi, tuman va bulut kabi bir qancha moneliklar parda qilinib, umum olamga ko’rsatilmadi va yoxud tarixlarga kiritilmadi...
TO’RTINCHI NUQTA: Shu hodisa tun vaqti, har kim g’aflatda ekan oniy bir suratda sodir bo’lganidan olam atrofida, albatta, ko’rilmaydi. Ba`zi kishilarga ko’rinsa ham, ko’ziga ishonmaydi. Ishontirsa ham, albatta, bunday muhim bir hodisa xabari vohid ila tarixlarga boqiy bir sarmoya bo’lmaydi.
Ba`zi kitoblarda:"Oy ikki bo’lak bo’lgandan so’ng yerga tushgan" qo’shimchasini tahqiq ahli rad qilganlar. “Shu yaqqol mo’`jizani qiymatdan tushirish niyatida balki bir munofiq qo’shib qo’ygandir”,- deganlar.
Ham masalan, u vaqt jaholat tumani ila o’ralgan Angliya, Ispaniyada endi kun botayotgan, Amerikada kunduz, Chinda, Yaponiyada tong vaqti bo’lgani kabi, boshqa yerlarda boshqa mone sabablar tufayli, albatta ko’rilmaydi. Endi bu aqlsiz e`tirozchiga boq, deydiki: "Angliya, Chin, Yaponiya, Amerika kabi millatlarning tarixlari bu voqeadan bahs etmaydi. Unday bo’lsa sodir bo’lmagandir". Ming la`nat uningdek ovrupaparast olchoq tilanchilarning boshiga...
BESHINCHI NUQTA: Inshiqoqi Qamar o’zidan o’zi ba`zi sabablarga binoan sodir bo’lgan, tasodifiy, tabiiy bir hodisa emaski, oddiy va tabiiy qonunlarga tatbiq etilsin. Balki Shams va Qamarning Xoliqi Hakiymi Rasulining risolatini tasdiq va da`vosini nurlantirish uchun g’aroyib tarzda u hodisani maydonga keltirgandir. Irshod siri va taklif siri va risolat hikmatining taqozosi ila rububiyat hikmatining istagan insonlariga hujjat keltirib jim qilmoq uchun ko’rsatgandir. U hikmat sirini taqozo etmaganlar, istamaganlar va payg’ambarlik da`vosini hanuz eshitmagan zaminning har tarafidagi insonlarga ko’rsatmaslik uchun tuman va bulut va Quyosh chiqish joyi va vaqtining farqliligi e`tibori ila ba`zi mamlakatning oyi hali chiqmagani va ba`zilarining quyoshlari chiqqani va bir qismining tongi bo’lishi va bir qismining quyoshi endi botgani kabi u hodisani ko’rishga mone juda ko’p sabablarga binoan ko’rsatilmagandir. Agar umum ularga ham ko’rsatilsa edi, u holda yo ishorati Ahmadiyaning (S.A.V.) natijasi va payg’ambarlik mo’`jizasi shaklida ko’rsatilar edi. U payt payg’ambarligi yaqqollik darajasiga chiqardi. Harkas tasdiqqa majbur bo’lardi, aqlning ixtiyori qolmas edi. Iymon esa aqlning ixtiyori iladir. Taklif siri zoye bo’lardi. Agar yolg’iz samoviy bir hodisa tarzida ko’rsatilsa edi, unda Risolati Ahmadiya (S.A.V.) ila aloqasi uzilardi va u bilan xususiyati qolmasdi.

Аудио мавжуд эмас